Biokimyo pmd
Jigarning pigment almashinuvidagi ishtiroki
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
Jigarning pigment almashinuvidagi ishtiroki
O‘t bilan ajraluvchi pigmentlar unga to‘q sariq rang berib turadilar. Insonlarda bilirubin asosan, gemoglobindan hosil bo‘ladi (rasm). Bir kecha-kunduzda retikuloendotelial to‘qimalarda (qora taloq, jigar va suyak ko‘mikida) qizil qon tanachalari 1% gacha nobud bo‘ladi va ulardan 7,5 g ga yaqin gemoglobin ajraladi. Undan tashqari 15-25% bilirubin gemni o‘zida saqlovchi moddalar (mioglobin, sitoxromlar, peroksidaza va boshqalar)dan hosil bo‘ladi. Eritrotsitlarning umri o‘rtacha 110-120 kunni tashkil qiladi. 1g gemoglobin parchalanganda 34 mg bilirubin hosil bo‘ladi (110-rasm). Gemoglobindan globin va gem, gem dan bilirubin hosil bo‘ladi. Gemdan bilirubingacha bo‘lgan jarayon EPT membranalarida juda murakkab va uzviy bog‘liq reaksiya sifatida o‘tadi. 407 Gemoksidaza fermentining ta’siri natijasida gemning tetrapirrol o‘zagidagi alfametin ko‘prikchasida uzilish ro‘y berib, natijada, verdoglobin hosil bo‘ladi. Verdoglobindan temirning ajralishi natijasida to‘rtta bir-biri bilan to‘g‘ri bog‘langan pirrol halqasidan iborat biliverdin hosil bo‘ladi. Sitoplazmadagi NADga bog‘liq biliverdinreduktaza fermenti ta’siri natijasida biliverdindan bilirubin hosil bo‘ladi. Bir kecha-kunduzda odam organizmida 100-300 mg har xil izomerdagi bilirubin hosil bo‘ladi. Bunday bilirubin erkin bilirubin deyiladi. Makrofaglardan ajralgan bunday bilirubin qon tomirlarda albumin bilan bog‘lanadi. Odatda 1 g albumin 14,4 mol bilirubinni bog‘laydi. Albumin bilan bog‘langan bilirubin konyugatsiya qilinmagan yoki bilvosita bilirubin deyiladi. Bunday bilirubin odam organizmi uchun zararli emas. U miya to‘qimalariga singmaydi, shuning uchun bilirubinga xos ensefalopatiya kelib chiqishiga sabab bo‘la olmaydi. Van-den-Berg reaksiyasi- diazosulfoxlorid (Erlixning diazoreaktivi) bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reaksiyaga kirishmagani uchun bilvosita bilirubin deb nom berilgan. Albumin bilan bog‘lanmagan bilirubin gematoensefal to‘siqdan o‘ta oladi, natijada u miya to‘qimalari pardasidagi fosfolipidlar bilan umumiy birikma hosil qiladi. Markaziy nerv sistemasidagi markazlarga ta’sir qilib, ularni zaharlaydi. Albuminning bilirubin bilan maksimal bog‘lanish xususiyati yuqori bo‘lib, bu qondagi albumin miqdoriga va u bilan raqobatlashuvchi moddalarga bog‘liq. Odatda erkin bilirubinning qondagi miqdori 1% dan oshmaydi va albumin miqdori 100 ml plazmada 3 g dan kam bo‘lsa erkin bilirubinning miqdori ko‘payib ketadi. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling