Biokimyo pmd
Prostaglandinlar va eykazanoidlar
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
Prostaglandinlar va eykazanoidlar
Prostaglandinlar (PG) biologik faol moddalar bo‘lib, mahalliy ta’sir ko‘rsatuvchi gormonlardir. Prostaglandinlar barcha organ va to‘qimalarda sintezlanib, organizmning talaygina fiziologik funksiyalariga ta’sir ko‘rsatadi. Xususan buyraklar gemodinamikasini, silliq muskullar qisqarishi, me’daning sekretor funksiyasi, yog‘, suv- tuz va boshqa modda almashinuv jarayonlarni idora etadi. Prostaglandinlarning o‘tmishdoshi linol va linolenat kislotadan hosil bo‘luvchi araxidonat kislotadir. Araxidonat kislota biomembranalarning fosfolipidlaridan ajralib chiqqanidan so‘ng, fermentativ o‘zgarish yo‘liga ko‘ra quyidagi sxema bo‘yicha prostaglandinlar va leykotriyenlarga aylanadi. Prostaglandinlar siklopentan halqasining tuzilishiga qarab to’rtta asosiy guruhga bo‘linadi: PGÅ (PGÅ 1 , PGÅ 2 , PGÅ 3 ) PGF (PGF 1 , PGF 2 ,PGF 3 ) PGA (PGA 1 , 19-oksi-PGA 1 , A 2 , 19-oksi-PGA 2 ) PGB (PGB 1 , 19-oksi-PGB 1 , V 2 , 19-oksi-PGB 2 ) 357 Qo‘sh bog‘larning joylanishi va soniga qarab guruhning ichida prostaglandinlar bir necha turlarga bo‘linadi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, prostaglandinlar keng ta’sir qilish spektoriga egadir: – PGÅ 1 va PGÅ 2 lar qon tomirlarni kengaytiradi, arterial qon bosimni pasaytiradi, yurakning qonni haydab chiqarish qobiliyatini oshiradi; – PGF 2 ayol organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan homiladorlikni to‘xtatadi; – PGÅ bronxlar va traxeyani muskullarini bo‘shashtiradi, shunga ko‘ra astmani davolashda yaxshi vosita hisoblanadi; – prostaglandinlar sedativ va trankvilazator (tinchlantiruvchi) ta’siriga egadir; – ayrim prostaglandin va ularning unumlari qon tomirlarda tromb hosil bo‘lishining kuchli ingibitoridir. 358 Eykozatriyenlar araxidonat kislotasining lipooksigenaza parchalanish yo‘lida, yana bir biologik faol moddalar – leykotriyenlar hosil bo‘lishidagi oraliq mahsulotlardir. Leykotriyenlarning esa asosiy biologik roli yallig‘lanish jarayonlari, allergik va immun reaktsiyalar, anafilaksiya va silliq muskullarning faoliyati bilan bog‘liqdir. Xususan, leykotriyenlar nafas, me’da-ichak yo‘llari silliq muskullari qisqarishini ta’minlaydi, qon tomirlarni toraytiruvchi samaraga ega bo‘lib, tomirlar tonusini idora etadi va koronar arteriyalar qisqarishini stimullaydi. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling