Biokimyo pmd
NUKLÅIN KISLOTALARNI DURAGAYLASH
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- DNKni DNK bilan duragaylash
NUKLÅIN KISLOTALARNI DURAGAYLASH
Nuklein kislotalar denaturatsiyasi Nuklein kislotalarning ikkilamchi strukturasi azot asoslari o‘rtasida vodorod bog‘lari bilan gidrofob bog‘lar yuzaga kelishi, ya’ni kuchsiz o‘zaro ta’sirlar hisobiga hosil bo‘ladi. Shu munosabat bilan xuddi oqsillarga o‘xshab o‘rtacha darajadagi ta’sirlar natijasida nuklein kislotalar denaturatsiyaga uchrashi mumkin. Nuklein kislotalar 70-100 o Cgacha qizdirilganda, shuningdek, kuchli kislotali yoki ishqorli muhitlarda, mochevina qo‘shilganida denaturatsiya yuz beradi. Vodorod bog‘lari bilan gidrofob bog‘lar uzilishi natijasida zanjirlar bir-biridan qochib, tartibsiz koptokcha shakliga kirib qoladi (19-rasm). Qizdirish yo‘li bilan denaturatsiyaga uchratilgan nuklein kislota eritmasi sovutilsa, u holda bo‘sh bog‘lar yana paydo bo‘ladi va muayyan sharoitlarda dastlabki (denaturatsiyadan oldingi) preparat strukturalarga o‘xshab ketadigan qo‘sh spiralli spirallar hosil bo‘ladi, ya’ni renativatsiya hodisasi yuzaga chiqadi. Molekulalarni duragaylash usuli denaturatsiya va renativatsiya hodisalalariga asoslangan nuklein kislotalarning tuzilishini o‘rganish, shuningdek, ularni fraksiyalarga, ya’ni tarkibiy qismlarga ajratish uchun qo‘llaniladi. DNKni DNK bilan duragaylash Turli turdagi organizmlardan (masalan: baqa va quyondan) ajratib olingan DNK eritmalari bir-biriga aralashtirib, shu aralashma qizdirilsa (ya’ni DNKlari denaturatsiyaga uchratilsa) va keyin, sovutilsa u holda yana qo‘sh spiralli strukturalar komplementarlik asosida paydo bo‘ladi. Bunda dastlabki DNK molekulalariga o‘xshash qo‘sh spiralli 77 molekulalar bilan birga bitta nukleotid zanjiri baqa DNKlaridan, ikkinchi zanjiri esa quyon DNKlaridan iborat bo‘lgan duragay molekulalar yuzaga kelishi mumkin. Bu xildagi duragay molekulalar mukammal bo‘lmaydi. Ularda spiral holiga kelgan qismlar spirallashmagan qismlar bilan navbatlashib boradi. Shundan ko‘rinib turibdiki, spirallashmagan qismlarda polinukleotid zanjirlar bir-biriga komplementar bo‘lmaydi. DNK bilan DNK duragaylari (DNK–DNK duragaylari)ning mukammal emasligini elektron mikrosko‘p yordamida bilib olsa bo‘ladi. DNK – DNK duragaylashni o‘rganish biologiya uchun muhim bo‘lgan quyidagi xulosalarni chiqarishga imkon beradi: 1. Bitta organizmning barcha a’zo va to‘qimalaridagi DNKlar bir- biriga o‘xshashdir. 2. Bitta biologik turga mansub turli individlarning to‘qimalaridan ajratib olingan DNKlar bir-biriga o‘xshash bo‘ladi. Biroq kichik tafovutlar bo‘lishi mumkinki, bularni duragaylash usuli bilan topib 19-rasm. DNK qayta denaturatsiya va renativatsiya bosqichilari 78 olsa bo‘ladi (komplementarmas qismlarda 3-5 tadan ortiq nukleotid qoldiqlari bo‘lganida qo‘sh spirallar yuzaga kelmaydi). 3. Har xil biologik turlarga mansub individlardan olingan DNKlar bir-biriga o‘xshash bo‘lmaydi, mukammal bo‘lmagan duragay molekulalar hosil qiladi. Turlar o‘rtasidagi filogenetik qon-qardoshlik nechog‘lik uzoq bo‘lsa, DNK-DNK duragaylarning mukammal bo‘lmaslik darajasi shu qadar yuqori bo‘ladi. Shu munosabat bilan DNK–DNK duragaylash usulini organizmlar sistematikasini aniqlash uchun qo‘llanishi mumkin bo‘lib chiqadi. DNKni duragaylash usuli bilan o‘rganish DNKning birlamchi strukturasi turga xos spetsifik bo‘lishi bilan xarakterlanishini ko‘rsatib beradi. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling