Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- 78-rasm.
- Gormonlar tasnifi
77-rasm. Gormonal boshaqaruv tizimi
Idora etishning uchinchi darajasi nerv sistemasi bilan ham tashqi, ham ichki muhitdan keluvchi axborotlarni qabul qilib oladigan retseptorlardir. Mediator idora etishning hujayra ichidagi mexanizmlari 316 orqali moddalar almashinuvining o‘zgarishiga olib keladi. Nerv impulsiga javoban gormonni sintezlash va ajratib chiqarish bilan javob beruvchi endokrin hujayralar ham effektor hujayralar bo‘lishi mumkin. Idora etishning keltirilgan uchta darajasi ozaro bog‘langan bo‘lib, yagona bir sistema tarzida ishlaydi (78,80-rasm). 78-rasm. Idora etish darajasining o‘zaro bog‘liqligi 317 79-rasm. Ichki sekretsiya bezlari Idora etish sistemasiga gormonlar ishlab chiqarilishining qoshilishi distant boshqarilishni amalga oshirishga imkon beradi, yani hujayra o‘z metabolizmini boshqarishdan tashqari boshqa hujayralar ta’siriga uchraydi (79,80-rasm). Gormonlar ichki sekretsiya bezlarining maxsus hujayralarida hosil bo‘lgandan so‘ng, qonga otib, moddalar almashinuvi va fiziologik funksiyalarga regulyator (boshqaruvchi) ta’sir ko‘rsatuvchi organik tabiatli moddalardir. 318 Gormonlar tasnifi Kimyoviy tabiatiga ko‘ra gormonlar uch guruhga bo‘linadi: 1. Peptid (oqsil) tabiatli gormonlar: a) murakkab oqsillar - glikoproteinlar; bularga FSG, lyuteinlovchi gormon, TTG va boshqalar; b) oddiy oqsillar: prolaktin, STG, insulin va boshqalar kiradi; d) peptidlar: AKTG, glyukagon, kalsiytonin, somatostatin, vazopressin, oksitotsin va boshqalar kiradi. 2.Aminokislotalar unumlari: katexolaminlar, tireoid gormonlar, melatonin va boshqalar kiradi. 3. Steroid birikmalar va yog‘ kislotalar unumlari (prostaglandinlar). Steroidlar gormonlarning katta guruhini tashkil qiladi; ularga buyrak usti bezlari gormonlari (kortikosteroidlar), jinsiy gormonlar (androgenlar va estrogenlar), 1,25-dioksixolekalsiferol va boshqalar kiradi. 4. Eykazanoidlar ko‘p to‘yinmagan yog‘ kislotalar (araxidonat) unumlari bo‘lib, uch sinf birikmalarni o‘z ichiga oladi: prostaglandin, tromboksan va leykotriyenlar. Ular suvda erimaydigan nostabil birikmalar bo‘lib, o‘z ta’sirini sintezlangan joyi yaqinidagi hujayralarga ko‘rsatadi. 80-rasm. Endokrin va nerv sistemalarining bir-biriga bog‘lanishi. To‘g‘ri chiziqlar gormon sintezini, punktir chiziqlar –nishon a‘zoga ta‘sirini ko‘rsatadi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling