Biokimyo pmd
MODDALAR ALMASHINUVI VA FUNKSIYALARNING
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
MODDALAR ALMASHINUVI VA FUNKSIYALARNING
GORMONLAR ISHTIROKIDA IDORA ETILISHI Idora etish mexanizmlarining ta’siri natijasida hujayralarda barcha kimyoviy reaksiyalar va fizik-kimyoviy jarayonlar tezliklarining bir- biriga moslashishiga erishiladi hamda barcha organlar funksiyalarining uygunlashuvi va organizmning tashqi muhit o‘zgarishlariga mos reaksiya ko‘rsatishi ta’minlanadi. Idora etish sistemasining ta’siri tufayli organizm optimal rejimda ishlaydi va tashqi taassurotlar hamda ichki o‘zgarishlarga javob bera oladi. Organizm ichki muhitining o‘zgarmay, birdek bo‘lib turishiga gomeostaz deb ataladi. Organizmning quyidagi holatlarida ba’zi ko‘rsatkichlar o‘zgarishi mumkin: 1. Ontogenez. Ontogenez davrida turli genlarning faolligi turlicha bo‘lib, ba‘zilarning ta’siri toxtab qoladi, ba‘zilari esa ma’lum davrlarda faol bo‘ladi. Buning natijasida metabolik jarayonlar, a‘zolar tuzilishi, funksional holati o‘zgaradi. 2. Siklik o‘zgarishlar (bioritmlar). Fermentlar faolligi, gormonlar va ba’zi metabolitlar miqdorining siklik o‘zgarib turishi ma’lum. Bu o‘zgarishlar yilning mavsumi, sutkaning vaqtiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. 3. Fiziologik aktivlikning o‘zgarishlari, ularning harakat aktivligi, nerv sistemasi, sezgi a’zolari, hazm qilish sistemasining funksional holatiga bog‘liqdir. 4. Organizmda tashqi omillar tufayli yuzaga keladigan adaptiv o‘zgarishlar: sovuqda issiqlik hosil qilishning kuchayishi, havoda kislorod miqdori kam bo‘lganda gemoglobin konsentratsiyasining ortishi bunga misol bo‘la oladi. 5. Tashqi muhitning shikastlovchi omillarga javoban yuzaga keladigan reaksiyasi. Antigenlarga qarshi antitelolar sintezi, yot moddalarning ta sirida mikrosomal gidroksilazalar sintezining ortishi, 315 qon tomirlari shikastlanganda tromblar hosil bo‘lishi, yalliglanish reaksiyasi va boshqalar bunga misol bo‘la oladi. Organizmdagi gomeostazning saqlanishida moddalar almashinuvining boshqarilishi alohida o‘rin tutadi va uning quyidagi darajalari tafovut etiladi: Birinchi darajasi. Idora etishning hujayra ichidagi mexanizmlarini o‘z ichiga oladi. Bunda fermentlar faolligi alohida orinni egallaydi va unga quyidagi uch usul bilan ta’sir etish mumkin: a) fermentlarni ingibirlash yoki faollashtirish, muhit va harorat, kofaktor va kofermentlar, oraliq metabolitlar miqdorini o‘zgartirish orqali ta’sir etish mumkin; b) fermentlar va ba’zi oqsillar sintezini induksiya yoki repressiya qilish, ular parchalanish tezligini o‘zgartirish yoli bilan ular miqdorini o‘zgartirish mumkin; d) membrana orqali moddalarning o‘tishiga ta’sir etish orqali. Endokrin sistema idora etishning ikkinchi darajasidir (77-rasm). Ma’lum bir ta’sirotga javoban ichki sekretsiya bezlaridan gormonlar ajralib chiqadi va ular nishon hujayralarda ichki mexanizmlar orqali u yerdagi modda almashinuvini tegishli ravishda o‘zgartiradi. O‘z vazifasini bajarib bo‘lgan gormon maxsus fermentlar ta’sirida parchalanadi. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling