Biokimyo pmd
Rilizing omillari. Gipotalamus-gipofiz tizimi
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- 86-rasm.
- Adenogipofiz (gipofiz oldingi bo‘lagining) gormonlari
Rilizing omillari. Gipotalamus-gipofiz tizimi
Rilizing omillari yoki liberinlar gipatalamusning nerv hujayralarida hosil bo‘lib, portal kapillyarlar tizimi bo‘yicha gipotalamusga o‘tadi va gipofizar gormonlar sekretsiyasini, aniqrog‘i, ajralib chiqishini (ehtimol, biosintezini ham) boshqaradi. Gipofizar gormonlar ajralib chiqishini (ehtimol, biosintezini ham) susaytiruvchi ingibitor moddalarga statinlar deb ataladi (86-rasm). Hozirgi vaqtgacha gipotalamusda yettita liberinlar va uchta statinlar topilgan; xususan: kortikoliberin, tireoliberin, lyuliberin, folliliberin, somatoliberin, prolaktoliberin, melanoliberin hamda somatostatin, prolaktostatin va melanostatin. Gipotalamus va miyaning kulrang moddasidan o‘tadigan nerv (impulslari) gipotalamik boshqaruvchi gormonlar ajralish tezligiga ta’sir etadi. Ushbu gormonlar esa gipofizar qon aylanish portal tizimi orqali adenogipofizdan maxsus gormonlar (rilizing omillar) ajralishini ta’minlaydi. Xususan, shu tizim (nerv yollari) vositasida adenogipofiz gormonlarining sekretsiyasini, masalan: tashqi muhitning xilma-xil ta’siri bilan (sovuq, gipoksiya, travma (jarohatlanish), zaharli moddalar va boshqalar), yoki ma’lum bir fiziologik holatda (qorqish, hayajonlanish va hokazo) boshqariladi. 332 86-rasm. Gipotalamo-gipofizar tizimi Gipofiz gormonlari Gipofizda oqsil va peptid tabiatiga ega bo‘lgan qator biologik faol gormonlar sintezlanadi. Sintezlanish joyiga ko‘ra, gipofizning oldingi, orqa va orta bolagining gormonlari tafovut qilinadi. Adenogipofiz (gipofiz oldingi bo‘lagining) gormonlari Adenogipofizda tropgormonlar hosil bo‘lib, qonga o‘tgandan so‘ng tegishli periferik endokrin bezlardan zarur bo‘lgan gormonlar hosil bo‘lishini ta’minlaydi. Gormon esa a‘zo va to‘qimalarda yaxlit organizmning tegishli kimyoviy va fiziologik javob reaksiyasini keltirib 333 chiqaradi. Oqsil va peptid tabiatli gormonlar uchun hujayralar sathida maxsus retseptorlar (glikoprotein va gangliozidlarning uglevod parchalari) mavjud bo‘lib, gormonlar shu retseptorlar orqali maxsus biokimyoviy o‘zgarishlarni amalga oshiradi. Steroid gormonlarning retseptorlari esa sitoplazma va yadroda joylashgandir. Quyidagi jadvalda gipofizning oldingi bo‘lagi gormonlari, ularning molekulyar og‘irligi hamda gormonlar yetishmasligi va ortiqcha hosil bo‘lishida rivojlanadigan asosiy sindromlar keltirilgan: Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling