Biokimyo pmd
Uglevodlar, yog‘lar va aminokislotalarning almashinuviga
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
Uglevodlar, yog‘lar va aminokislotalarning almashinuviga
gormonlarning ta’siri Insulin oqsil tabiatiga ega bo‘lgan gormon bo‘lib, oshqozon osti bezining Langergans orolchalari b-hujayralaridan proinsulin holatida sintezlanadi va qisman proteoliz yoli bilan insulinga aylanadi (88-rasm). 88-rasm. Insulinning organizmda o‘zgarishi 341 Insulinning ta’sir etish mexanizmi organizmda modda almashinuv jarayonlarining insulinga bog‘liq ekanligi to‘g‘risidagi talaygina ma’lumotlar bo‘lishiga qaramay, hanuzgacha to‘liq o‘rganilgan emas. «Unitar» nazariyaga muvofiq insulinning glyukoza almashinuviga ta’siri geksokinaza fermenti orqali sodir bo‘ladi. Ammo yangi olingan eksperimental dalillar ionlarning va aminokislotalarning transport qilinishi, oqsil va boshqalar sintezi kabi jarayonlarning insulin tomonidan kuchayishi va stimulyatsiya qilinishini mustaqil ekanligini ko‘rsatadi (89-rasm). Bu esa insulin ta’sir qilinishining ko‘p tomonlama ekanligini taxmin qilishga asos bo‘ladi. Hozirgi vaqtda insulin va boshqa barcha oqsil tabiatli gormonlar birlamchi ta’sirining membranada joylashganligi ma’lumdir. Insulin maxsus retseptorining yog‘ hujayralari tashqi plazmatik membranasida joylashganligi hamda insulin-retseptor kompleksining hosil bo‘lishi isbotlangan; bu jarayonda sial kislota ishtirok etadi. Insulin retseptori glikoprotein bo‘lib, molekulyar og‘irligi 135000 Da atrofidadir. Insulin-retseptor kompleksidan hujayra ichki jarayonlarga axborot o‘tkazilishining keyingi yollari to‘liq aniqlangan. Yog‘ hujayralari va qisman jigar hujayralariga insulin axborotning o‘tishida adenilatsiklaza va sAMF ishtirok etishi taxmin qilinmoqda; muskullarda gormon ta’siri sAMF ishtirokisiz o‘tadi. Chunki insulin ta’sirining hujayra-ichki vositachisi, maxsus hujayra ichki retseptori mavjudligini va insulin-retseptor kompleksining genom orqali ta’sir etishini qayd etish lozim. Insulin ta’sirining amalga oshishida, binobarin, uning gormonal ta’sirining o‘tkazilishida natriy, kaliyga bog‘liq ATF- aza ham muhim rol o‘ynaydi (uning faolligini ham insulin boshqaradi); Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling