Biokimyo pmd


Download 4.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/272
Sana25.09.2023
Hajmi4.12 Mb.
#1687494
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   272
Bog'liq
Sobirova R.A biokimyo

Interferonlar. Interferonlar ko‘pchilik turdagi viruslar
ko‘payishining ingibitorlaridir. Kashf qilingan bir necha tur interferonlar
(
α, β, γ) mavjud. Ularning ba’zilari gen injeneriyasi usulida olingan.
Ular murakkab bo‘lmagan oqsillar bo‘lib, turli hayvon va odamda
molekulyar og‘irligi 25000 dan 38000-40000 gacha bo‘ladi. Ular
hujayrada virus nuklein kislotasining kiritilishiga javoban hosil bo‘lib,
virus agressiyasini (infeksiya) chegaralaydi. Turga xos 
α−interferonlar
guruhi makrofaglarda sintezlanadi, 
γ-interferonlar esa T-hujayralarda


61
hosil bo‘lib, interleykin-2 bilan stimullanadi. 
γ-interferon o‘z navbatida
makrofag, T-hujayra va tabiiy killer – hujayralarning sitotoksik faolligini
oshiradilar. Interferonlar antiproliferativ faollikga ega va ular nafaqat
virus infeksiyasi uchun, balki saratonga chalinganda ham asosiy himoya
oqsili hisoblanadilar.
Lekin hozirgi vaqtgacha interferonlar viruslarining ko‘payishini
tormozlaydigan molekulyar mexanizmlar aniqlanilmaganligini ko‘rsatib
o‘tish kerak. Interferonlarning barcha oqsillar (ham xo‘jayin, ham virus)
sintezini translyatsiya bosqichida ingibirlashi ma’lum. Ehtimol
interferonlar maxsus ingibitor-oqsil sintezini ingibirlaydi, u so‘ngra
ribosomalar bilan bog‘lanib, translyatsiya jarayonini to‘xtatadi, yoki
interferon faol eukariotik oqsil initsiatsiya omillaridan birini fosforillash
yo‘li bilan faol bo‘lmagan omilga aylantiradi.
Immunoglobulinlar. Immunoglobulinlar, yoki qarshi tanachalar,
glikoproteinlar sinfiga kirib himoya vazifasini bajaradi, organizmga
tushayotgan yot moddalar – turli kimyoviy tabiatga ega bo‘lgan
antigenlarni zararsizlantiradi. Immunoglobulinlar limfotsitlardan hosil
bo‘lgan plazmatik hujayralarda sintezlanadi. Immunitet haqidagi
ta’limot mustaqil immunologiya fani sifatida shakllandi, antitelolar va
xususan immunoglobulinlar strukturasi va funksiyasini o‘rganadi.
Immunoglobulinlarning 5 sinfi: IgG, IgM, IgA, IgD va IgE tafovut
etiladi (9-jadval). IgGning strukturasi va funksiyasi to‘liq o‘rganilgan.

Download 4.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling