Biokimyo pmd


Download 4.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/272
Sana25.09.2023
Hajmi4.12 Mb.
#1687494
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   272
Bog'liq
Sobirova R.A biokimyo

106-rasm.  Jigarda uglevod almashinuvi


392
Demak, glyukoneogenez jarayonida sut kislotasi molekulasiga ikkita
ATF va bitta GTF molekulasi sarflanadi. Glyukoza molekulasini hosil
qilish uchun ikkita laktat molekulasi zarur bo‘lgani uchun jami 4ATF
va 2GTF sarflanadi.
Organizmga glyukoza yetishmagan taqdirda glikogenni glyukozaga
aylanishini ko‘rib chiqamiz.Jigarda glikogenning parchalanishi –
glikogenoliz ikki yo‘nalishda boradi:
1. Gidrolitik yo‘l, to‘qima amilazasi ta’sirida glikogenning
glyukozagacha parchalanishi.
2. Fosforilitik yo‘l, fosforilaza fermenti ta’sirida glyukoza-1-
fosfatgacha parchalanishi.
Glyukoza fosfat efir holatida ajraladi. Hosil bo‘lgan glyukoza-1-
fosfat fosfoglyukomutaza fermenti ta’sirida glyukoza-6-fosfatga
aylanadi. So‘ng glyukoza-6-fosfataza fermenti faqat jigarga xos bo‘lgani
uchun jigar qondagi glyukoza miqdorini me’yorida saqlab turishda
muhim ahamiyatiga ega. Hosil bo‘lgan glyukoza-6-fosfat erkin glyukoza
hosil qilishi bilan birga Meyyergof-Parnas-Krebs nazariyasiga binoan
glikoliz jarayonida sarflanishi ham mumkin.
Organizmda saxarozaning parchalanishidan hosil bo‘lgan fruktoza
ham jigarda o‘zgarishlarga uchraydi.
Birinchi navbatda ATF ishtirokida va fruktokinaza fermenti ta’sirida
fosforlanib fruktoza-1-fosfat hosil bo‘ladi. Fruktoza-1-fosfat maxsus
aldolaza ta’sirida ikkita triozaga – glitseraldegid va fosfo-
dioksiatsetonlarga parchalanadi (107-rasm). Ulardan keyingi
o‘zgarishlar natijasida oraliq moddalar: pirouzum kislotasi va glitserin
ham oson hosil bo‘lishi mumkin. Fruktoza-1-fosfataldolaza fermenti
faqat jigar hujayralarida joylashganligi uchun parenximatoz gepatit
kasalliklarda qonda bu fermentning faolligi ko‘p marotaba oshib ketadi
va jigar kasalliklarini aniqlashda katta diagnostik ahamiyatga ega. Jigar
kasalliklarda fruktoza 1,6-difosfataldolazaning ham faolligi o‘zgaradi,
lekin bu ferment mushaklarda ham bo‘lganligi uchun u jigardagi
fruktoza-1-fosfataldolaza singari maxsus xususiyatga ega emas.
Qondagi glyukozaning miqdorini me’yorida saqlab turishda
jigardagi glikogenning miqdori juda katta ahamiyatga ega.
Qondagi ortiqcha glyukoza mushakda va jigarda glikogenga aylanib
zaxiraga o‘tadi. Organizm och qolganda jigardagi glikogen zaxirasi
sarflanadi va 24 soat ichida jigarda butunlay yo‘qoladi. Glikogenning
albuminlar bilan birikmalari 10-20 foizni tashkil qilib, och qolganda
ham uzoq vaqt jigarda saqlanadi.


393
Glikogenning jigardagi miqdori uning umumiy massasini 5-7 foizini
tashkil qiladi. Bu zaxira qondagi glyukozaning miqdori kamayganida
organizm tomonidan o‘zlashtiriladi.
Glikogenning sintezi va parchalanishi neyrogumoral yo‘l bilan
boshqariladi. Adrenalin, glyukagon, tiroksin, somatrop gormonlar
glikogenning parchalanishiga va buning natijasida giperglikemiyaga
sabab bo‘ladi. AKTG (adrenokortikotrop), glyukokortikoid va insulin

Download 4.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling