Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lipoproteinlar
11-rasm. Protein strukturasi
56 bo‘lgan bitta DNK molekulasini saqlaydi. DNP xromosomalarning tarkibiy qismi bo‘lgan mononukleosomalar tarkibiga kiradi. Shunday qilib, xromatin tarkibiga DNK molekulasi, giston oqsillarning 5 sinfi va giston bo‘lmagan oqsillar kiradi. Hayvonlar hujayrasi yadrosida DNKning miqdori 6 pg (10 -12 g)gacha bo‘ladi. E coli da DNK miqdori 0,01pgga teng. 5 sinf giston oqsillari o‘lchami, aminokislota tarkibi va zaryadining (doimo musbat) kattaligi bilan farqlanib, quyidagicha belgilanadi: H 1 – lizinga boy, H 2A - arginin va lizinga boy, H 2B – arginin va lizinga qisman boy, H 3 – argininga boy, H 4 – glitsin va argininga boy. Giston bo‘lmagan oqsillarning tabiati yetarli darajada aniqlanmagan. Giston bo‘lmagan oqsillar hozirgi vaqtda jadal o‘rganilyapti. Ular tarkibiga murakkab oqsillar, fermentlar, shuningdek boshqaruvchi oqsillar kiradi. Boshqaruvchi oqsillar o‘z xususiyatlari bo‘yicha gistonlardan farqlanib, nordon oqsillar sifatida bo‘ladi. Turli nukleoproteinlarda nuklein kislotaning miqdori 40 dan 65%gacha (masalan, pro- va eukariot ribosomalarida) bo‘ladi. Virus nukleoproteinlarida nuklein kislota miqdori umumiy massaning 2-5%ni tashkil etadi. Hozirgi vaqtda yadro xromatini (DNP), ribosomalar va virus nukleoproteidlari molekula usti kompleksi yoki strukturalar sifatida ko‘rilmoqda. Lipoproteinlar Oxirgi yillarda lipoproteinlar (LP) kimyoviy tabiati va strukturasini o‘rganish bo‘yicha ma’lum natijalarga ega bo‘lingan. Bu sinf murakkab oqsillar, oqsil va lipiddan tashkil topgan prostetik guruhdan iborat. Xususan, lipoproteinlar tarkibida neytral yog‘lar, erkin yog‘ kislotalari, fosfolipidlar va xolesterin topilgan. Lipoproteinlar tabiatda keng tarqalgan: o‘simliklarda, hayvon to‘qimalarida va mikroorganizmlarda, ular turli biologik funksiyalarni bajaradilar. Ular hujayra membranasi, hujayra ichidagi yadro, mitoxondriya, mikrosoma biomembranalarida, shuningdek, erkin holatda uchraydilar (asosan qon zardobida). Bulardan tashqari lipoproteinlarga o‘pka to‘qimasining tromboplastik oqsili, tovuq tuxumi sarig‘idagi lipovitellin, sutning ba’zi fosfolipidlari va boshqalar kiradi. Lipoproteinlar miyelin qobiqlar, nerv to‘qimasi, xloroplastlar, fotoretseptor va elektron-transport sistemalar, ko‘z to‘r pardasi tayoqcha va kolbochkasi va hokazolarning hosil bo‘lishida qatnashadi. 57 Ko‘pchilik LP jigarda yoki ichak shilliq qabatida sintezlanadi. Ular polyar lipidlar va apooqsillar deb nomlangan oqsil bilan o‘ralgan gidrofob lipid yadrodan iborat. 8 tur apooqsillar tafovut etiladi: apo – AI, AII, B, CI, CII, CIII, D va E. Odatda, LP 5%gacha uglevodlar saqlaydi (glyukoza, galaktoza, geksozamin, fukoza, sial kislota), shuning uchun, ularning ba’zilari glikoproteinlardir. Qon zardobi lipoproteinlari elektroforetik harakatchanligi va ultratsentrifugalashdagi zichligi bo‘yicha alohida sinflarga bo‘linadilar. Zichligi past (ZPLP), zichligi juda past (ZJPLP), zichligi yuqori (ZYLP), zichligi juda yuqori (ZJYULP) va oraliq zichlikka ega (OZLP) lipoproteinlar tafovut etiladi. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling