Biokimyo fani va uning vazifasi bilan tanishtirish. Moddalar almashinuviga kirish. Metabolizm to‘g‘risida tushuncha. Ovqatlanish biokimyosi. Modda almashinuvi va uning asosiy bosqichlari


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana05.02.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1167915
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1 - Nazariy material



Biokimyo fani va uning vazifasi bilan tanishtirish. Moddalar 
almashinuviga 
kirish. 
Metabolizm 
to‘g‘risida 
tushuncha. 
Ovqatlanish biokimyosi. 
Modda almashinuvi va uning asosiy bosqichlari
Tiriklikning asosiy xususiyatlaridan biri – tashqi muhit bilan modda 
almashinuvidir. Biologik kimyo fani esa buning negizida yotuvchi kimyoviy 
jarayonlarni o‘rganadi. Organizmning tashqi muhit bilan modda almashinuvida 
murakkab biokimyoviy jarayonlar kechadi va buning natijasida ozuqa mahsulotlari 
– oqsillar, karbon suvlar va yog‘larga kimyoviy ishlov berilib organizmning 
energetik va plastik ehtiyojlarini qoplashga ishlatiladi.
Organizmda asosiy ozuqa mahsulotlarining o‘zgarishi 4 bosqichda boradi:
1. Ovqatlanish va ovqat mahsulotlarining hazm bo‘lishi.
2. Hazmlangan mahsulotlarning so‘rilishi.
3. To‘qima metabolizmi, yoki ozuqa mahsulotlarning hujayradagi 
o‘zgarishlari.
4. Metabolizmning oxirgi mahsulotlarining (CO2, H2O, NH3, siydikchil, 
kreatinin, siydik kislotasi) ekskretsiyalanishi.
Modda almashinuvi bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘lgan 2 katta jarayonlarni o‘z 
ichiga oladi. Bu assimilyatsiya va dissimilyatsiyadir.
Assimilyatsiya – murakkab kimyoviy jarayon bo‘lib, buning natijasida tashqi 
muhitdan kirgan organik va anorganik moddalardan organizmga xos spetsifikasi: 
oqsillar, nuklein kislotalar, yog‘lar, karbon suvlar va boshqa moddalarning hosil 
bo‘lishidir. Bu jarayon organizmning o‘sishini, rivojlanishini, yangilanishini 
ta’minlaydi. Assimilyatsiya jarayonida ATF energiyasi sarflanadi.
Dissimilyatsiya – bu organizmdagi murakkab organik moddalarning 
parchalanishi va ularning oxirgi mahsulotlari: CO2, H2O, NH3, siydikchil, 
kreatinin, siydik kislotasi va boshqalarga aylanishi. Bu jarayonda ajralgan 
energiyaning bir qismi ATF holida to‘planadi. 
Organizmga tashqi muhitdan turli moddalarning kirib turishi va metabolizm 
mahsulotlarning chiqarib turilishi o‘zaro bog‘liq bo‘lib, organizm bilan muhit 
o‘rtasida moddalar almashinuvini ifodalaydi. Quyidagi 15-jadvalda vazni 70 kg 
bo‘lgan o‘rta yoshli odam organizmida sutkalik modda almashinuvining ayrim 
ko‘rsatkichlari keltirilgan.


Iste’mol qilinayotgan moddalar massasi shu vaqt ichida organizmdan ajralib 
chiqayotgan moddalar massasiga teng bo‘lgani uchun odamning tana massasi 
o‘zgarmaydi.
Assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlari orasidagi uzviy bog‘lanish 
to‘qimalarni doimiy yangilanishini ta’minlaydi. Dissimilyatsiya jarayonini 
assimilyatsiyadan ustun turishi patologik holatlarda (ochlik, infeksion kasalliklar 
va boshqalar) kuzatiladi va ozishga olib keladi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling