Genetik kod va oqsil biosintezi


Ribosomalar soni mikrob hujayralarda taxminan 104 , prokariotlarda


Download 483.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/10
Sana02.01.2022
Hajmi483.44 Kb.
#189791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
GENETIK KOD VA OQSIL BIOSINTEZI

Ribosomalar soni mikrob hujayralarda taxminan 104 , prokariotlarda 

esa – 105  

Kimyoviy tuzilishi jihatidan ribosomalar nukleoproteinlar bo‘lib, RNK 

va oqsildan tarkib topgan 80 S ribosoma ularni teng miqdorda 


saqlaydi hamda prokariotlarni 70 S ribosomasida RNK va oqsilni 

miqdori 65 va 35%ni tashkil etadi. RNK ribosomasini ribosamal RNK 

deb ataladi va rRNK deb belgilanadi. 80 va 70 S ribosomalar 2 ta 

subbirliklardan iborat bo‘lib, ularni elektron mikrosko‘pda yoki Mg +2 

ionlarini past konsentratsiyali eritmalari bilan ishlov bergandan keyin 

ko‘rish mumkin. Bunday sharoitlarda ribosomalar subbirliklarga 

dissotsiatsiyalanadi. Ular bir-biridan ultratsentrifuga yordamida 

ajratilishi mumkin. Subbirliklarni biri o‘lchami bo‘yicha ikkinchisiga 

nisbatan 2 marta kattadir. 70 S ribosoma subbirliklarini S kattaligi 50 S 

va 30 S ga teng, 80 S ribosomalarda u 60 S va 40 S dir. E. Coli da katta 

va kichik subbirliklar 34 va 21 tadan oqsil, 23 S va 5 S bo‘lgan 2

 

molekula rRNKni katta subbirlikda va 16 S rRNKni kichik subbirlikda 



saqlaydi. Ribosomal oqsillar nafaqat ajratilgan, balki sekvenirlangan 

hamdir. Molekulyar og‘irligini turliligi bilan farqlanadi (6000 dan 

75000 gacha). Barcha 55 bakterial ribosomal oqsillar polipeptid 

sintezida ferment yoki uni komponentlari sifatida qatnashadilar, lekin 

ularning ko‘pchiligini bajaradigan vazifasi aniqlanmagan. 23 S va 5 S 

RNKlar 3200 va 120 tadan nukleotid saqlaydi, 16 S RNKda esa 1540 

nukleotid mavjuddir. Eukariot hujayra ribosoma subbirliklari tuzilishi 

juda murakkab, ular tarkibida 4 xil rRNK va 70 xildan ortiq oqsillar 

ikkala subbirligida bo‘lib, katta subbirlik (60 S) 3 ta turli rRNKlar 

saqlaydi: 28 S (4700 nukleotid), 5,8 S (160 nukleotid) va 5 S (120 

nukleotid), hamda 49 xil oqsil bo‘ladi. Kichik subbirlik (40 S) faqat 1ta 

molekula 18 S rRNK va 33 ga yaqin oqsil saqlaydi. Eukariotik 

ribosomalar tarkibiy qismlari biologik vazifalari polipeptid zanjir 

sintezi bilan bog‘liq bo‘lib, lekin ularni aniq vazifalari yetarli darajada 

yoritilmagan. Ma’lumki, yadroda DNK yuzasida sintezlanuvchi 

umumiy bo‘lgan barcha tur RNKlar o‘tmishdoshidan rRNK hosil 

bo‘ladi. Ribosomal oqsillar sitoplazmada hosil bo‘lib, keyin 

yadrogacha o‘tkaziladi, u yerda ribosomal bo‘lakchalar oqsillar va 

tegishli rRNKlarni o‘z-o‘zidan birikishi natijasida hosil bo‘ladi. 

Birlashgan subbirliklar birgalikda yoki alohida yadro membranasi 


teshiklari orqali sitoplazmaga o‘tkaziladi. U yerda oqsil sintezida 

bevosita ishtirok etadigan ribosomalar mRNK bilan polisoma yoki 

poliribosoma hosil qiladi. 

Download 483.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling