Biokimyo fani va uning vazifasi bilan tanishtirish. Moddalar almashinuviga kirish. Metabolizm to‘g‘risida tushuncha. Ovqatlanish biokimyosi. Modda almashinuvi va uning asosiy bosqichlari


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana05.02.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1167915
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 - Nazariy material

 
 


Ovqatlanish biokimyosi 
Ozuqa mahsulotlarning asosiy va minor komponentlari Ovqatlanish – bu 
organizmni tashqi muhit bilan bog‘lovchi omil hisoblanadi va modda 
almashinuvining birinchi bosqichidir. Ovqat bilan organizmga kerakli organik va 
anorganik moddalar kiradi. Organiq moddalar – bu oqsillar, karbon suvlar, yog‘lar, 
nuklein kislotalar, vitaminlardir. Mineral moddalarga esa natriy, kaliy, kalsiy, 
fosfor, xlor, temir, yod, mis, rux va boshqalar kiradi. Ular organizmga doimo 
yetarli miqdorda kiritilishi kerak.
Katta yoshdagi odam kundalik ovqat tarkibida asosiy ozuqa mahsulotlaridan 
80-100 g oqsil, 80-100 g yog‘ va 400-500 g uglevod bo‘lmog‘i lozim.
Balansli ovqatlanishning birinchi va muhim prinsiplaridan biri ovqat 
tarkibida asosiy ozuqa mahsulotlarini, biologik faol moddalarni va mineral 
elementlarning nisbatini inson yoshiga, jinsiga, ish faoliyatiga va turmush tarziga 
qarab to‘g‘ri belgilashdir. Oqsillar, yog‘lar va karbon suvlar uchun bu nisbat 1:1:4 
tengdir.
Ratsional ovqatlanish – bu o‘z vaqtida (ertalabki, tushki va kechki 
ovqatlarda) moddalarning miqdorini va tarkibini to‘g‘ri taqsimlashdir.
Balansli ovqatlanishda organizm uchun hayotiy zarur bo‘lgan asosiy ozuqa 
mahsulotlaridan tashqari minor komponentlarini ham to‘g‘ri tanlash zarurdir. 
Ularga almashinmaydigan aminokislotalar, to‘yinmagan yog‘ kislotalar, 
vitaminlar, 
mineral 
elementlar 
kiradi 
(16-jadval).


Hayot uchun zarur bo‘lgan mineral elementlar makro- va mikroelementlarga 
bo‘linadi. Makroelementlarga natriy, kaliy, fosfor, kalsiy, xlor, magniy kiradi. Bu 
elementlar sut, sabzavot va mevalarda ko‘p uchraydi. Ularning asosiy funksiyalari 
17-jadvalda keltirilgan. 

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling