Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi tur
- Guanilatsiklaza messenjer sistemasi
Birinchi turi kovalent boshqarilishi, fosfarilaza subbirliklarini
gormonga bog‘liq fosforillanishi – defosforillanishiga asoslangan. 324 Ikkinchi tur allosterik boshqarilish. U glikogen fosforilaza b subbirliklarini adenillash deadenillash faollanish inaktivlanish reaksiyalariga asoslangan. Reaksiyani yonalishi har bir subbirlik allosterik markaziga birikadigan AMF va ATF konsentratsiyasini nisbati bilan belgilanadi. 82-rasm. Glikogen fosforilazaning allosterik boshqarilishi Ishlayotgan mushakda ATFni sarflanishga bog‘liq ravishda AMFni to‘planishi fosforilaza b ning adenillanish va faollanishini yuzaga keltiradi. Aksincha, tinch holatda ATFning yuqori konsentratsiyasi AMFni siqib chiqarib, deadenillash yoli bilan bu fermentni allosterik ingibirlanishiga olib keladi. 83-rasm. Glikogen sintezi va parchalanishi gormonal boshqarilishida sAMF va proteinkinazaning markaziy roli 325 Jigarda glikogenni sintezi va parchalanishini gormonal boshqarilishda sAMF va proteinkinaza markaziy rol o‘ynaydi. Uchinchi tur kalsiy bilan boshqarilish, Ca +2 ionlari bilan fosforilaza b kinazasini allosterik faollanishiga asoslangan, Ca +2 ionlarini konsentratsiyasi mushak qisqarganida ortadi va faol fosforilaza a hosil bo‘lishini tezlashtiradi. Guanilatsiklaza messenjer sistemasi Uzoq vaqtlar davomida siklik guanozinmonofosfat (sGMF) sAMFning antipodi hisoblangan. Unga sAMFga qarshi funksiyalar ko‘rsatilgan edi. Hozirgi vaqtda olingan ko‘p ma’lumotlar bo‘yicha hujayra funksiyasini boshqarishda sGMF mustaqil rolni o‘ynaydi. Xususan, buyraklar va ichakda u ion transporti va suv almashinuvini boshqarishda, yurak mushagida reaksiya signali vazifasini va boshqalarni bajaradi. Siklik AMF sinteziga o‘xshab, sGMF GTFdan spetsifik guanilatsiklaza ta’sirida amalga oshadi: guanilatsiklaza GTF ———— → sGMF + H 4 P 2 O 7 Guanilatsiklazani 4 xil shakli ma’lum bo‘lib, ulardan uchtasi membrana bilan bog‘liq va bittasi eruvchan sitozolda topilgan. Membrana bilan bog‘liq shakllari (molekulyar og‘irligi 180000) 3 qismdan iborat: plazmatik membrana tashqi tomonida joylashgan retseptor qism; ichki membrana domeni va fermentni turli shaklida bir xil bo‘lgan katalitik qismi. Guanilatsiklaza ko‘pchilik a’zolarda topilgan (yurak, o‘pka, buyrak, buyrak usti bezi, ichak endoteliysi, ko‘z to‘r pardasi va hokazolar), bu uni sGMFga bog‘liq hujayra ichidagi metabolizmni boshqarishda keng ishtirok etishini ko‘rsatadi. Membranaga bog‘liq ferment tegishli retseptorlar orqali hujayra ichi peptidlari (18-20 aminokislota qoldig‘idan iborat), xususan bo‘lmacha natriy uretik peptid (ANF) gormoni, gram manfiy bakteriyalar termostabil toksini va boshqalar orqali faollanadi. Qon hajmi ortgan vaqtda yurak bo‘lmachasida ANF sintezlanadi, qonga tushib buyraklarga boradi, guanilatsiklazani faollaydi (sGMF miqdori ortadi), Na + va suv ekskretsiyasi ortadi. Tomirlar silliq mushak hujayralarida ham shunday retseptor guanilatsiklaza sistemasi bo‘ladi, u yordamida retseptor bilan bog‘langan AMF qon tomirlarga kengaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, 326 natijada qon bosimini pasayishiga olib keladi. Ichak epitelial hujayralarida retseptor guanilatsiklaza sistemasini aktivatori bo‘lib bakterial endotoksin bo‘lishi mumkin. U ichakdan suvni so‘rilishini pasaytiradi va diareya rivojlanishiga olib keladi. Guanilatsiklazani eruvchan shakli (molekulyar og irligi 150000) gem saqlovchi ferment bo‘lib, 2 subbirlikdan iborat. Guanilatsiklaza bu shaklini boshqarilishida nitrovazodilatatorlar, lipidlar peroksidlanishida hosil bo‘luvchi erkin radikallar qatnashadi. Tomirlar relaksatsiyasini chaqiruvchi endotelial omil (RCEO) yaxshi ma’lum bo‘lgan aktivatorlardan hisoblanadi. Bu omilni ta’sir etuvchi qismi, tabiiy ligandi bo‘lib azot oksidi – NO uning asosidir. Fermentni bu shakli yurak kasalliklarida foydalanilanadigan ba’zi nitrozovazodilatatorlar yordamida faollanilanadi; bu preparatlar parchalanganda NO ajralib chiqadi. Azot oksidi arginin aminokislotasidan murakkab aralash funksiyali Ca +2 bog‘liq ferment sistemasi NO-sintaza ishtirokida hosil bo‘ladi: Azot oksidi guanilatsiklaza gemi bilan birikib, sGMFni tez hosil bo‘lishiga imkon beradi. sGMF Ca +2 past konsentratsiyalarida faoliyat ko‘rsatuvchi ion nasoslarini stimullash orqali yurak qisqarish kuchini pasaytiradi. Lekin NO qisqa vaqt, bir necha sekund, lokal hosil bo‘lgan joyi yaqinida ta’sir etadi. Xuddi shuningdek uzoq vaqt nitroglitserin ta’sir etadi, u NOni sekinroq ajratib chiqaradi. Siklik GMFni ko‘p ta’siri proteinkinaza G deb nomlangan sGMFga bog‘liq proteinkinaza orqali amalga oshirilishini isbotlovchi dalillar olingan. Eukariotik hujayralarda keng tarqalgan bu ferment toza holda ajratilgan (molekulyar og‘irligi 80000). U 2 ta subbirlikdan iborat proteinkinaza A (sAMF ga bog‘liq) C-subbirligi tuzilishiga o‘xshash katalitik domen va protenkinaza AR-subbirligiga o‘xshash boshqaruvchi domendan. Lekin A va G proteinkinazalar oqsillarni turli ketma-ketligini 327 taniydilar, turli hujayra ichidagi oqsillar serin va treoninidagi OH- guruhlarni fosforillanishini boshqaradilar va natijada turli biologik ta’sir ko‘rsatadilar. Hujayradagi sAMF va sGMF siklik nukleotidlar miqdori tegishli fosfodiesterazalar bilan boshqariladi, ular sAMF va sGMF ni 5 1 - nukleotiddimonofosfatgacha gidrolizlanishini katalizlaydi. Ca +2 va kalmodulin bilan boshqarilmaydigan eruvchan kalmodulinga bog‘liq fosfodiesteraza va membrana bilan bog‘liq izoshakl ajratilgan va xususiyatlari o‘rganilgan. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling