Biokimyo pmd
Ochlik davrida organizmda vujudga keladigan biokimyoviy
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi faza
- Ikkinchi faza
Ochlik davrida organizmda vujudga keladigan biokimyoviy
o‘zgarishlar Ochlik chala (ovqatga yolchimaslik) va to‘liq bo‘lishi mumkin. Chala ochlikning asosiy patologik ko‘rinishlari oqsil yetishmasligiga bog‘liq bo‘ladi va Kvashiorkorning rivojlanishiga olib keladi. Ushbu bolimda to‘la ochlik vaqtida roy beradigan biokimyoviy o‘zgarishlar kozdan kechirib chiqiladi. Bularni ovqatlanish maromining odatdan tashqari, favqulodda buzilishi deb hisoblash mumkin. Falokatlar va tabiiy ofatlar vaqtida yuz beradigan holatlarni hisobga olmaganda to‘liq ochlik aksari hazm yolining kasalliklari va ovqat iste’mol qila olmaslik bilan, shuningdek, bemorning ovqatdan bosh tortishiga sabab bo‘ladigan ruhiy kasalliklarga bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashqari ba’zi kasalliklarni odamni to‘la och qoldirish yoli bilan davolanadi. Toliq ochlikda moddalar almashinuvida roy beradigan o‘zgarishlarning uch fazasini ajratish mumkin: Birinchi faza taxminan bir sutka davom etadi. Bu vaqt ichida glikogen zaxiralari tugaydi; qondagi insulin konsentratsiyasi ovqat hazmlanish davridagiga qaraganda 10-15 baravar pasayadi, glyukagon bilan kortizol konsentratsiyasi esa ortadi. Gormonal holat o‘zgarib, idora etishning hujayra ichi mexanizmlari ishga tushishi natijasida yog‘larning safarbar bo‘lish tezligi va aminokislotalar bilan glitserindan glyukoza hosil bo‘lish (glyukoneogenez) tezligi asta-sekin ortib boradi. Bunga qaramasdan, qondagi glyukoza konsentratsiyasi me’yorning pastki chegaralarigacha kamayadi (60 mg/dl ga yaqin) va ochlikning keyingi davrlarida ham shu darajada turaveradi (glyukoneogenez hisobiga). Ikkinchi faza bir hafta atrofida davom etadi. Yog‘larning safarbar bo‘lishi davom etib boradi, qondagi yog‘ kislotalar konsentratsiyasi odatda 2 mg\dl dan kam bo‘ladi, bir hafta ochlikdan keyin esa 20-30 mg/dl gacha ko‘payadi. Keton tanachalari ana shunday konsentratsiyasida bo‘lganida atsetosirka kislota ferment ishtirokisiz dekarboksillanib, atseton hosil qilish reaksiyasining tezligi sezilarli bo‘lib qoladi: CH 3 - CO - CH 2 - COOH → CH 3 - CO - CH 3 + CO 2 Atseton organizmda foydalanilmaydi va asosan nafas bilan chiqariladigan havo bilan hamda teri orqali chiqarib yuboriladi. Och yotgan kishining og‘zi va badanining terisidan ochlikning uchinchi- 350 to‘rtinchi kunida atseton hidi kela boshlaydi. Ana shu fazada muskullar va boshqa ko‘pgina a’zolarning energiyaga bo‘lgan ehtiyoji yog‘ kislotalari va keton tanalari hisobiga qoplanib boradi. Ochlikda qondagi insulin konsentratsiyasi juda ham past bo‘lganligidan, glyukoza muskul hujayralariga otmaydi. Bunday sharoitlarda insulinga bog‘liq hujayralar va avvalambor miya hujayralari glyukoza iste’molchilari bo‘lib qoladi. Lekin, bu davrda miyada ham energiyaga bo‘lgan ehtiyojning bir qismi keton tanachalari bilan ta’minlanib boradi. Glyukoneogenez to‘qima oqsillari parchalanishi hisobiga davom etadi. Moddalar almashinuvining jadalligi umuman susaygan bo‘ladi: bir hafta ochlikdan keyin kislorod iste’moli taxminan 40 foizga kamayadi. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling