Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
Ribosomalar
Ma’lumki, tirik organizmlar hujayralarning strukturasiga qarab 2 guruhga – prokariot va eukariotlarga bo‘linadilar. Prokariotlar membrana bilan o‘ralgan yadro va mitoxondriya yoki xloroplastlarni saqlamaydi; ular asosan mikroorganizmlar uchun xosdir. Hayvon va o‘simliklar, shuningdek, qo‘ziqorinlar, membrana bilan o‘ralgan yadro, shuningdek mitoxondriya (ba’zi hollarda xloroplastlar ham) va boshqa hujayra organellalarini saqlaydi. Ikkala tur hujayralarda ribosomalar bo‘ladi, eukariot ribosomalari (molyar og‘irligi 4,2·10 6 ) katta o‘lchamli (diametri 23 nm), prokariot ribosomalariga (molyar og‘irligi 2,5·10 6 ,diametri 8 nm) nisbatan. Odatda, ribosomalarni sentrifugada sedimentatsiya qilish tezligi bilan xarakterlanadi, ular Svedberg birliklarida S-konstanta sedimentatsiyasi bilan belgilanadi. S kattaligi nafaqat bo‘lakchalar o‘lchamiga, balki ularning shakli va solishtirma og‘irligiga bog‘liqdir, chunki u o‘lchamiga proporsional emasdir. Ribosomalar soni mikrob hujayralarda taxminan 10 4 , prokariotlarda esa – 10 5 . Kimyoviy tuzilishi jihatidan ribosomalar nukleoproteinlar bo‘lib, RNK va oqsildan tarkib topgan 80 S ribosoma ularni teng miqdorda saqlaydi hamda prokariotlarni 70 S ribosomasida RNK va oqsilni miqdori 65 va 35%ni tashkil etadi. RNK ribosomasini ribosamal RNK deb ataladi va rRNK deb belgilanadi. 80 va 70 S ribosomalar 2 ta subbirliklardan iborat bo‘lib, ularni elektron mikrosko‘pda yoki Mg +2 ionlarini past konsentratsiyali eritmalari bilan ishlov bergandan keyin ko‘rish mumkin. Bunday sharoitlarda ribosomalar subbirliklarga dissotsiatsiyalanadi. Ular bir-biridan ultratsentrifuga yordamida ajratilishi mumkin. Subbirliklarni biri o‘lchami bo‘yicha ikkinchisiga nisbatan 2 marta kattadir. 70 S ribosoma subbirliklarini S kattaligi 50 S va 30 S ga teng, 80 S ribosomalarda u 60 S va 40 S dir. E. Coli da katta va kichik subbirliklar 34 va 21 tadan oqsil, 23 S va 5 S bo‘lgan 2 94 molekula rRNKni katta subbirlikda va 16 S rRNKni kichik subbirlikda saqlaydi. Ribosomal oqsillar nafaqat ajratilgan, balki sekvenirlangan hamdir. Molekulyar og‘irligini turliligi bilan farqlanadi (6000 dan 75000 gacha). Barcha 55 bakterial ribosomal oqsillar polipeptid sintezida ferment yoki uni komponentlari sifatida qatnashadilar, lekin ularning ko‘pchiligini bajaradigan vazifasi aniqlanmagan. 23 S va 5 S RNKlar 3200 va 120 tadan nukleotid saqlaydi, 16 S RNKda esa 1540 nukleotid mavjuddir. Eukariot hujayra ribosoma subbirliklari tuzilishi juda murakkab, ular tarkibida 4 xil rRNK va 70 xildan ortiq oqsillar ikkala subbirligida bo‘lib, katta subbirlik (60 S) 3 ta turli rRNKlar saqlaydi: 28 S (4700 nukleotid), 5,8 S (160 nukleotid) va 5 S (120 nukleotid), hamda 49 xil oqsil bo‘ladi. Kichik subbirlik (40 S) faqat 1ta molekula 18 S rRNK va 33 ga yaqin oqsil saqlaydi. Eukariotik ribosomalar tarkibiy qismlari biologik vazifalari polipeptid zanjir sintezi bilan bog‘liq bo‘lib, lekin ularni aniq vazifalari yetarli darajada yoritilmagan. Ma’lumki, yadroda DNK yuzasida sintezlanuvchi umumiy bo‘lgan barcha tur RNKlar o‘tmishdoshidan rRNK hosil bo‘ladi. Ribosomal oqsillar sitoplazmada hosil bo‘lib, keyin yadrogacha o‘tkaziladi, u yerda ribosomal bo‘lakchalar oqsillar va tegishli rRNKlarni o‘z-o‘zidan birikishi natijasida hosil bo‘ladi. Birlashgan subbirliklar birgalikda yoki alohida yadro membranasi teshiklari orqali sitoplazmaga o‘tkaziladi. U yerda oqsil sintezida bevosita ishtirok etadigan ribosomalar mRNK bilan polisoma yoki poliribosoma hosil qiladi. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling