Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qandli diabet
90-rasm. Kortizol sekretsiyasining idora etilishi
Kortikotropin 39 ta aminokislota qoldig‘idan tuzilgan peptidli gormondir. U qonga tushib, buyrak usti bezlari po‘stloq qismi hujayralari membranalarining maxsus retseptorlari bilan bog‘lanadi va glyukokortikosteroidlar sintezida qatnashadigan fermentlarni adenilatsiklaza sistemasi orqali faollashtiradi. Buyrak usti bezlarining steroid gormonlar ishlab chiqaradigan hujayralarida bir talay lipid tomchilari bo‘ladi. Bularning asosiy tarkibiy qismi oleilxolesterindir. Xolesterin o‘z navbatida kortizol o‘tmishdoshi bo‘lib xizmat qiladi. Odam buyrak usti bezida bir kecha-kunduz davomida 10 mg atrofida kortizol hosil bo lib, qonga chiqib turadi. Glyukoneogenez tezligi odamda soatiga 0dan 3-4g gacha (bir kecha- kunduzda 80 g atrofida) o‘zgarib turishi mumkin. Uglevodlarga boy ovqat iste’mol qilgandan keyingi dastlabki soatlarda bu tezlik past bo‘ladi, jigardagi glikogen zaxiralari tugab borgan sari ortadi. Bir necha soat davom etgan ochlik paytida eng yuqori darajaga yetadi. Yuqorida ko‘rib chiqilgan uchta gormon insulin, glyukagon va kortizol moddalar almashinuvini to‘qimalarda uglevodlar, yog‘lar va oqsillar to‘plab borishdan ovqatni hazm qilish davri tugab, ochlik davri boshlanganida (hatto qisqa muddatli ochlikda) ulardan foydalanishga 345 o‘tkazadi. Yana bitta gormon adrenalin jismoniy ish davrida va stress holatlarida glikogen bilan yog‘larning tezdan safarbar bo‘lishini ta’minlaydi. Korsatib o‘tilgan gormonlar asosan energiya almashinuvini uglevodlar bilan yog‘larni zaxira qilib to‘plash va safarbar qilib borishni, uglevod, yog‘lar va aminokislotalar katabolizmini idora etib boradi. Biroq moddalar almashinuvi boshqa ko‘pgina gormonlarga ham bog‘liq. Jumladan, somatotropin (o‘sish gormoni) jigarda oqsil gormonlar somatomedinlar hosil bo‘lishini tezlashtiradi. Bular xuddi insulinga o‘xshab muskul va yog‘ hujayralarga glyukoza otishini kuchaytiradi-yu, lekin undan farq qilib, jigardagi glyukoneogenezni susaytirmasdan, balki faollashtiradi. Bundan tashqari, somatotropin insulin bilan glyukagon sekretsiyasini kuchaytiradi, somatostatin esa bu jarayonni pasaytiradi. Androgenlar va tiroksin oqsillar sintezi bilan glyukozaning oksidlanish tezligini oshiradi. Hozir birma-bir aytib o‘tilgan gormonlarning asosiy funksiyasi, aftidan, o‘sish va morfogenez bilan aloqador bo‘lgan anabolik jarayonlarni idora etishdan iboratdir. Ularning uglevodlar, yog‘lar va aminokislotalar energetik almashinuviga ko‘rsatadigan ta’siri esa ikkilamchi bo‘lib hisoblanadi. Qandli diabet Qandli diabet eng keng tarqalgan kasalliklardan biridir. Qandli diabet bilan og rigan kasallarning soni jahonda 30 mln. kishiga boradi. Bu kasallikka, asosan, insulin ishlab chiqarilishining buzilishi sabab bo‘ladi. Diabetning ba’zi shakllarida insulin sintezi susayib qolgan, shunga ko‘ra uning qondagi miqdori me’yordagidan bir necha baravar kam bo‘ladi. Bunday shaklga insulin bilan davolash yaxshi natija beradi: insulinga bog‘liq diabet yoki I turdagi diabet deb kasalliklarning shunday shakliga aytiladi. Qondagi insulin miqdori me’yorda bo‘lib turadigan shakli insulinga bog‘liq bo‘lmagan diabet yoki II turdagi diabet deb ataladi. Bunday hollarda, insulin sintezi buzilmaydi, balki insulinning retseptor bilan bog‘lanishi buzilgan bo‘ladi. Kasallikning har ikkala turi ham insulin yetishmovchiligi tariqasida namoyon bo‘ladi. Diabetning asosiy belgilari va ularning kelib chiqishidagi biokimyoviy mexanizmlar: Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling