Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
13-rasm. Dezoksiribonuklein(a) va ribonuklein kislotalarning birlamchi
strukturasi 69 DNKning ikkilamchi strukturasi 1953-yilda J. Uotson va F. Krik taklif etgan model, qator analitik ma’lumotlar va rentgen strukturali tekshiruvlar asosida DNK molekulasini 2 zanjirdan iborat ekanligi aniqlandi. Quyida shu modelning asosiy xususiyatlari ta’riflab o‘tilgan (14-rasm). 1.DNK molekulasi antiparallel ravishda yo‘nalgan va boshidan oxirigacha vodorod bog‘lari bilan bir-biriga bog‘langan ikkita polinukleotid zanjirlaridan tuzilgandir (mononukleotidlarning har biri vodorod bog‘lari hosil qilishda qatnashadi). 14-rasm. DNK bo‘lganing strukturasi 70 2.Zanjirlar orasidagi vodorod bog‘lari bir zanjir adenin qoldig‘ining ikkinchi zanjir timin qoldig‘i bilan (A…T jufti bilan) va bir zanjirning guanin qoldig‘i bilan ikkinchi zanjirning sitozin qoldig‘i (G::: S jufti) ning o‘ziga xos tarzda o‘zaro ta’sir qilishi hisobiga hosil bo‘ladi. Juftni hosil qiluvchi asoslar shu ma’noda bir-biriga komplementar bo‘ladiki, bularning o‘rtasida vodorod bog‘lari boshqa kombinatsiyalardagiga qaraganda (masalan, A va G, A va S va hokazoga qaraganda) osonroq vujudga keladi. Bu – asoslar juftlari orasida vodorod bog‘lari hosil bo‘lishida ishtirok etuvchi guruhlarning joylashish geometriyasi bilan umuman DNK molekulasi geometriyasiga bog‘liqdir (15-rasm). 3.DNK molekulasi bir zanjirining birlamchi strukturasi ikkinchi zanjir birlamchi strukturasiga komplementardir. Ushbu jarayon quyidagi sxemada berilgan: (5 1 →3 1 ) A – T – T – S – T – S – G – T – S – G – G : : : : : : : : : : : (3 1 →5 1 ) T – A – A – G – A – G – S – A – G – S – S 4.Ikkala zanjir umumiy o‘qqa ega bo‘lgan spiral holida o‘ralgan zanjirlarni yechib yozish yo‘li bilangina bir-biridan ajratish mumkin (bunday spirallar plektonemik spirallar deb ataladi). Purin va pirimidin asoslari spiral ichiga qaragan va ularning tekisliklari spiral o‘qiga tik va bir-biriga paralleldir. Shunga ko‘ra asoslar dasta bo‘lib turadi. Shu dastadagi asoslar o‘rtasida gidrofob o‘zaro ta’sirlar yuzaga chiqib, bular qo‘shaloq spiralning turg‘un holatda bo‘lishiga zanjirlar orasidagi vodorod bog‘lari asosiy hissani qo‘shadi. Riboza fosfat qismlari chetki tomonlari joylashib, spiralning kovalent o‘zagini hosil qiladi (16-rasm). 15-rasm. DNK qo‘sh spiralining sxematik ko‘rinishi. 71 DNK strukturasi organizmlarning o‘z-o‘zini bunyodga keltirish, o‘zgaruvchanlik singari asosiy biologik hodisalarning molekulyar mexanizmini tushuntirib berishga imkon ochadi. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling