yadro va mitoxondriya yoki xloroplastlarni saqlamaydi; ular asosan
mikroorganizmlar uchun xosdir. Hayvon va o‘simliklar, shuningdek,
qo‘ziqorinlar, membrana bilan o‘ralgan yadro, shuningdek
mitoxondriya (ba’zi hollarda xloroplastlar ham) va boshqa hujayra
organellalarini saqlaydi. Ikkala tur hujayralarda ribosomalar bo‘ladi,
eukariot ribosomalari (molyar og‘irligi 4,2·10 6 ) katta o‘lchamli
(diametri 23 nm), prokariot ribosomalariga (molyar og‘irligi 2,5·10
6,diametri 8 nm) nisbatan. Odatda, ribosomalarni sentrifugada
sedimentatsiya qilish tezligi bilan xarakterlanadi, ular Svedberg
birliklarida S-konstanta sedimentatsiyasi bilan belgilanadi. S kattaligi
nafaqat bo‘lakchalar o‘lchamiga, balki ularning shakli va solishtirma
og‘irligiga bog‘liqdir, chunki u o‘lchamiga proporsional emasdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |