Biokimyo pmd


Download 4.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/272
Sana25.09.2023
Hajmi4.12 Mb.
#1687494
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   272
Bog'liq
Sobirova R.A biokimyo

30-rasm.  Oqsil sintezi elongatsiya bosqichi


103
Oqsil molekulasining yoki uning subbirligining yetilish jarayonida
oqsilning birlamchi strukturasida o‘zgarishlar sodir bo‘lishi mumkin.
Bunda polipeptid zanjiri parchalanishi va qisqarishi mumkin. Ba’zi
polipeptid zanjirlarning translyatsiyadan so‘ng bo‘ladigan o‘zgarishi
qator aminokislota qoldiqlarining fosforlanish va atsetillanishidan
iboratdir. Ba’zi fermentlar, xususan hujayra yuzasida joylashganlar,
polisaxaridlar bilan membranada joylashganlari lipidlar bilan birikishi
mumkin.
31-rasm.  Translokatsiya bosqichi


104
Translyatsiyadan so‘ng polipeptidlarning parchalanishi u yoki bu
holatda ko‘pgina oqsillarga xosdir. Oqsilning translyatsiyadan so‘ng
o‘zgarishi har xil translyatsiya mahsulotlarining parchalanishidan iborat.
Bu jarayonlar juda keng tarqalgan. Misol uchun, oshqozon-ichak
kanalida fermentlarning aktivlanishi oqsilning parchalanish natijasidir.
Ma’lumki, 2 polipeptid zanjirdan iborat insulin bir polipeptid
zanjirdan iborat proinsulinning parchalanishi natijasida hosil bo‘ladi.
Ba’zi translyatsiya mahsulotlarining yetilishi bir necha ularni proteolitik
fermentlar ta’sirida, bosqichlarda parchalanishidan iboratdir. Kollagen
subbirliklari prokollagenning parchalanishi natijasida hosil bo‘ladi.
Ko‘p zanjirli oqsillar konformatsiyasining hosil bo‘lishi uchun ham
maxsus genetik faktorlar ta’sir etmaydi, balki ularning hosil bo‘lishida
polipeptid zanjiridagi aminokislotalarni ketma-ket joylashishi, ya’ni
birlamchi strukturasi asosiy vazifani bajaradi (masalan: gemoglobin,
aldolaza, GDG va boshqalar).
Shunday qilib, genlarning muhim xususiyati aminokislotalar ketma-
ketligini kodlashtirishdir, ikkilamchi va uchlamchi struktura esa genetik
determinantga bog‘liq bo‘lmasdan, o‘z-o‘zidan sodir bo‘ladi.
Oqsil molekulasiga oqsil bo‘lmagan komponentlarning birikishi
genetik nazoratsiz bo‘ladi. Misol: gemoglobinning hosil bo‘lishi,
gemning globin bilan o‘z-o‘zidan rekombinatsiyalanishi natijasida hosil
bo‘lib, bunda genetik kontrol rol o‘ynamaydi.
Shu tarzda ko‘pgina prostetik guruhlar, kofaktorlar (masalan:
flavinlar, gem, piridoksalfosfat, NAD, NADF yoki metall ionlari)
apofermentlar bilan birikib faol ferment hosil qiladilar.
Polipeptid zanjirdagi oqsillarning fosforillanishi, metillanishi va
hokazolar polipeptid zanjir sintezlanayotganda yoki sintezlanish tamom
bo‘lgandan keyin bo‘ladi. Bu modifikatsiyalarni katalizlovchi
fermentlarning sintezi, spetsifikligi genetik nazorat asosida bo‘ladi.
Fermentlarning modifikatsiyasi ular aktivligini boshqarishda muhim
rol o‘ynaydi. Masalan: fosforilaza, glutamilsintetaza.
Shunday qilib, oqsilning ikkilamchi, uchlamchi va to‘rtlamchi
strukturasining hosil bo‘lishi maxsus genetik nazorat omillarini talab
etmaydi va oqsilning birlamchi strukturasi tomonidan belgilanib
termodinamik erkin jarayon hisoblanib, o‘z-o‘zidan sodir bo‘ladi.
Ribosomasiz peptidlar sintez mexanizmi bo‘yicha to‘plangan
ma’lumotlar, albatta, barcha tirik organlarda oqsil biosintezi asosida
matritsa mexanizmini yotishini ko‘rsatadi. Lekin, biologik sistemalarda
past molekulali qator peptidlarni sintezi nafaqat nuklein kislotalar,


105
xususan m-RNK, ishtirokisiz, balki ribosomalarsiz ham amalga oshishi
mumkin. 1976-yilda Gamburgda o‘tkazilgan X Xalqaro biokimyog‘arlar
kongressida F. Lipman (AQSH) va K.Kuraxasi (Yaponiya) 2 ta tabiiy
siklik peptid antibiotiklar – gramitsidin S va tirotsidinni Bacillus brevis
dan ajratilgan ekstrakt, hamda ekstraktdan ajratilgan oqsil fraksiyalarda
sintezlanishining isbotini taqdim etganlar. Xususan, Bacillus brevis
ekstraktidan ajratilgan va tozalangan 2 ta oqsil preparati 10 aminokislota
qoldiqlaridan hosil bo‘lgan siklik polipeptid gramitsidin Sning hosil
bo‘lishini ta’minlaganlar. Tozalangan oqsil fraksiyalari (molyar og‘irligi
100000 va 180000) bu siklik dekapeptidni (D – fenilala-
nilprolilvalilornitilleytsin) hosil bo‘lishi uchun faqat aminokislotalar,
ATF va Mg 
+2 
ionlarini bo‘lishini talab etgan:
Yengil oqsil fraksiya (molyar og‘irligi 100000) birligi polipeptid
zanjirga D-fenilalanin – kiritilishi va ratsemirlanishini, og‘ir fraksiya
esa (molyar og‘irligi 180000) – qolgan 4ta a- aminokislotalar birikishini
boshqaradi, ikkala ferment, shuningdek, peptid bog‘larini hosil
bo‘lishida ishtirok etadi. Yonida joylashgan multiferment kompleksida
xuddi shunday pentapeptid sintezlanadi, keyin ikkala pentapeptid
«bosh» va «dum» turida birikib, zanjirni yopib, siklik dekapeptid hosil
qiladi. Birinchi ferment tarkibida kovalent bog‘langan fosfopantein
qoldig‘i topilgan. Shuning uchun uni o‘sayotgan peptid zanjiriga ferment
bir qismidan ikkinchi qismiga tiol guruhi ishtirok etadi deb taxmin
qilingan. Xuddi shunday sintez mexanizmi tirotsidin (dekapeptid) va
13ta aminokislota qoldig‘i saqlovchi peptid-mikobatsellin antibiotiki
uchun ham isbot qilingan.

Download 4.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling