Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
87-rasm. Steroid gormonlar o‘tmishdoshi pregnenalon sintezi
337 Fermentlar ikkita ketma-ket keluvchi gidroksillanish va xolesterin yon zanjirining ajralish (izokapron kislota aldegidi sifatida) reaksiyalarini katalizlaydi. Murakkab oksigenaz sistemada elektron tashuvchi sifatida sitoxrom R-450 qatnashadi. Bundan tashqari elektron tashuvchi oqsil, xususan adrenodoksin va adrenodoksinreduktaza, ishtirok etadi. Steroidogenezni keyingi bosqichlari murakkab gidroksillanish sistemasi yordamida katalizlanadi, bu sistema buyrak usti bezi po stloq qismi hujayralari mitoxondriyasida topilgan. Glyukokortikoidlar turli to‘qimalardagi modda almashinuviga turlicha ta’sir etadi. Mushak, limfatik, biriktiruvchi va yog‘ to‘qimalarida glyukokortikoidlar katabolik ta’sir ko‘rsatib, hujayra membranalari o‘tkazuvchanligini pasaytiradi va natijada glyukoza va aminokislotalarni kirishi tormozlanadi; ayni vaqtda ular jigarga qarama-qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Glyukokortikoidlar ta’sirini oxirgi natijasi bo‘lib, asosan glyukoneogenez hisobiga, giperglikemiyani rivojlanishi hisoblanadi. Bundan tashqari, glyukokortikoidlar yuborilgandan keyin giperglikemiya rivojlanish mexanizmiga mushaklarda glikogen sintezlanishini pasayishi, to‘qimalarda glyukoza oksidlanishining tormozlanishi va yog‘lar parchalanishining kuchayishi kiradi. Kortizon va gidrokortizonni jigar to‘qimasidagi ba’zi oqsil- fermentlar sinteziga indutsirlovchi ta’siri isbotlangan. Bunday fermentlarga triptofanpirrolaza, tirozintransaminaza, serin- va treonin degidrotaza va boshqalar kiradi. Demak, gormon genetik axborotni o‘tkazishini birinchi bosqichi transkripsiyaga ta’sir etib, m-RNK sintezini tezlashtiradi. Mineralkortikoidlar (dezoksikortikosteron va aldosteron) asosan natriy, kaliy va xlor ionlarini ushlanib qolishi va kaliy ionlarini siydik bilan chiqarilishini ta’minlaydi. Ehtimol, buyrak kanalchalarida natriy va xlor ionlarini qayta so‘rilishi modda almashinuvini boshqa mahsulotlarini, xususan siydikchil chiqarish hisobiga sodir bo‘ladi. Aldosteron molekulasida 13-uglerod atomida metil guruhi orniga aldegid guruhi bo‘lganligi sababli shu nomni olgan. Aldosteron boshqa kortikosteroidlar orasida eng faol mineralokortikoiddir, xususan u mineral almashinuviga ta’sir etishi bo‘yicha dezoksikortikosterondan 50-100 barobar faoldir. Ma’lumki, kortikosteroidlarning yarim parchalanishi davri 70-90 min tashkil etadi. Kortikosteroidlar yoki qo‘sh bog‘larni uzilishi hisobiga qaytariladi yoki 17-uglerod atomida joylashgan yon zanjirini ajralishi 338 bilan boradigan oksidlanishga uchrab, ikkala holatda ham gormonlarni biologik faolligi pasayadi. Buyrak usti bezi po‘stloq qismi gormonlarini oksidlanishidan hosil bo‘lgan mahsulotni 17-ketosteroidlar deb ataladi; ular oxirgi mahsulot sifatida siydik bilan chiqariladi. Erkaklarda esa erkaklar jinsiy gormoni almashinuvining oxirgi mahsuloti hisoblanadi. 17-ketosteroidlarni miqdorini siydikda aniqlash katta klinik ahamiyatga ega. Me’yoriy sutkalik siydikda: erkaklarda 10-25 mg, ayollarda esa 5- 15 mg 17-ketosteroidlar bo‘ladi. Ular sekretsiyasini ortishi urugdonlar interstitsial to‘qimasini saratonida kuzatiladi. Boshqa testikulyar saratonlarda uni miqdori me’yorda bo‘ladi. Buyrak usti bezi po‘stloq qismi saratonida 17-ketosteroidlarni siydik bilan ekskretsiyasi keskin ortib, bir sutkada 600 mg gacha chiqarilishi mumkin. Po‘stloq qismni oddiy giperplaziyasida siydik bilan ketosteroidlarni chiqarish darajasi unchalik yuqori bo‘lmaydi. Saraton yoki oddiy giperplaziyani differensial tashxis qilishi uchun α- va β-17-ketosteroidlarni alohida aniqlashdan foydalaniladi. Gipofiz oldingi bo‘lagi gipofunksiyasidagi yevnoxoidizmda siydik bilan 17- ketosteroidlar kam ajratiladi. Erkaklarda addison kasalligida, 17- ketosteroidlar ekskretsiyasi keskin pasaygan (1-4 mg/sut), ayollarda esa bu kasalliklarda u amaliy jihatdan kuzatilmaydi. Bu 17-ketosteroidlarni nafaqat buyrak usti bezi gormonlaridan, balki erkaklar jinsiy gormonidan ham hosil bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Miksedemada (qalqonsimon bez gipofunksiyasi) ekskretsiyalanuvchi 17-ketosteroidlar miqdori minimal darajaga (2-4 mg) yaqin. Lekin, asosiy kasallikni davolashda qalqonsimon bez gormonlaridan foydalanish samarali bo‘lsa ham, siydik bilan 17-ketosteroid ekskretsiyasiga kam ta’sir etadi. Buyrak usti bezi po‘stloq qismi gormonlaridan hozirgi vaqtda klinik amaliyotda dori moddalar sifatida keng qo‘llanilanadi. Davolash maqsadida kortizondan foydalanish tasodifiy kuzatuv natijasidir. Homiladorlikda revmatoid artrit simptomlarining og‘irlik darajasi keskin pasayishi, lekin tug‘ruqdan keyin barcha simptomlarni paydo bo‘lishi kuzatilgan. Homiladorlik davrida buyrak usti bezi, po‘stloq qismi gormoni sekretsiyasini qonga chiqarilishi ortar ekan. Buyrak usti bezini gistologik tekshirish po‘stloq qism hujayralarini tez o‘sishi va proliferatsiyasini isbotladi. Bu kuzatuvlar buyrak usti bezi po‘stloq qismi gormonlaridan, xususan kortizoldan, revmatoid artritlarni davolashda foydalanish fikriga olib keladi. Revmatoid artritlarni davolashda ba’zi mualliflar 100% ijobiy natijalar oldilar. Glyukokortitikoidlar yalliglanish, allergiyaga qarshi antiimmun faollikka ega bo‘lganliklari 339 uchun bronxial astma, revmatoid artrit, qizil bo‘richa, sachratqi, turli autoimmun kasalliklar, dermatozlar va boshqalarni davolashda keng qo‘llanilanadi. Lekin kortikosteroid preparatni uzoq vaqt qo‘llash organizmdagi modda almashinish jarayonlarini buzilishiga olib kelishi mumkin. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling