Biokimyo pmd
Adenilatsiklaza messenjer sistemasi
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
Adenilatsiklaza messenjer sistemasi
Gormonlar signalni o tkazishni eng ko‘p organiladigan yoli bo‘lib adenilatsiklaza sistemasi hisoblanadi. Bunda kamida yaxshi o‘rganilgan 5 ta oqsil qatnashadi: 321 1. Gormon retseptori. 2. Siklik AMF (sAMF). 3. Adenilatsiklaza va retseptor o‘rtasida bog‘lanishni amalga oshiruvchi G-oqsil. 4. Siklik AMFga bog‘liq proteinkinaza, hujayra ichidagi ferment yoki nishon-oqsillar fosforillanishini katalizlaydi, ular faolligini o‘zgartiradi. 5. Fosfodiesteraza, sAMFni parchalaydi va natijada signal o‘tkazilishini to‘xtatadi. Jigar, mushak va yog‘ to‘qimasi hujayralari plazmatik membranasidan α- va β-adrenergik retseptorlari toza holatda olingan. Gormonni β-adrenergik retseptor bilan bog‘lanishi hujayra ichidagi retseptor domenini struktur o‘zgarishlariga olib keladi, bu esa o‘z navbatida retseptorni ikkinchi signal oqsil GTFni bog‘lovchi bilan ta’sirini ta’minlab beradi. GTFni bog‘lovchi G-oqsil 2 turdagi oqsil aralashmasidir: faol G 2 (ingl. Stimulatory G) va ingibitor G 1 , molekulyar massasi 80000-90000. Ular har birini tarkibida 3 xil subbirliklar (a-, β- va γ-) bo‘ladi. Yani ular geterotrimerlardir. G 2 va G 1 ning β-subbirliklari bir xil (molekulyar massasi 35000); ayni vaqtda turli genlarni mahsuli bo‘lgan a-subbirliklar (molekulyar og‘irligi 45000 va 41000) G-oqsilni aktivatorlik va ingibitorlik faolligini namoyon qilishga javobgardirlar. Gormonretseptor kompleksi G oqsilga nafaqat endogen bog‘langan GDFni GTFga almashtirish qobiliyatini beradi, balki G 2 -oqsil faol holatiga o‘tkazadi. Bunda faol G-oqsil magniy ionlari ishtirokida β-, γ-subbirliklarga dissotsiatsiyalanadi va G 2 α-subbirlik kompleksi GTF-shakliga o‘tadi; bu faol kompleks adenilatsiklaza molekulasi tomon suriladi va uni faollaydi. Keyin kompleks GTF parchalanishi energiyasi hisobiga inaktivlanadi va β-, γ- subbirliklar reassotsiatsiyalanib birlamchi G 2 ning GDF shakli hosil bo‘ladi. Adenilatsiklaza plazmatik membranalarni integral oqsili bo‘lib, uning faol markazi sitoplazma tomoniga qaragan va ATFdan sAMF hosil bo‘lish reaksiyasini katalizlaydi. Hayvonlar turli to‘qimalaridan ajratilgan adenilatsiklazani katalitik qismi bitta polipeptid zanjirdan iborat bo‘lib, molekulyar og‘irligi 120000-150000; G-oqsillar bo‘lmaganda faollikga ega emas; ikkita SH- guruhini saqlaydi, ulardan biri G 2 -oqsil bilan bog‘lanadi, ikkinchisi esa katalitik faollikni namoyon qilish uchun zarurdir. Ferment molekulasida bir necha allosterik markazlar bo‘lib, ular orqali past 322 molekulali moddalar bilan faolligini boshqarish amalga oshiriladi: Mg +2 , Mn +2 ,Ca +2 , adenozin, forskolin. Fosfodiesteraza ta’sirida sAMF gidrolizlanadi va faol bo‘lmagan 5 1 -AMF hosil bo‘ladi. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling