Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
10-jadval
96 kodi uchta nukleotid kombinatsiyasidan iborat bo‘lishi lozim. Bunday sistema 4 3 = 64 aminokislotani kodlashtiradi. Shunday qilib, 20 xil aminokislotani har birini polipeptid zanjiriga kiritish uchun biologik kod 3 nukleotid kombinatsiyasidan iboratdir (triplet) (10-jadval). Har bir aminokislota mRNKda bir yoki bir necha tripletlar yordamida kodlanishini Krik tomonidan eksperimental tasdiqlangan. Kodon ma’nosi: mRNK o‘rniga poli – U ishlatish yo‘li bilan Nirenberg va Mattey (1961) o‘tkazgan tajriba. Nirenberg va Mattey E.Colining hujayrasiz sistemasiga polinukleotidfosforilaza yordamida sintezlangan poli – U va radioaktiv uglerod bilan nishonlangan aminokislota qo‘shib tajriba o‘tkazganda oqsil molekulasiga 14 C ga ega bo‘lgan fenilalanin birikkani ma’lum bo‘lgan. Bu tajribaga asosan fenilalanin UUU tripleti yordamida polipeptid zanjiriga biriktirilishi (kodlanishi) mumkin. UUU xuddi shunday yo‘l bilan fenilalaninni, lizinni AAA tripleti kodlashtirishi aniqlangan. Shunday qilib, sintetik polinukleotidlar yordamida aminokislotalar polimerlari – poli–fen, poli– pro, poli–liz hosil qilingan. Polinukleotidfosforilaza – bakterial ferment bo‘lib, 1955-yilda Ochao va Gryunberg – Manago tomonidan ochilgan, nukleozidfosfatlardan polinukleotidlarning sintezlanishi reaksiyasini 28-rasm. DNK genetik axborotining RNK shakliga va spetsifik oqsil molekulasiga o‘tkazilishi. 97 tezlatadi. Masalan: UDFdan poli U hosil bo‘lishi (UDF → poli – U). Bu fermentning biologik roli aniqlanmagan, lekin u genetik kodni aniqlashda ahamiyatga egadir. Genetik kodning xarakterli xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi: 1. Biologik kod triplet hisoblanadi. 2. Bir aminokislota uchun bir necha kod bo‘ladi (1 dan 6 gacha triplet). Faqatgina metionin va triptofanni kodi bitta bo‘ladi. 3. Kod uzluksiz bo‘ladi, ya’ni ularning o‘rtasida ajratish belgilari bo‘lmaydi, shuning uchun o‘qish to‘g‘ri joydan boshlanishi kerak. 4. Kod universal xarakterga ega. Barcha tirik organizmlar uchun bir xil aminokislotani kodlashtiradi. 5. Hammasi bo‘lib 64 ta triplet kod bo‘lib, 61tasi 20 xil aminokislotani kodlaydi, qolgan 3tasi – UGA, UAA, UAG – ma’nosiz (nonsens) triplet bo‘lib, birorta aminokislotani kodlashtira olmaydi. Ular translyatsiyani chegaralash funksiyasini bajaradi, shu sababli stop- kodonlar deb ataladi. Komplementarlik prinsipi nukleotidlar uchun xarakterli hisoblanadi, lekin nukleotidlar va aminokislotalar o‘zaro komplementar bo‘la olmaydi. Shuning uchun aminokislotalar kodonlar yordamida polipeptid zanjirga to‘g‘ridan-to‘g‘ri birika olmaydi. Aminokislotalarni mRNKning ma’lum uchastkasiga biriktirish «adaptor»lar yordamida yuzaga kelishi tRNK ochilishiga qadar ma’lum edi. Krik 1958-yilda tRNKning adaptorlik roli haqidagi taxminni o‘rtaga tashladi. Aminokislota tRNKga birikib, o‘zining triplet kodi bilan birikish xossasiga ega bo‘ladi. tRNK molekulasida aminokislotani bog‘lovchi akseptor qism bor. Bundan tashqari modifikatsiyaga uchragan nukleotid asoslarini tutuvchi antikodon uchastkasi ham bor. Antikodon kodonga komplementar triplet tutadi. Bu triplet mRNKdagi komplementar kodon bilan spetsifik vodorod bog‘lari hosil bo‘lishini ta’minlaydi. Shuning uchun transport qilinayotgan aminokislota sintezlanayotgan polipeptid zanjirda to‘g‘ri holatni egallaydi. Bir aminokislota uchun bir necha tRNK bo‘lishi mumkin va ular izoakseptor tRNKlar deb ataladi. Hozirgi vaqtda 60 xil tRNK ochilgan, ko‘pchilik tRNKlarni molyar og‘irligi 24000-29000. O‘z molekulasida 75 dan 85 tagacha nukleotid saqlaydi, ulardan 8 va undan ko‘prog‘i modifikatsiyalangan asoslardir. Barcha tRNKlarni uchlamchi strukturasi bir-biriga juda o‘xshash. Barcha ochilgan tRNKlarning birlamchi strukturasi aniqlangan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling