Biokimyo pmd
DNK bilan RNKni duragaylash
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xromatinning tuzilishi
DNK bilan RNKni duragaylash
DNK bilan RNKni duragaylash (DNK–RNK duragaylash) ham xuddi DNK-DNK duragaylash kabi chiqishi mumkin. Bu holda duragay molekulasida bitta dezoksiribonukleotid zanjiri va bitta ribonukleotid zanjiri bo‘ladi. Bitta organizmning o‘zidan ajratib olingan DNK bilan RNK (birlamchi transkriptlar) duragaylanganida mukammal gibridlar hosil bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, organizmdagi RNKning hammasi shu organizm DNKsiga komplementardir. Bu – DNK turiga xosligi to‘g‘risidagi hamma mulohazalar birdek darajada RNKga ham taalluqlidir degan ma’noni bildiradi. Xromatinning tuzilishi Tirik hujayradagi nuklein kislotalar nukleproteinlar, oqsillar bilan birikkan birikmalar shaklida bo‘ladi. tRNK gina asosan sitozolda erkin erigan holatda topiladi. Nukleproteinli asosiy struk- turalar xromatin (dezoksiribo- nukleoprotein) va ribosomalar (ribonukleoprotein)dir (20-rasm). Xromatinning struktura tuzilishi murakkab bo‘lib, to‘la-to‘kis o‘rganilgan emas. Hujayra sikliga qarab xromatin holati o‘zgarib turadi. Tinchlik fazasida xromatin butun yadro hajmi bo‘ylab bir tekis tarqalgan bo‘ladi va odatdagi mikrosko‘pik usullar bilan tekshirib ko‘rilganda 20-rasm. Xromatin tuzilishi 79 topilmaydi. Hujayraning bo‘linish fazasida xromatin oddiy mikrosko‘pda ko‘rinadigan mo‘jazgina zarralar – xromosomalarni hosil qiladi. Xromatin massasining taxminan 2\3 qismini oqsillar tashkil qilsa, 1\3 qismi DNK dan iboratdir. Xromatinda RNK ham bor (10 % gacha). Xromatindagi barcha oqsillarning yarmi molekulalari uncha katta bo‘lmaydigan oqsillar – gistonlardir (molekulyar massasi 11 000 – 22 000). Gistonlarning xarakterli xususiyati tarkibida lizin yoki arginin ko‘p bo‘lishidir; bu narsa ularga ishqoriy tabiatni va DNKning kislota gruppalari bilan o‘zaro ta’sir etish xususiyatini beradi. Xromatinning elektron – mikrosko‘pik fotosuratlarida ipga terilgan munchoqlarga o‘xshab ketuvchi tuzilmalar ko‘rinib turadi. 5 xil gistonlar bir-biridan molekulyar og‘irligi va aminokislota tarkibi bilan farq qiladi. Har bir munchoq donasida 8 giston molekulasi (H2A, H2B, H3, H4) va shularga o‘ralgan 150 nukleotid juftiga yaqin uzunlikdagi DNK bo‘ladi. Bog‘lovchi (speyser) qismda H1 giston uchraydi. Ana shunday strukturaga nukleosoma deyiladi. DNK molekulalari shu tarzda joylashganida uzun molekulaga qaraganda taxminan 7 baravar kichrayadi. Bu DNK joylanishining faqat 1 darajasidir xolos (21-rasm). Odam DNKsi molekulalarining uzunligi santimetrlar bilan o‘lchansa (3-5 sm atrofida bo‘ladi), xromosomaning uzunligi atigi bir necha nanometr keladi. Demak, xromosomalarning joylanishida DNKning qisqarish darajasi necha millionga borishi kerak. Munchoqlar nukleosomaning buralib o‘ralishi natijasida hosil bo‘ladi. DNKning joylanishining yuqori tartibdagi darajalari yetarlicha o‘rganilmagan. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling