Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalsiy va fosfatlar almashinuvining boshqarilishi
Uchinchi faza bir necha hafta davom etadi. Oqsillarning
parchalanish tezligi sutkasiga taxminan 20 g ga yetib, shu darajada turg‘un bo‘lib turadi; shuncha miqdorda oqsil parchalanib turganida 5 g atrofida siydikchil hosil bo‘lib, tashqariga chiqarib turadi (meerda 25-30 g siydikchil hosil bo‘ladi va chiqarilib turadi). Ochlikning barcha fazalarida azot balansi manfiy, chunki qabul qilinayotgan azot nolga teng bo‘ladi. Oqsillar parchalanishining tezligi pasayganligi sababli glyukoneogenez tezligi ham kamayadi. Bu fazada keton tanalari miya uchun ham asosiy energiya manbai bo‘lib qoladi. Mana shu fazada organizmga alanin yoki boshqa glikogen aminokislotalar yuboriladigan bo‘lsa, qondagi glyukoza konsentratsiyasi darhol ko‘tariladi va keton tanalari konsentratsiyasi pasayadi. Ochlik davom etaveradigan bo‘lsa, muskullar atrofiyasi kuchayib boradi. Bir necha haftadan keyin (odatda 4-8 hafta orasida) yurak muskuli bilan miya massasi 3-4 foiz, skelet muskullarining massasi 1/ 3 hissa, jigar massasi teng baravar kamayib qoladi. Tana vazni 70 kg bo‘lgan odam tanasida 15 kg atrofida oqsillar bo‘ladi; barcha oqsillarning 1/3 dan 1/2 gacha qismi sarflanib ketganidan keyin odam o‘ladi. Kalsiy va fosfatlar almashinuvining boshqarilishi Organizmda kalsiy quyidagi vazifalarni bajaradi: 1. Kalsiy tuzlari suyaklarning mineral qismini tashkil etadi. 2. Kalsiy ionlari fermentlarning kofaktorlaridir. 3. Kalsiy ionlari kalmodulin bilan birikib sAMF singari ta’sir etadi. Kalsiy almashinuvi fosfat almashinuvi bilan chambarchas bog‘liqdir. Kalsiy almashinuvining idora etilishida paratgormon, D 3 vitamini unumlari va kalsitonin ishtirok etadi. 351 Organizmda 1,5 kg atrofida kalsiy mavjud bo‘lib, uning ikki fondi mavjud: 1. Suyaklardagi kalsiy. 2. Suyuqliklardagi yoki to‘qima oqsillari bilan birikkan kalsiy. Paratgormon Paratgormon qalqonsimon bezning orqa yuzasida joylashgan paratireoid bezlarda hosil bo‘luvchi peptidli (84 aminokislota qoldig‘i) gormondir. Kalsiy konsentratsiyasi pasayganda uning sintezi tezlashadi, ortganda esa sekinlashadi. Paratgormonning yarim yashash davri 20 daqiqa. Nishon hujayralar suyak va buyraklardir, ularda paratgormon bilan bog‘lanuvchi retseptorlar mavjud. Uning ta’sirida suyakda rezorbsiya boshlanib, kalsiy va fosfatlar qonga o‘tadi. Buyraklarda esa kalsiy rezorbsiyasi kuchayadi, fosfatlar rezorbsiyasi pasayadi, natijada organizmda kalsiy tejab qolinadi, fosfatlar esa chiqarib yuboriladi. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling