Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- 84-rasm.
Ta’sir etish mexanizmiga ko‘ra gormonlar ikki guruhga bo‘linadi:
1. Membrana orqali ta’sir etuvchi gormonlar. Ular nishon hujayralar membranasi bilan bog‘lanib, o‘z ta’sirini hujayra ichiga o‘tkazadi. Peptid gormonlar va adrenalin bunday ta’sirga ega. Bunday gormonlar hujayra ichiga axborotni ikkinchi xabarchi vositasida (messenger) o‘tkazadi. Bu vazifani sAMF bajaradi. sAMF o‘z navbatida proteinkinazani faollaydi. Proteinkinaza ATF ishtirokida oqsillarni (fermentlar) faollashi natijasida hujayrada metabolik jarayoni o‘zgaradi (84-rasm). 2. Sitozol mexanizmiga ega bo‘lgan gormonlar. Steroid gormonlar (yodtironinlar ham) membrananing lipid qo‘sh qavati orqali o‘tib sitoplazmada steroid retseptor kompleksini hosil qiladi. Kompleks o‘zgarishga uchragandan so‘ng yadroga o‘tadi va xromatin bilan birikadi. Mazkur jarayonda xromatinning kislotali tabiatga ega oqsillari va bevosita DNK ishtirok etadi (84,85 rasmlar). 84-rasm. Gormonlar axborotini nishon hujayralarga o‘kazish mexanizmi 330 Biologik funksiyalariga qarab gormonlar 5 guruhga bo‘linadi: 1. Uglevod, yog‘, aminokislotalar almashinuvini idora etuvchi gormonlar (insulin, glyukagon, adrenalin, glyukokortikosteroidlar). 2. Suv-tuz almashinuvini idora etuvchi gormonlar (mineralokortikosteroidlar, antidiuretik gormon). 3. Kalsiy va fosfatlar almashinuvini idora etuvchi gormonlar (paratgormon, kalsitonin, kalsitriol). 4. Reproduktiv funksiyaga aloqador moddalar almashinuvini idora etuvchi gormonlar (estradiol, progesteron, testosteron). 5. Endokrin bezlar funksiyasini idora etuvchi gormonlar (kortikotropin, tireotropin, gonadotropin). 85-rasm. Lipofil gormonlarining ta’sir mexanizmi 331 Gormonlarni yana quyidagi 2 guruhga bo‘lish mumkin: 1.Qonga ajralib chiqib, sintezlangan joyidan uzoqdagi a’zolarga ta’sir etadigan gormonlar. 2. Mahalliy ta’sir etadigan gormonlar. Ular o‘zlari hosil bo‘lgan a’zolardagi moddalar almashinuvini idora etadi (prostaglandinlar, gista’min, me’da-ichak yoli gormonlari). Ishlab chiqarilgan joyiga qarab gormonlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1. Gipofiz gormonlari. 2. Qalqonsimon bez gormonlari. 3. Qalqonsimon old bezi gormonlari. 4. Jinsiy bezlar gormonlari. 5. Oshqozon osti bezi gormonlari. 6. Buyrak usti bezlari gormonlari. Kininlarning yarim yashash davri 20-30 soniya bo lib, kininazalar ta’sirida parchalanadi. Kininlar qon tomir silliq muskullarini bo‘shashtiradi, yani tomirlarni kengaytiruvchi ta’sir etadi, arterial bosim pasayishiga olib keladi. Shuningdek kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini kuchaytiradi va og‘riqqa sabab bo‘ladi. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling