Biokimyo pmd
Oqsil komponentining lipidlar bilan bog‘lanish mexanizmi
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fosfoproteinlar
- Glikoproteinlar
Oqsil komponentining lipidlar bilan bog‘lanish mexanizmi.
Lipoproteinlar hosil bo‘lishida turli tabiatga ega nokovalent kuchlar qatnashadilar, ular lipid qismida ionlashgan atom guruhlarining bor yoki yo‘qligi bilan belgilanadi. Agar lipoprotein hosil bo‘lishida fosfolipidlar qatnashsa, unda o‘sha oqsil molekulasi o‘rtasida ion bog‘i hosil bo‘ladi. Lipid qismining nopolyar guruhlari (masalan, yog‘ kislota radikallari) va oqsil molekulasi o‘rtasida gidrofob bog‘lanishlar mavjudligi isbotlangan. Turli nokovalent bog‘lari bo‘ladi, ular biomembranalar qo‘sh oqsil-lipid strukturasining oliy darajada hosil bo‘lishini ta’minlaydi. Fosfoproteinlar Bu sinf oqsillarga sut kazeinogeni, tovuq tuxumi sarig‘idan ajratilgan ovitellin, vitellinin; baliq tuxumida saqlanuvchi ixtullin va boshqalar kiradi. Ularda fosfat kislota 1%gacha saqlanadi. Ko‘p miqdordagi fosfoproteinlar MNS hujayralarida saqlanadi. Fosfoproteinlar strukturasi uchun xarakterli bo‘lib, fosfat kislotaning oqsil molekulasi bilan β− oksiaminokislotalar (serin, treonin) orqali murakkab efir bog‘ orqali bog‘lanishi hisoblanadi. Bir molekula oqsilga asosan 2-4 fosfat kislota qoldig‘i to‘g‘ri keladi. 58 Hujayralarda fosfoproteinlar posttranslyatsion modifikatsiya natijasida, proteinkinazalar ishtirokida, fosforillanishga uchrash orqali hosil bo‘ladi. Hujayradagi fosfoproteinlarning miqdori fosforillanish va defosforillanishni boshqaruvchi fermentning ta’siriga bog‘liq bo‘ladi. Fosfoproteinlar organik bog‘langan, labil, hujayraning qator biologik funksiyalarini bajarish uchun zarur fosfatni saqlaydi. Bundan tashqari, ular embrion rivojlanishi va organizmning postnatal o‘sishi va rivojlanishi uchun qiymatli energiya va plastik material bo‘lib hisoblanadi. Glikoproteinlar Glikoproteinlar murakkab oqsillar bo‘lib, oddiy oqsil yoki peptiddan tashqari geteropolisaxarid guruhini saqlaydi. Hozirgi vaqtda ularni glikokonyugatlar deb nomlash qabul qilingan. Glikokonyugat tarkibiga uglevod bo‘lmagan qism (aglikan fraksiya) oqsil, peptid, aminokislota yoki lipid bilan kovalent bog‘langan uglevod komponenti (glikan fraksiya) kiradi. Uglevodlar haqidagi fan – glikobiologiyaga, hozirgi vaqtda qiziqish ortmoqda, chunki saraton, odam immuntanqisligi, revmatoid artrit, astma va boshqa kasalliklarning rivojlanishida glyukokonyugatlar strukturasining o‘zgarishi alohida rol o‘ynaydi. Ikki muhim sinf glikokonyugatlar (glikoprotein va gangliozid) glikozillanish reaksiyasining buzilishi bu moddalarning to‘planishi yoki glikokonyugatlar uglevod zanjiri sintezining «qisqarishi»ga olib keladi. Bundan tashqari ba’zi viruslar va nishon – uglevod qism hujayralarning o‘zaro bog‘liqligida asosiy rolni o‘ynaydi. Xususan, odamda orttirilgan immuntanqislik virusi gp 120 glikoproteini (ko‘p foiz uglevod saqlaydi) CD 4 T-limfotsit glikoproteiniga yuqori bog‘liqlikga ega. Bunday bog‘lanish, tanib olishda yuqori spetsifik bo‘lib, muhim patogenetik vazifani glikozillangan fragmentlar bajaradi. Yana ma’lumki, revmatoid artritlarda ko‘pincha anomal qarshi tanachalar (anomal immunoglobulinlar – ular glikoproteinlar) sintezlanadi, ular qisqa uglevod zanjiriga ega bo‘lib, organizmning o‘ziga qarshi immun tizimini stimullanishini chaqiradi. Bu misollardan ko‘rinib turibdiki, glikobiologiyadan tashqari hozirgi vaqtda, gliko‘patologiya va glikoterapiyani tan olish vaqti keldi. Glikoproteinlardan tashqari, shuningdek, proteoglikanlar ham tafovut etiladi, ular oqsil va glikozaminoglikanlardan (avval muko‘polisaxaridlar deb nomlangan) tarkib topgan; ular murakkab 59 uglevod zanjirlaridan tuzilgan: aminouglevodlar, uron kislota, sulfat kislota va alohida monosaxaridlar. Tipik glikozaminoglikanlar bo‘lib, gialuron kislota, xondroitinsulfat kislota va geparin hisoblanadi. Glikoproteinlarga ko‘pchilik oqsil gormonlar, membranadagi murakkab oqsillar, barcha qarshi tanachalar (immunoglobulinlar), qon plazmasi, sut oqsillari, ovalbumin, interferonlar, komplement, qon guruhi omillari, retseptor oqsillari va boshqalar kiradi. Keltirilgan glikoproteinlar ro‘yxatidan ko‘rinib turibdiki, ular turli spetsifik funksiyalarni bajaradilar: hujayra adgeziyasi, molekula va hujayralarni tanishni, saraton hujayralarning antigen faolligini ta’minlaydi, himoya va gormonal, shuningdek, antivirus ta’sir ko‘rsatadi. Glikoproteinlar kimyoviy tarkibi aniqlangan, ba’zi birlarining strukturasi o‘rganilgan. Polipeptidga geterooligosaxarid zanjirlar ulangan, ularda 2 dan 10 tagacha, ba’zida 15 ta monomer geksoza qoldiqlari (galaktoza va mannoza, ba’zida glyukoza), pentoza (ksiloza, arabinoza) va oxirgi uglevod ko‘pincha N-atsetilgalaktozamin, L-fukoza yoki sial kislota saqlanadi; proteoglikanlardan farqli ravishda glikoproteinlar uron va sulfat kislotani saqlaydi. Uglevod qismi va oqsillar o‘rtasidagi bog‘lar turi faqat ba’zi glikoproteinlarda aniqlangan, ularning aminokislota tarkibi va strukturasi ma’lumdir (immunoglobulinlar, gormonlar); ular O-glikozid bog‘lar (serin, treonin va oqsilizin OH-guruhlari bilan), N-glikozid bog‘lar (asparagin amid guruhi, ba’zi hollarda glutamin yoki lizin va arginin w-NH 2 -guruhlari bilan) va glutamin, asparagin kislotalar erkin COOH- guruhlari bilan efir glikozid bog‘larni o‘z ichiga oladi. 60 Endoplazmatik to‘r ribosomalarida glikoproteinlar sintezi amalga oshadi, so‘ngra uglevod zanjirlari qo‘shilib (posttranslyatsion glikozillanish), oqsil hujayra membranalariga transport qilinadi va membrana oqsillari tarkibiga kiritiladi yoki sekretsiyalanadi. Uglevod qismi oqsil molekulasidagi asparagin bilan kovalent bog‘lanadi. Lekin oligosaxarid qism avval lipid tashuvchi – dolixolfosfat (15 dan 20 gacha izopren qoldiqlari saqlovchi lipid) bilan birikadi va endoplazmatik to‘rdagi polipeptid zanjirga o‘tkaziladi, bunda o‘tkazuvchi ajralib chiqadi: OH CH 3 CH 3 | | | O=P - CH 2 - CH 2 – CH - [ CH 2 – CH = C - CH 2 ] n - CH 2 – CH = C - CH 3 | | OH CH 3 Dolixolfosfat (n=15-30) Sintezlangan glikoproteinlar Golji apparatiga o‘tkazilib, glikozillanadi va maqsadga muvofiq saralanadi. Glikoproteinlar molekulasidagi bir necha geterooligosaxarid qoldiqlaridan birining strukturasi, xususan immunoglobulinlar quyidagi sxema ko‘rinishida ifodalanishi mumkin: glyu – glyukoza, NatsGlyuA - N-atsetilglyukozamin; Gal – galaktoza; Man – mannoza; NAts Neyr – N-atsetilneyramin kislota): Bugungi kunda sintezi, tuzilishi va xususiyatlari ma’lum bo‘lgan glikoproteinlarni ko‘rib chiqamiz. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling