Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nukleoproteinlar
Flavoproteinlar
Flavoproteinlar oqsillar bilan mustahkam bog‘langan prostetik guruhni saqlaydi. Prostetik guruh izoalloksazin unumlari – flavinmononukleotid (FMN) va flavinadeninukleotid (FAD) dan iboratdir. Flavoproteinlar hujayradagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini katalizlovchi fermentlar – oksidoreduktazalar sinfiga kiradi. Ba’zi flavoproteinlar metall ionlarini saqlaydilar. Gem bo‘lmagan temir saqlovchi flavoproteinlarning tipik vakili bo‘lib ksantioksidaza, aldegidoksidaza, SDG, degidroorotatdegidrogenaza, atsil-KoAdegidrogenaza va elektronlarni transport qiluvchi flavoprotein 55 kiradi. Oxirgi 2 ferment mitoxondrial flavoproteinlarning taxminan 80% ini tashkil etadi. Temir oqsil molekulasidagi sisteinning oltingugurti bilan kovalent bog‘langan. Bunday oqsil kislotali gidroliz qilinganda temir va H 2 S ajraladi. Sitoxromlardan struktur jihatdan farq qilishiga qaramay, gemsiz flavoproteinlar elektron tashishda bir xil vazifani bajaradilar. Nukleoproteinlar Nukleoproteinlar oqsil va nuklein kislotalardan tarkib topgan. Nuklein kislotalar prostetik guruh sifatida ko‘riladi. Tabiatda bir-biridan farq qiladigan 2 xil nukleoproteinlar topilgan dezoksiribonuk- leoproteinlar (DNP) va ribonukleoproteinlar (RNP) (11-rasm). Nukleoproteinlar nomi nuklein kislotalar tarkibiga kiruvchi uglevod qismining (pentozalar) tabiatiga bog‘liq. RNPda uglevod qismini riboza, DNPda esa dezoksiriboza tashkil etadi. «Nukleoproteinlar» termini hujayra yadrosining nomi bilan bog‘liq, lekin DNP va RNP hujayraning boshqa organel- lalarida ham bo‘ladi. DNP asosan yadroda, RNP esa – sitoplazmada bo‘lishi isbot- langan. Ayni vaqtda DNP mitoxondriyada, yadro va yadrochada esa yuqori molekulali RNP topilgan. Tekshiruvchilarning diqqat e’tibori oqsil va nuklein kislotalar kompleksiga kiruvchi makromolekulalarning struktura va funksiyasiga qaratilgan. Chunki hayot ko‘rinishining turli-tumanligi hujayralarda sintezlangan oqsilning tabiati birinchi navbatda DNPga bog‘liq, aniqrog‘i DNKga, tirik organizmning xususiyatlari esa sintezlangan oqsilning xususiyatlari bilan belgilanadi. DNK irsiy axborotni saqlaydi. Buning isboti sifatida bakteriyalarda kuzatiladigan va shuningdek, odam hujayrasi kulturasidagi transformatsiyani keltirish mumkin. Bu holatning asosida bir turdagi hujayralar genetik turining boshqasiga o‘tishi DNK tabiatining o‘zgarishi bilan borishi yotadi. Xromosoma bir necha santimetr uzunlikga ega Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling