Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Immunoglobulinlar.
Interferonlar. Interferonlar ko‘pchilik turdagi viruslar
ko‘payishining ingibitorlaridir. Kashf qilingan bir necha tur interferonlar ( α, β, γ) mavjud. Ularning ba’zilari gen injeneriyasi usulida olingan. Ular murakkab bo‘lmagan oqsillar bo‘lib, turli hayvon va odamda molekulyar og‘irligi 25000 dan 38000-40000 gacha bo‘ladi. Ular hujayrada virus nuklein kislotasining kiritilishiga javoban hosil bo‘lib, virus agressiyasini (infeksiya) chegaralaydi. Turga xos α−interferonlar guruhi makrofaglarda sintezlanadi, γ-interferonlar esa T-hujayralarda 61 hosil bo‘lib, interleykin-2 bilan stimullanadi. γ-interferon o‘z navbatida makrofag, T-hujayra va tabiiy killer – hujayralarning sitotoksik faolligini oshiradilar. Interferonlar antiproliferativ faollikga ega va ular nafaqat virus infeksiyasi uchun, balki saratonga chalinganda ham asosiy himoya oqsili hisoblanadilar. Lekin hozirgi vaqtgacha interferonlar viruslarining ko‘payishini tormozlaydigan molekulyar mexanizmlar aniqlanilmaganligini ko‘rsatib o‘tish kerak. Interferonlarning barcha oqsillar (ham xo‘jayin, ham virus) sintezini translyatsiya bosqichida ingibirlashi ma’lum. Ehtimol interferonlar maxsus ingibitor-oqsil sintezini ingibirlaydi, u so‘ngra ribosomalar bilan bog‘lanib, translyatsiya jarayonini to‘xtatadi, yoki interferon faol eukariotik oqsil initsiatsiya omillaridan birini fosforillash yo‘li bilan faol bo‘lmagan omilga aylantiradi. Immunoglobulinlar. Immunoglobulinlar, yoki qarshi tanachalar, glikoproteinlar sinfiga kirib himoya vazifasini bajaradi, organizmga tushayotgan yot moddalar – turli kimyoviy tabiatga ega bo‘lgan antigenlarni zararsizlantiradi. Immunoglobulinlar limfotsitlardan hosil bo‘lgan plazmatik hujayralarda sintezlanadi. Immunitet haqidagi ta’limot mustaqil immunologiya fani sifatida shakllandi, antitelolar va xususan immunoglobulinlar strukturasi va funksiyasini o‘rganadi. Immunoglobulinlarning 5 sinfi: IgG, IgM, IgA, IgD va IgE tafovut etiladi (9-jadval). IgGning strukturasi va funksiyasi to‘liq o‘rganilgan. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling