Natriyning biologik vazifalari xilma-xildir.
Asosan u hujayra sirtidagi
suyuqliklarda (limfa va qon zardobida) ko‘pdir va protoplazma hamda biologik
suyuqliklarda doimiy osmotik bosim muvozanatini belgilaydi.
Natriy suv-tuz
almashinuvida muhim vazifa bajaradi.
Kaliy organizmdan suv va natriy ionlarini chiqarishda yetakchidir. Shu
sababli «kaliyli» parhezlar diurezni kuchaytirishda ishlatiladi.
Kalsiy asosan plastik material bo‘lib xizmat qiladi va tayanch to‘qimalarni
shakllanishiga xizmat qiladi. U qonning tarkibiy qismi bo‘lib qon ivish jarayonida
qatnashadi, muskullar qisqarishida ham muhim ahamiyatga ega. Biogen
mikroelementlarga temir, rux, mis, kobalt, ftor, yod, marganets va boshqalar kiradi.
Yod asosan qalqonsimon bezda 20-40 mg% tashkil
etadi va tiroksin hamda
triyodtironing tarkibiga kiradi. Uning yetishmovchiligi endemik buqoq
rivojlanishiga olib keladi.
Temir xromoproteinlar tarkibiga kiradi. Masalan:
gemoglobin, mioglobin,
sitoxromlar, katalaza va glutationperoksidaza fermentlari va boshqalar.
Uning
yetishmasligi kamqonlikka olib keladi.
Marganets elementining yetishmasligi generativ funksiyalarning buzilishiga
sabab bo‘ladi. Bunda gipogalaktiya,
homilaning surilishi, urug‘donlar
degeneratsiyasi kuzatiladi.
Mis yetishmasligi mikrotsitar normoxrom anemiyaga,
nafas olish zanjirida
sitoxrom s va sitoxromoksidaza fermentlari miqdorining kamayishiga olib keladi.
Rux yetishmasligi pubertat davrida o‘sish va rivojlanishning susayishiga
sabab bo‘ladi. Bunda ikkilamchi jinsiy a’zolar rivojlanishi sekinlashadi.
Ftor tishlar
rivojlanishida, dentin va emal shakllanishida faol qatnashadi.
Uning yetishmasligi kariyes rivojlanishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: