Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Transferrin
Metalloproteinlar
Metalloproteinlarga oqsildan tashqari qandaydir, bir yoki bir nechta metall ionlari saqlovchi biopolimerlar kiradi. Bunday oqsillarga gem bo‘lmagan temir saqlovchi oqsillar, shuningdek, murakkab oqsil- fermentlar tarkibida metall atomlari bilan koordinatsion bog‘langan oqsillar kiradi. Birinchi guruh oqsillarning tipik vakili bo‘lib, ferritin, transferrin va gemosiderin hisoblanadi. Ferritin – yuqori molekulali suvda eruvchi oqsil bo‘lib, molekulyar og‘irligi 400000, unda temir 17 dan 23% gacha bo‘ladi (o‘rtacha 20%). U asosan, qora taloq, jigar, miya ko‘migida bo‘lib, organizmda temir deposi vazifasini bajaradi. Ferritinda oqsil oksidlangan holatda noorganik temir saqlovchi birikma tarkibida (FeO·OH) 8 ·(FeO·O·PO 3 H 2 ) bo‘ladi. Ba’zida fosfat saqlovchi noorganik polimer zanjirlar oqsil qismi peptid zanjirlari o‘rtasida joylashadi (apoferritin deb atalgan), temir atomlari esa peptid guruhlaridagi azot atomlari bilan koordinatsion bog‘lanadi. Transferrin – suvda eruvchi temirprotein (mol.og‘irligi 90000), glikoprotein, qon zardobidagi β−globulinlar tarkibida aniqlanadi. Undagi temirning miqdori 0,13%ni tashkil etadi. Temir atomi oqsil bilan tirozin gidroksil guruhlari ishtirokida koordinatsion bog‘yordamida bog‘lanadi. Transferrin molekulasi 2 atom temir saqlaydi; transferrin organizmda temirning fiziologik tashuvchisi hisoblanadi. Gemosiderin – ferritin va transferrindan farqli suvda erimaydigan oqsil kompleksi hisoblanib, 25% nukleotid va uglevodlardan tarkib topgan. U asosan jigar va qora taloq retikuloendoteliotsitlarida saqlanadi. Gemosiderinning biologik ahamiyati yetarli darajada o‘rganilmagan. Ikkinchi guruh metalloproteinlarga bir qator fermentlar kiradi: metallofermentlar – oqsil qismi metall ionlari bilan bog‘langan fermentlar (tozalanganda metall ferment bilan bog‘langan holda qoladi); metall ionlari bilan faollanuvchi fermentlar, ular metall ionlari bilan bo‘shroq bog‘langan, lekin o‘zining faolligi – reaksion muhitga ma’lum metall qo‘shilganda namoyon qiluvchi fermentlar kiradi. Kataliz davrida metallning ta’sir mexanizmi o‘xshaydi; metall ionlari uch tomonlama kompleks hosil qilishda qatnashadi: ferment faol markazi – metall – substrat (Å-M-S), yoki M-Å- S, yoki E- S-M. Ko‘p fermentlar aktiv markazida metallni bog‘lashda gistidin imidazol guruhi qatnashishi isbotlangan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling