Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- RNK matritsasida DNK sintezi
24-rasm. DNK- replikatsiyasining asosiy bosqichlari
86 Qo‘sh spiralning qayta aylantirilishi va ikkala zanjirning bir-biri bilan qayta bog‘lanib olmasligi uchun ma’lum masofada ushlab turilishi bir necha maxsus oqsillar yordamida amalga oshiriladi. Xelikaza (helix – spiral) fermenti DNKning replikativ ayri yaqinidagi qisqa bo‘laklarini yechib beradi. Buning uchun 2 ATF gidrolizidan hosil bo‘ladigan energiya kerak. Har bir ajralgan zanjirga bir necha molekula DNKni bog‘lovchi oqsil birikadi, u komplementar juftlar hosil bo‘lishi va qayta zanjirlarning birikishiga to‘sqinlik qiladi. Qisqa ajralish va birikishlar DNK-giraza fermenti yordamida sodir bo‘ladi. U xelikazaga replikatsiya uchun DNKni qayta aylantirishga yordam beradi. RNK matritsasida DNK sintezi Nuklein kislotalar biokimyosida onkoviruslar tarkibida RNK matritsasida DNK molekulasini biosintezini katalizlovchi qayta transkriptaza yoki revertaza RNKga bog‘liq DNK polimeraza fermentini ochilishi erishilgan yutuqlaridan biri hisoblanadi. Bu ferment prokariot va eukariotlarni ko‘p hujayralari, xususan leykoz hujayralar, proliferatsiyalanuvchi embrional to‘qimalarda topilgan. Onkoviruslar revertazasi Zn 2+ ionlarini saqlaydi va Mn +2 hamda Mg +2 kationlari bilan faollanadi. Taxminlar bo‘yicha RNK matritsasida DNK sintez mexanizmi 3 bosqichni o‘z ichiga oladi. Birinchi bosqichda revertaza fermenti virus RNK matritsasida komplementar DNK zanjirini sintezlaydi, natijada gibrid molekula shakllanadi. Ikkinchi bosqichda gibrid molekula kompleksidagi birlamchi virus RNKsi RNKaza fermenti ta’sirida parchalanadi. Nihoyat, uchinchi bosqichda DNK zanjiri matritsasida komplementar yangi DNK zanjirlari sintezlanadi. DNK- polimerazalar ham revertaza faolligiga ega, masalan: E.coli fermenti rRNK matritsasida DNKni sintezlash xususiyatiga o‘xshash. Qayta transkriptazani ochilishi nafaqat maliginizatsiya jarayonlarini qonuniyatlarini ochishda ahamiyatga ega bo‘lib qolmasdan, balki barcha tirik organizmlar haqidagi fanlar uchun ahamiyatga ega. Negaki RNKdan DNKga biologiyani asosiy qonuniyatiga bo‘ysunmagan holda irsiy axborotlarni o‘tkazish mumkinligini ko‘rsatadi. DNK → RNK → oqsil hozirgi vaqtda tirik hujayralarda genetik axborot o‘tkazishining bu asosiy sxemasini yanada to‘liq shaklda ifoda etishi mumkin: 87 DNK va RNK atrofidagi strelkalar tirik sistemalarda tegishli fermentlar ishtirokida molekulalar o‘zining nusxasini hosil qilishi mumkinligini ko‘rsatadi. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling