Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Erkaklar jinsiy gormonlari (androgenlar)
Vitamin D
3 352 Vitamin D 3 gormon sifatida ta’sir etadigan moddaning o‘tmishdoshidir. Bu modda kalsitriol deb ataladi. Kalsitriolning vitaminga aylanishi jigar va buyraklarda amalga oshadi. Kalsitriolning nishon a’zolari ingichka ichak va suyak. Ingichka ichakda kalsiy va fosfatlarning so‘rilishini, suyaklarda kalsiy metabolizmini jonlantiradi. Vitamin D 3 organizmga yuborilganda kalsiyni biriktirib oladigan va uning so‘rilishida ishtirok etadigan oqsilning sintezi tezlashadi. Vitamin D 3 yetishmaganda bolalarda raxit kasalligi rivojlanadi. Kalsitonin Peptidli gormon kalsitonin (32 ta aminokislota qoldig‘ini saqlaydi) paratireoid bezlar bilan qalqonsimon bezlarning C-hujayralarida sintezlanadi. Qondagi kalsiy miqdori ko‘payganda kalsitonin sekretsiyasi kuchayadi. Nishon hujayralar bo‘lib suyaklar hisoblanadi, suyaklarda u kalsiy safarbar bo‘lishini susaytirib turadi. Erkaklar jinsiy gormonlari (androgenlar) Androgenlarga testosteron, androsteron va degidroepiandrosteron kiradi; bulardan eng faoli testosterondir. Androgenlarning biosintezi asosan urug‘donlarda va qisman tuxumdon hamda buyrak usti bezlarida sodir bo‘lib, gipofizning gonadotrop gormonlari (LG va FSG) tomonidan idora etiladi (91-rasm). O‘z navbatida androgenlar gonodotropinlar sintezini manfiy teskari bog‘lanish mexanizmi bo‘yicha pasaytiradi. Bu gormonlarning xususan, testosteronning asosiy manbai va o‘tmishdoshi atsetil-KoA va xolesterindir. 91-rasm. Erkaklar jinsiy gormonlari sintezining boshqarilishi 353 Androgenlarning biologik roli erkaklar organizmida reproduktiv tizimning takomillashishi va faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liqdir: ikkilamchi erkaklar jinsiy belgilarining rivojlanishi, urug‘donlarda spermatogenez, yuz va tanada sochlarning o‘sishi va hokazo. Shuni ham ta’kidlash kerakki, androgenlar kuchli anabolik ta’sirga egadir: barcha to‘qimalarda, ayniqsa, muskullarda oqsil biosintezini stimullaydi, natijada tana vazni oshadi. Androgenlarning bu ta’siridan, ayniqsa, sportchilar, ularning analoglaridan (anabolik steroidlar) foydalanishi rasm bo‘lib qolgan. Ammo hozir ularni ishlatish sog‘liq uchun zararli ekanligi aniqlangan. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling