Biokimyo pmd
Genetik kod va uning tarkibi
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
Genetik kod va uning tarkibi
Bir gen – bir oqsil (bir sistron – bir polipeptid zanjir) konsepsiyasi ma’lum fermentning sintezlanishini nazorat qiluvchi genning yo‘qligidan kelib chiquvchi nasliy metabolik yetishmovchiliklarni o‘rganish natijasida kelib chiqadi. Bunday nasliy kasalliklarga: fenilketonuriya, tirozinoz, albinizm va boshqalar kiradi. Bularda genning o‘zgarishi metabolik yetishmovchilikka olib keladi. Bir genning mutatsiyasi bir spetsifik ferment aktivligining yo‘qolishiga olib keladi. Bu ma’lumotlar »bir gen – bir ferment» konsepsiyasini taklif etishga asos bo‘ldi. Bunday tekshirishlar mutant viruslar, bakteriyalar, yuqori o‘simlik va hayvonlarda ham o‘tkazilgan. Hozirgi vaqtda bu konsepsiya »bir gen – bir polipeptid zanjir» deb o‘zgartirilgan, chunki ko‘p zanjirli oqsillar har xil xromosomalarda joylashgan bir necha genlar nazoratida sintezlanadilar. DNK va polipeptid zanjir kollineardir, ya’ni aminokislota kodlarining DNKda joylashish tartibi aminokislotaning oqsil polipeptid zanjirida 95 joylashish tartibi bilan bir xil bo‘ladi. Bu mRNK uchun ham taalluqlidir. Genetik xaritaning va aminokislota ketma-ketligining qat’iy kollinearligi triptofan sintetazaning strukturasini o‘rganishda aniqlangan. Genetik axborotni o‘tkazish 3 bosqichda boradi: 1. Replikatsiya – DNKdan yangi o‘xshash DNK nusxasini hosil qilish. 2. Transkripsiya – DNKdan genetik axborotni mRNKga ko‘chirilishi. 3. Translyatsiya – mRNKdan axborotni oqsil strukturasiga o‘tkazish (28-rasm). Genetik (biologik) kod. Nuklein kislotalar 4 xil turdagi nukleotidlarning ketma-ket joylashishidan, oqsillar esa 20 xil aminokislotaning ketma-ket joylashishidan tuzilgan. Polipeptid zanjirdagi har bir aminokislota DNK yoki RNKdagi bir yoki bir necha nukleotid yordamida polipeptid zanjirga biriktiriladi. Agar har bir nukleotid bitta qandaydir aminokislotani biriktirgan bo‘lsa, sistema faqatgina 4 xil aminokislotani biriktira oladi. Agarda bir aminokislotani polipeptid zanjiriga kodlashtirishda 2 xil nukleotid kombinatsiyasi ishtirok etsa, sistema 16 aminokislotani biriktirishi mumkin. Bu sistemadagi 16 ta nukleotidlar dupleti 20 ta aminokislota uchun yetarli emas (4 2 =16). Shu sababli har bir aminokislotani biriktiruvchi nukleotid Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling