Biokimyo pmd
Gipofiz o‘rta bo‘lagi gormonlari
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buyrak usti bezi gormonlari
- Buyrak usti bezini po‘stloq qismi gormonlari
Gipofiz o‘rta bo‘lagi gormonlari
Gipofizning o‘rta bo‘lagida α− va β−melanostimullovchi (α−MSG va β−MSG) gormonlar sintezlanib qonga o‘tadi. α−MSG 13 aminokislotadan, β−MSG esa 22 aminokislotadan tuzilgan peptidlardir. 335 Melanotropinlarning fiziologik vazifasi, melaninogenez pigment hujayralari (melanotsitlar) sonining ko‘payishini stimullashdan iboratdir. Buyrak usti bezi gormonlari Buyrak usti bezlari morfologik va funksional jihatdan individual bo‘lgan ikkita: mag‘iz va po‘stloq qismlardan iborat. Mag‘iz qismi xromaffin yoki adrenal tizimga kirib, aminokislota unumi bo‘lgan gormonlarni ishlab chiqaradi. Po‘stloq qismi epitelial hujayralardan iborat bo‘lib, steroid tabiatli gormonlarni ishlab chiqaradi. Buyrak usti bezini po‘stloq qismi gormonlari Buyrak usti bezi po‘stloq qismi gormonlarining umumiy nomi kortikoidlar yoki kortikosteroidlar deyiladi va ular shartli ravishda ikkita guruhga bo‘linadi: glyukokortikoidlar (uglevodlar, oqsillar, yog‘lar va nuklein kislotalar almashinuviga ta’sir etuvchi gormonlar) va mineralokortikoidlar (tuzlar va suv almashinuviga ta’sir etuvchi gormonlar). Hozirgi vaqtda odam, cho‘chqa va ho‘kiz buyrak usti bezi po‘stloq qismidan 50 ga yaqin birikmalar ajratilgan. Steroidlarni umumiy soni 100 dan ortiq bo‘lib, lekin ularning hammasi ham faollikka ega emas. Kortikosteroidlar strukturasining asosida siklopentanper- gidrofenantren halqasi yotadi. Buyrak usti bezi po‘stloq qismi biologik faollikka ega bo‘lgan gormonlarni qurilishida 21 uglerod atomining bo‘lishi umumiy bo‘lib, ular pregnanning unumlari hisoblanadilar. Bundan tashqari ular uchun quyidagi struktur belgilar: 4 va 5 uglerod atomlari orasida qo‘sh bog‘ni, 3-uglerod atomida keton guruhi (C=O), 17-uglerod atomida yon zanjirni (-CO-CH 2 -OH) bo‘lishi xarakterlidir. Odam va ko‘pchilik hayvonlarda buyrak usti bezi po‘stloq qismini 5 gormoni keng tarqalgan: 336 Xolesterin kortikosteroidlarning o‘tmishdoshi bo‘lib, steroidogenez jarayoni gipofiz AKTG bilan boshqariladi. O‘z navbatida gipofizda AKTG sintezi, demak, buyrak usti bezida kortikosteroidlarni sintezini gipotalamus boshqaradi. U stress holatlarga javoban kortikoliberin ishlab chiqaradi. AKTGning buyrak usti beziga tez (qisqa vaqt) va sekin (surunkali) ta’sir etishi isbotlangan, o‘tkir holatlarda bez to‘qimasi qisqa davrli kortikosteroidlar sintezini oshirish bilan javob beradi, ayni vaqtda AKTG surunkali ta’sir etganida uning trofik ta’siri korinadi, yani bez hujayralarining o‘sishi va ko‘payshini ta’minlovchi barcha modda almashinuv jarayonlari stimullanadi. Shuningdek, steroid gormonlar sekretsiyasi uzoq vaqt davom etadi. AKTG ta’siri spetsifik retseptor va adenilatsiklaza-sAMF-proteinkinaza sistemasi orqali amalga oshadi. Kortikosteroidlar spetsifik m-RNK va tegishli oqsil sinteziga indutsirlovchi ta’siri tajribalarda tasdiqlangan. Bunday ta’sir ularni sitozol ta’sir mexanizmiga asoslangandir. Hozirgi vaqtda organizmda modda almashinuvni kortikosteroid boshqaruv mexanizmi ketma-ketligi mavjudligi haqida konsepsiya ishlab chiqilgan: Gormon gen oqsil (ferment) Kortikosteroidlar biosintezini asosiy yo li xolesterinni pregnenolonga fermentativ aylanishini o‘z ichiga oladi. Pregnenolon barcha steroid gormonlarning o tmishdoshi hisoblanadi (87-rasm). Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling