GENETIK KOD VA OQSIL BIOSINTEZI.
Bir gen – bir oqsil (bir sistron – bir polipeptid zanjir) konsepsiyasi
ma’lum fermentning sintezlanishini nazorat qiluvchi genning
yo‘qligidan kelib chiquvchi nasliy metabolik yetishmovchiliklarni
o‘rganish natijasida kelib chiqadi. Bunday nasliy kasalliklarga:
fenilketonuriya, tirozinoz, albinizm va boshqalar kiradi. Bularda
genning o‘zgarishi metabolik yetishmovchilikka olib keladi. Bir
genning mutatsiyasi bir spetsifik ferment aktivligining yo‘qolishiga
olib keladi. Bu ma’lumotlar »bir gen – bir ferment» konsepsiyasini
taklif etishga asos bo‘ldi. Bunday tekshirishlar mutant viruslar,
bakteriyalar, yuqori o‘simlik va hayvonlarda ham o‘tkazilgan. Hozirgi