Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
Gemoproteinlar
Gemoproteinlar guruhiga gemoglobin va uning unumlari, mioglobin, xlorofill saqlovchi oqsillar va fermentlar (sitoxrom sistemasi, katalaza va peroksidaza) kiradi. Ularni hammasi oqsil bo‘lmagan komponent sifatida struktura jihatidan o‘xshash bo‘lgan temir – (yoki magniy) porfirinlarni saqlaydi, lekin tarkibi va strukturasi bo‘yicha turli oqsillarni saqlaydi. Shuning natijasida, ular turli biologik funksiyalarni bajaradilar. Odam va hayvon faoliyati uchun eng muhim bo‘lgan gemoglobinning kimyoviy tuzilishini batafsil ko‘rib chiqamiz. Gemoglobin oqsil komponenti sifatida globin, oqsil bo‘lmagan – gem saqlaydi. Gemoglobinning turga bog‘liq spetsifikligi globinga bog‘liq, ayni vaqtda barcha turlardagi gemoglobinda gem bir xil. Ko‘pchilik gem saqlovchi oqsillar prostetik guruhining asosini porfirin halqasi tashkil etadi, u o‘z navbatida tetrapirrol birikma – porfirinning unumi hisoblanadi. Porfirin 4 ta pirrollarning metin ko‘prikchalari (-CH=) bilan birikishidan hosil bo‘ladi. Protoporfirin-lX Gem Almashinmagan porfirin porfin deb ataladi. Gem molekulasida porfin protoporfirin IX shaklida bo‘ladi, to‘rtta metil guruhi (-CH 3 ), ikkita vinil guruhi (-CH=CH 2 ) va ikkita propion kislota qoldig‘ini saqlaydi. Protoporfirin temir biriktirib gemga aylanadi. Formuladan ko‘rinib turibdiki, temir protoporfirin molekulasidagi 2 ta azot atomi bilan kovalent bog‘langan, ikki boshqa azot atomlari bilan koordinatsion bog‘ yordamida bog‘langan, ular punktir chiziqlar bilan belgilangan. Yon zanjirda joylashgan guruhlarning kimyoviy tabiatiga ko‘ra porfirinlar etio-, mezo-, ko‘pro-, protoporfirinlarga 48 tasniflanadi. Mumkin bo‘lgan protoporfirinlarning 15 izomeridan 3 ta turli o‘rnini bosuvchilar bo‘lganligi sababli eng keng tarqalgan bo‘lib protoporfirin IX hisoblanadi. Gem – porfirin sifatida nafaqat gemoglobin va uning unumlarining, balki mioglobin, katalaza, peroksidaza va sitoxrom b, c, c 1 larning prostetik guruhidir; ayni vaqtda sitoxromoksidaza deb atalgan a va a 3 sitoxromlarda gem a saqlanadi va formilporfirin deb ataladi: Gem a metil guruhi o‘rniga formil qoldig‘ini (8-holatda) va bitta vinil guruhi (2-holatda) o‘rniga izoprenoid zanjirini saqlaydi. Temir o‘zining to‘rt bog‘i bilan porfirin bilan kompleks hosil qiladi. Qolgan temirning 5- va 6-koordinatsion bog‘lari gemoglobin va sitoxrom molekulalarida oqsil qismi bilan turlicha bog‘lanadi. Xususan, gemoglobinda (mioglobinda ham) 5-koordinatsion bog‘ bo‘lganligi sababli temir oqsil molekulasidagi gistidin imidazol guruhining azot atomi bilan bog‘lanadi. Temirning oltinchi koordinatsion bog‘i kislorodni (oksigemoglobin va oksimioglobin hosil qilib) yoki boshqa ligandlarni: CO, sianid va hokazolarni bog‘laydi. 49 Sitoxromlarda, aksincha, temirning 5- va 6-koordinatsion bog‘lari oqsil molekulasidagi gistidin va metioning qoldiqlari bilan bog‘langan (sitoxrom c da ikkala vinil guruhi sistein qoldiqlariga ham bog‘langan). Shu bilan, ehtimol, gemoglobin molekulasida temir kislorodga bog‘langanda uning valentligi o‘zgarmasligini (sitoxromlardagi temir valentligidan farqli ravishda) tushuntirish mumkin: kislorodni biriktirish yoki berishdan qat’i nazar gemoglobinda temir ikki valentli bo‘lib qoladi. Gemoglobin noyob vazifani bajaradi: o‘pkadan to‘qimalarga kislorodni va to‘qimalardan o‘pkaga uglerod ikki oksidini transport qiladi. Bu hayotning elementar ko‘rinishi – nafas olish oddiy bo‘lib ko‘rinadi, ko‘p turdagi atomlarning gemoglobin gigant molekulasida o‘zaro bog‘lanishiga asoslangan. Hisoblanishicha, bitta eritrotsitda 340000000 molekula gemoglobin bo‘ladi, ularning har birida taxminan 10 3 atom C, H, O, N, S va 4 atom temir saqlanadi. Temir atomi gem-pigmentining markazida joylashgan, qonga xarakterli qizil rang beradi. 4 molekula gemning har biri bitta polipeptid zanjir bilan «o‘ralgan». Katta odam gemoglobini molekulasida HbA (ingl. Adult – katta) to‘rtta polipeptid zanjir bo‘lib, ular birgalikda molekulaning oqsil qismi – globinni tashkil etadi. Ulardan 2 tasi α− zanjirlar deb atalib, bir xil birlamchi strukturaga ega, 141 ta aminokislota qoldig‘i saqlaydi. Ikkita boshqasi β-zanjirlardan iborat bo‘lib, bir xil tuzilgan va 146 aminokislota qoldiqlarini saqlaydi (9-rasm). Shunday qilib, gemoglobin oqsil qismi molekulasi 574 aminokislotadan iborat. Ko‘p holatlarda α- va β- zanjirlar turli aminokislota ketma-ketligini saqlaydi, lekin deyarli bir xil fazoviy strukturaga ega. 20 turdan ortiq gemoglobin strukturasini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, 9 aminokislota ketma-ketligi ularda bir xil bo‘lib, gemoglobinlar funksiyasini belgilaydi; ulardan ba’zilari gem yaqinida, kislorod bilan bog‘lanish qismi tarkibida, boshqalari esa globulaning ichki nopolyar strukturasi tarkibida bo‘ladi. Asosiy gemoglobinga HbA1 ga qo‘shimcha katta odamlar qonida elektroforezda kam harakat tezligiga ega bo‘lgan HbA2 ning mavjudligi isbotlangan, u 4 subbirlikdan: 2 ta α-zanjir va 2 ta δ-zanjirlardan iborat. HbA2 barcha gemoglobinning 2,5% ini tashkil etadi. Bundan tashqari, HbF deb ataladigan fetal gemoglobin (chaqaloqlar gemoglobini) 50 ma’lum, u 2 ta α-zanjir va 2 ta γ- zanjirlardan tuzilgan. Fetal gemog- lobin HbA1dan nafaqat aminokislota tarkibi, balki fizik-kimyoviy xususiyatlari: spektral ko‘rsatkichi, elektroforetik harakatchanligi, ishqoriy denaturatsiyaga chidamligi va boshqalar bilan farqlanadi. Chaqaloqlar qonida 80%gacha HbF bo‘ladi, lekin bola 1 yoshga kirganida u HbAga to‘liq almashinadi (katta odamlar qonida 1,5%gacha HbF bo‘lishi mumkin). Gemoglobin γ- va δ-zanjirlaridagi aminokislotalar ketma-ketliklari to‘liq ochilmagan Gemoglobin molekulasi subbir- liklari birlamchi strukturasini aniqlash anomal gemoglobinlar tuzilishini aniqlash bo‘yicha ishlarni tezlashtirdi. Odam qonida umuman olganda mutant gemoglobinlarning 150 ga yaqin turlari ochilgan. Qonda gemoglobinning mutant shakllari genlarning mutatsiyasi natijasida paydo bo‘ladi. O‘zgargan molekula qismining topografiyasiga qarab mutatsiya 3 sinfga bo‘linadi. Agarda gemoglobin molekulasining yuzasida aminokislotalar o‘zgarishi yuz bersa, bu birinchi sinf mutatsiya; bunday mutatsiyalar odatda og‘ir patologiyaning rivojlanishi bilan kechmaydi va kasallik belgisiz kechadi; o‘roqsimon-hujayra anemiyasi istisno hisoblanadi. Gem yaqinidagi aminokislotalar almashinganda kislorodni bog‘lash buziladi – bu ikkinchi sinf mutatsiya bo‘lib, kasallik rivojlanishi bilan boradi. Agarda almashinish gemoglobin molekulasining ichki qismida bo‘lsa, bunga uchinchi sinf mutatsiya deyiladi; bunday mutatsiyalar fazoviy struktura va bundan kelib chiqqan holda gemoglobin funksiyasining buzilishiga olib keladi. Shakli, kimyoviy tarkibi, zaryadining kattaligi bilan farqlanadigan anomal gemoglobinlar elektroforez va xromatografiya yordamida ajratilgan. Nasldan-naslga o‘tadigan o‘zgarishlar ko‘pincha bitta tripletning mutatsiyasi natijasi hisoblanadi, uning natijasida gemoglobin molekulasi polipeptid zanjirida qandaydir bir aminokislota boshqasiga almashinadi. Ko‘pchilik hollarda kislota tabiatiga ega bo‘lgan aminokislota neytral yoki ishqoriy aminokislotaga almashinadi 9-rasm. Oqsil strukturasi 51 (7-jadval). Bu o‘rin almashishlar α- yoki β-zanjirlarning ikkala polipeptid zanjirlarida sodir bo‘lganligi sababli hosil bo‘lgan anomal gemoglobin me’yordagi gemoglobindan zaryadi va elektroforetik harakatlanish tezligi bilan farqlanadi. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling