Biokimyo pmd
Aminokislotalar azotsiz qoldig‘ining almashinuvi
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- 25-jadval Aminokislotalar azotsiz qoldig‘ining almashinuvi
- Aminokislota va glitserindan glyukoza sintezi
Aminokislotalar azotsiz qoldig‘ining almashinuvi
Modda almashinuvi integratsiyasida aminokislotalar dezaminlanishi natijasida hosil bo‘ladigan azotsiz qoldig‘i alohida o‘rin tutadi. Ba’zi aminokislotalarning azotsiz qoldig‘idan uglevodlar, boshqalaridan esa keton tanachalari hosil bo‘ladi (25-jadval). Shu sababdan aminokislotalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 309 310 25-jadval Aminokislotalar azotsiz qoldig‘ining almashinuvi Glikogen Ketogen Glikogen va ketogen aminokislotalar: aminokislotalar: aminokislotalar: Alanin, arginin, leytsin Izoleytsin, lizin, asparagin, sistein, fenilalanin, tirozin glutamin, glitsin, gistidin, prolin, oksiprolin, metionin, serin, treonin, triptofan, valin Glikogen aminokislotalarning almashinuvi natijasida piruvat, oksaloatsetat, α-ketoglutarat hosil bo‘ladi, ulardan glikogen sintezlanadi. Ketogen aminokislotalarning almashinuvi natijasida atsetoatsetat, atsetil- KoA va atseton (keton tanachalari) hosil bo‘ladi. Aminokislota va glitserindan glyukoza sintezi Aminokislotalardan glyukoneogenezning mumkinligi qandli diabetni o‘rganishda ko‘rsatilgan. Eksperimental qandli diabetli hayvonlarda 50% (Ba’zida 80% gacha) kiritilgan oqsilning glyukozaga aylanishi ko‘rsatilgan. Bu jarayonda glikogen aminokislotalar eng muhim orinni o‘ynaydi, ularning parchalanishidagi azotsiz qoldig‘idan pirouzum kislota hosil bo‘ladi, u esa glyukoza parchalanishi va sintezining oraliq metabolitidir. Mushaklarda oqsilni parchalanishida hosil bo‘lgan alanin, serin, treonin, sistein kabi aminokislotalardan glyukoz-alanin sikli yordamida qondagi glyukozaning miqdori organizmda glyukoza yetishmagan davrida, uning qondagi miqdorini boshqarishda ahamiyatga ega. Glitserin triatsilglitserinlar parchalanishi natijasida hosil bo‘ladi. Uglevod va lipid almashinuvi o‘rtasidagi bog‘lanish glitserin 311 orqali amalga oshiriladi, chunki glitserin oksidlanganda pirouzum kislotasi hosil bo‘ladi va undan glyukoza sintezlanadi. Bu jarayonlarni boshqarishda glyukokortikosteroidlar muhim ahamiyatga ega. Ularga kortizol, kortikosteron, kortizon va boshqalar kiradi. Ular glyukoneogenezning spetsifik fermentlarini piruvatkarboksilaza, FEP-karboksikinaza, fruktoza-1,6-difosfataza, glyukoza-6-fosfataza hosil bo‘lishini stimullaydilar. Periferik to‘qimalarda glyukozaning sarflanishini pasaytiradilar. Gidrokortizon glyukozaning hujayraga faol transportini ingibirlaydi. Soglom odamlar jigarida kortizolning uglevod metabolizmiga ta’siri natijasida glikogen, qonda glyukoza miqdori ortadi. Uzoq vaqt organizmga kortizolning kiritilishida oshqozon osti bezi β-hujayralari degeneratsiyaga uchrashi sababli qandli diabet vujudga keladi. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling