Biokimyo pmd
Buyrak usti bezining mag‘iz qismi gormonlari
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
Buyrak usti bezining mag‘iz qismi gormonlari
Buyrak usti bezining mag‘iz qismida adrenalin va noradrenalin sintezlanadi. Bu gormonlar (dofamin ham) tirozindan hosil bo‘ladi va katexolaminlar deb ataladi. Massasi 10 g bo‘lgan odam buyrak usti bezining mag‘iz qismida atigi 5 mg atrofida adrenalin va 0,5 mg noradrenalin bo‘ladi. Qon plazmasida ikkala gormon ham erkin holda hamda albuminlar bilan bog‘langan holda uchraydi. Qonda ularni miqdori 1,9 va 5,2 nmol/lni tashkil etadi. Ikkala gormonni oz miqdori ATF bilan tuz hosil qilib, nerv oxirlarida saqlanganda, ular qo‘zgalishga javoban ajraladi. Katexolaminlar kuchli tomirlarni toraytiruvchi ta’sirga ega bo‘lib, arterial bosimni oshiradi va bu jihatidan ularni ta’siri simpatik nerv sistemasi ta’siriga o‘xshaydi. Bu gormonlar organizmdagi uglevodlar almashinuviga kuchli boshqaruvchilik ta’sirini ko‘rsatadi. Xususan, fosforilaza fermenti ta’sirida jigarda glikogen parchalanishi tezlashishi natijasida qonda 340 glyukoza miqdori adrenalin ta’sirida keskin ortadi. Adrenalin glyukagon singari fosforilazani adenilatsiklaza-sAMF-proteinkinaza sistemasi orqali faollashtiradi. Noradrenalinning giperglikemik ta’siri birmuncha kamroqdir: u adrenalin ta’sirining taxminan 5% ni tashkil etadi. Shu bilan birga to‘qimalarda, xususan muskullarda, geksozofosfatlarning to‘planishi, qon plazmasida anorganik fosfat konsentratsiyasining kamayishi va to‘yinmagan yog‘ kislotalarining oshishi kuzatiladi. Adrenalin ta’sirida to‘qimalarda glyukoza oksidlanishining pasayishi to‘g‘risida dalillar bor. Uning bu kabi ta’sirini ayrim mualliflar glyukozaning hujayraga o‘tish (transporti) tezligining kamayishi bilan bog‘lashmoqda. Adrenalin, noradrenalin organizmda parchalanadi va 3-metioksi-4- oksimindal kislota, oksoadrenoxrom sifatida organizmdan siydik tarkibida chiqariladi. Bu metabolitlar siydikda glyukuron kislota bilan bog‘langan holda bo‘ladi. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling