Biokimyo pmd
Nuklein kislotalarning birlamchi strukturasi
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
Nuklein kislotalarning birlamchi strukturasi
DNK tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlarini tushunish uchun birinchi marotaba E. Chargaff (1949-y.) tomonidan aniqlangan va keyinchalik «Chargaff qoidalari», deb nomlangan azot asoslari miqdoriy saqlanishi haqidagi qonuniyatlar muhim ahamiyatga egadir. Turli manba’lardan ajratilib, tozalangan DNK tarkibi tekshirilganda quyidagilar aniqlandi. 1. Purin va pirimidinlar molyar qismi tengdir: A+G=S+T yoki A+G\S+T=1 2. Adenin va sitozinning miqdori guanin va timinning miqdoriga tengdir: A+S=G+T yoki A+S\G+T=1 3. Adenin miqdori timin miqdoriga teng, guanin miqdori esa sitozin miqdoriga teng: A=T va G=S; A\T=1; G\S=1 4. Bundan tashqari spetsifiklik koeffitsiyenti o‘ziga xos bo‘lib, u G+S\A+T nisbati bilan belgilanadi. Hayvonlar va ko‘pchilik o‘simliklar uchun koeffitsiyent 1 dan past (0,54-0,94), mikroorganizmlar uchun esa 0,45-2,57 oralig‘idadir. A.N. Belozerskiy va uning o‘quvchilari olgan natijalarga asosan tabiatda AT-tur DNK (xordali va umurtqasiz hayvonlarda, yuqori o‘simliklarda, ba’zi bakteriya, zamburug‘li organizmlarda) va GS- 67 tur DNK (aktinomitsetlar, ba’zi bakteriya va viruslar) mavjudligi ko‘rsatilgan. Monomer molekulalar nuklein kislotalarning strukturali birligi hisoblanadi va ular mononukleotidlar deb ataladi. Demak, nuklein kislotalar polinukleotidlardir. Mononukleotidlar uchta spetsifik komponentlardan tarkib topgan: azot asosi, uglevod, fosfat kislota, bunda uglevod o‘rta o‘rinni egallaydi. Azot asosini uglevod bilan hosil qilgan birikmasi nukleozid deb ataladi, mononukleotiddan ishqor yoki spetsifik ferment – nukleotidaza ta’sir etishi natijasida gidrolitik yo‘l bilan hosil bo‘ladi. Nuklein kislotalar molekulalaridagi mononukleotid murakkab efir bog‘i bilan birikkandir. Bu bog‘ bir mononukleotidlarning fosfat qoldig‘i bilan boshqa mononukleotid pentoza qoldig‘ining 3-gidroksil guruhidan hosil bo‘lgan (3’,5’-fosfodiefir bog‘) (13-rasm). Shunday qilib, nuklein kislotalar nukleozidmonofosfatlarning chiziqli polimerlari – polinukleotidlardir. Polinukleotidning uchlari tuzilishi jihatidan bir-biridan farq qiladi: bir uchida erkin 5-fosfat guruhi (5-uchi) bo‘lsa, ikkinchi uchida erkin 3-OH-guruh (3-uchi) bo‘ladi. Turli nuklein kislotalar molekulasidagi mononukleotid qoldiqlarining soni, nukleotid tarkibi va nukleotid qoldiqlarining navbatlashib borish tartibi bilan bir-biridan farq qiladi (aslida asoslarning navbatlashib borish tartibi bilan, chunki barcha monomerlarning pentozofosfat qismlari bir xil bo‘ladi). Nuklein kislotalarning birlamchi strukturasini qisqacha tasvirlash uchun bir harfli nukleozidlar simvollaridan foydalaniladi: A-adenozin, G-guanozin, S-sitidin, U- uridin, T-timidin. Masalan, RNK ning birlamchi strukturasi mana bunday yozuv tarzida ifodalanishi mumkin: A - U - A - A - G – U - C - C – C – U - A DNK strukturasining yozuvi «d» (dezoksi) old qo‘shimchasi bilan belgilanadi: d (G –G – S – A – T – A – T – T – G -S-…) Ana shunday yozuvda chap tomonda 5-uchi, o‘ng tomonda 3 1 -uchi bo‘ladi, deb mo‘ljallaniladi. Ba’zan polinukleotidlarni bunga qarama- qarshi tarzda yozishga to‘g‘ri keladi. Bu holda adashmaslik uchun qo‘shimcha prefikslar qo‘yiladi: (5 1 →3 1 ) A-U-A-A-G-…- bu o‘rinda 5 1 -uchi chap tomonda; yoki (3 1 →5 1 ) G-A-A-U-A…-5- uchi o‘ngda bo‘ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling