Biokimyo pmd
-Jadval Odam immunoglobulinlarining xususiyatlari
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
9-Jadval
Odam immunoglobulinlarining xususiyatlari Xususiyati IgG IgM IgA IgD IgE Sedimentatsiya 6,5-7 19 7 8 8,2 koeffitsiyenti, S Molekulyar og‘irligi 150000 950000 180000 175000 200000 Uglevod tarkibi, % 2-3 10-12 8-10 12,7 10-12 Qondagi 1300 140 210 3 0,1 konsentratsiyasi, mg% Yarim yashash davri, 8-21 5,1 5,8 2,8 2-3 kunlar 62 Turli sinf immunoglobulinlar nafaqat molekulyar og‘irligi, balki qondagi konsentratsiyasi bilan ham farqlanadilar; biologik xususiyatlarida ham farqlanishi mavjudligi haqida ma’lumotlar bor. IgGning strukturasi batafsil o‘rganilgan. U Y-shakliga va tetramer qurilishga ega; ikkita bir xil yengil L – zanjir (ingl.-light) va 2 ta bir xil og‘ir H-zanjirlardan (ingl.– heavy) tuzilgan bo‘lib, bu zanjirlarning molekulyar og‘irligi 23000-24000 va 50000-70000 ga tengdir. Ma’lumki, bu zanjirlarning har biri 2 turdagi domenlardan iborat: o‘zgaruvchan (V) qism 108 aminogkislota qoldig‘idan iborat va konstant (C) qism, 110 va 350 aminokislota qoldiqlarini L- va H- zanjirlarda saqlaydi (12-rasm). 12-rasm. Odam IgG strukturasi. Engil (L) va (H) zanjrlar, disulfid bo‘lar va variabel (V), konstant (C) qismlar ko‘rsatilgan. Muhim biologik funksiyalarni bajaruvchi boshqa glikoproteinlardan qondagi oqsillarni (albumindan tashqari): transferrin, seruloplazmin, gonadotrop va follikulostimullovchi gormonlar, ba’zi fermentlar, tog‘ay va suyak to‘qimasidagi va tuxum oqsilini (ovomukoid) ko‘rsatish mumkin. Uglevod qismi informativ funksiyadan tashqari molekula stabilligini turli kimyoviy, fizik ta’sirlarga nisbatan oshiradi, ularni proteinazalar ta’siridan himoya qiladi, natijada glikoproteinlarning biologik rolini belgilaydi. Hujayra membranasining tarkibiy qismi bo‘lib, glikoproteinlar bundan tashqari immunologik reaksiyalar, ion almashinish, hujayralararo adgeziya va boshqa jarayonlarda qatnashadilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling