Mavzu:DNK VA RNK SINTEZI - Reja:
- 1. Dezoksiribonuklein kislota (DNK).
- 2. .Ribonuklein kislotalar (RNK).
- 3. DNK VA RNK NING FARQI.
- Dezoksiribonuklein kislota (DNK) — nuklein kislotalarining bir turi. Tarkibida dezoksiriboza, azot asoslaridan adenin (A), guanin (G), sitozin (S) va timin (T) hamda fosfat kislota boʻladi. Barcha tirik organ izmlar hujayrasida uchraydi va koʻpchilik viruslar tarkibiga kiradi. Tirik organizmlarda irsiy belgilarni saklash va nasldan-naslga oʻtkazish vazifasini bajaradi. DNK ning nukleotidli tarkibi, yaʼni uning birlamchi strukturasi har bir organizm uchun oʻziga xos va qatʼiy individual boʻlib, biologik informatsiyaning kod shaklda (qarang Genetik kod) yozilishidir. DNK ning genetik ahamiyatini dastlab O. Everi shogirdlari bilan birga aniklagan (1944, AQSH).
- DNK tarkibidagi nukleotidlarning oʻzaro munosabati maʼlum qonuniyatlarga boʻysunadi. Bu qonuniyatlar E. Chargaff (AQSH) tomonidan aniklangan (1950). Bu kridaga asosan DNK dagi purin asoslarining yigʻindisi pirimidin asoslarining yigʻindisiga teng boʻlib, bunda A ning miqdori T miqdoriga va G ning miqdori S miqdoriga teng . Mazkur qoidalarga asoslanib D. Uotson va F. Krik DNK ning strukturaviy modelini kashf etishdi (1953). Bu modelga koʻra, DNK molekulasi qoʻsh spiral hosil qiluvchi ikkita polinukleotid zanjirdan tashkil topgan va har ik-kala zanjir bir umumiy oʻqqa ega. Zan-jirning bir oʻrami orasidagi masofa 34 A ga teng va 10 ta nukleotid krldi-gʻidan tashkil topgan (V-shakl). Polinukleotid zanjirlarning pentozafosfat guruhlari spi-ralning tashqi to-monida, azot asoslari esa ichki tomonida joylashgan. Polinukleotid zan-jirlar bir-biriga nisbatan teskari yoʻnalgandir
- DNK ning bir zanjiridagi nukleotidlarning ketma-ketligi, ikkinchi zanjirdagi nukleotidlarning ketma-ketligini taʼminlaydi yoki ular komplementar (toʻldiruvchi) hisoblanadi. Komshtementarlik nuklein kislotalarning strukturaviy va funksional tuzilishida universal prinsip hisoblanadi. Koʻpchilik tabiiy DNK molekulalari qoʻsh zanjirli va toʻgʻri chiziqli holda uchrasada, birok, ular juda katta mol. m.ga ega boʻlgan molekulani kichik xdmda joylash uchun buklangan, halqa, superspiral va boshqa shakllarni olishi mumkin. Ayrim viruslar DNK si bir zanjirli boʻladi. Prokariotlar hujayrasida DNK bitta xromosomada mujassamlashgan boʻlib, mol. m.si 10’ dan ortiq va uz. taxminan 1 mm ga teng . Eukariotlar hujayrasidagi DNK asosan yadroda de-zoksinukleoprotein (DNP) shaklda boʻlib, xromosoma yoki xromatinning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi
- Yadrodan tashqari DNK mitoxondriy va xloroplast tarkibida ham uchraydi.Genetik kod — irsiy axborotni nuklein kislotalar molekulasida nukleotidlar ketma-ketligi tartibida yozishning tirik organizmlarga xos boʻlgan yagona sistemasi. Dezoksiribo-nuklein kislotasi (DNK) molekulasida maʼlum tartibda joylashgan muayyan sondagi nukleotidlar sintezlanayotgan oqsil zanjirining tarkibidagi aminokislotalar xili, soni, ularning joylashish tartibini belgilab beradi. DNK molekulasidagi nukleotidlar 4 xil boʻlib, ular adenin-A, timin-T, guanin-G va sitozin-S (inglizcha: C) lardan iborat. Tabiatda 300 ga yaqin aminokislotalar uchraydi, lekin tirik organizmlardagi oqsillar tarkibiga 20 ta aminokislota kiradi.
- Hujayrada oqsilning sintez qilinishi jarayonida uning tarkibidagi har bir aminokislotaning joylanishi uchta nukleotid tomonidan kodlanadi. Uni triplet (uchlik) yoki kodon deb ataladi. Demak, DNK molekulasidagi kodonlarning joylashish tartibi ular sintez qiladigan oqsil molekulasi tarkibidagi aminokislotalarning joylashish tartibini ifodalaydi. Oqsil molekulasida aminokislotalar soni qancha boʻlsa, DNK ning shu oqsilni ifodalovchi, yaʼni sintez qilinishini taʼmin etuvchi qismi boʻlgan gen ham shuncha kodondan tashkil topadi.
- Oqsilning sintezida DNK va uning qismi boʻlgan gen emas, balki boshqa nuklein kislota — ribonuklein kislota (RNK) ishtirok etadi. U uch xil: informatsion — iRNK, transport — tRNK va ribosoma — rRNK. iRNK DNK asosida sintez qilinib undagi genetik axborotni ribosomalarga olib keladi, iRNK tarkibida ham DNK dagi kabi 4 xil nukleoidlar mavjud. Ularning uchtasi — A, G, S DNK dagi kabi, fakat iRNK da T ning oʻrniga U-uratsil uchraydi; tRNK sitoplazmadagi aminokislotalarni ribosomalarga yetkazib beradi. Ribosomalarda aminokislotalar maʼlum tartibda ketma-ket ulanib polipeptid zanjir sintezlanadi. Ularning maʼlum sonda birikishi tufayli oqsillar hosil boʻladi. Oqsillar organizm belgi va xususiyatlarining rivojlanishida ishtirok etadi.
- Hoz. vaktda barcha aminokislotalarning kodonlari aniklangan. 20 xil aminokislotalarning ikkitasi faqat bir xil kodon b-n, qolganlari esa ikki va undan ortiq kodonlardan bittasi orqali kodlanadi. Mas, lizin aminokislotasi AAA yoki AAG, serii esa — UTSU yoki UTSS bilan kodlanadi. 64 tripletdan 3 tasi — UA A, UA G, UGA aminokislotalarni kodlamaydi va polipeptid zanjir sintezi tugaganini bildiradi. Ular terminatsiya signalini beradi.
- G. k.ning tuzilishi va funksional belgi hamda xususiyatlari barcha organizmlarga xos, universal xossalarga ega va turgun boʻladi.Asosiy kontentga oʻtish Notification Banner Kirish or Aʼzo boʻlish to save your future progress! All content is 100% free. Kurslar boʻyicha video va mashqlarni izlash Asosiy kontent DNK tuzilishi va uning replikatsiyasi haqida takrorlash Asosiy atamalar TerminMaʼnosiDNK (dezoksiribonuklein kislota)Genetik axborotni kelgusi avlodga berilishini taʼminlovchi hamda oqsil sintezi toʻgʻrisidagi axborotni kodlovchi nuklein kislota Nukleotid Nuklein kislotalarning tuzilish birligiQoʻsh spiralIkkita zanjirning bitta oʻqatrofida xuddi aylanma narvonga oʻxshab aylanib joylashishidan yuzaga keluvchi tuzilmaDNK replikatsiyasiQoʻsh zanjirli DNK molekulasidan ikkita bir xil DNK molekulasi nusxasining hosil qilinish jarayoniAsos juftlashishiDNK molekulalaridagi azot asoslarining bir-biri bilan bogʻlanish prinsipi (tamoyili) DNK tuzilishi DNK – bu nuklein kislota, toʻrt asosiy biologik makromolekula guruhlaridan biridir.Nukleotidlit Barcha nuklein kislotalar nukleotidlardan tashkil topgan
- Barcha tirik organizmlar va koʻpgina viruslarning muhim komponenti. Irsiy axborotning nasldan naslga oʻtishida ishtirok etadi. Ribonuklein kislotalar molekulasining fazoviy strukturasi, asosan, bir ipli polinukleotid zanjirdan iborat boʻlib, tarkibida 75 tadan 10000 tagacha nukleotid qoldigʻi bor. Molekulasining ayrim qismlarida azot asoslarining komplementarlik prinsipiga binoan qoʻsh zanjirlar hosil boʻladi. Funksiyasi va strukturasiga koʻra, Ribonuklein kislotalar ribosomal (rRNK), transport (tRNK), informatsiyey (iRNK) va kichik molekulali (km RNK)ga ajratiladi. Tirik xujayralarda RNK sintezi DNK matritsasida RNKpolimeraza fermenti yordamida amalga oshadi (qarang Transkripsiya)
- . Eukariot hujayralarda RNK molekulalari 3 xil RNK — polimeraza ishtirokida sintezlanadi. Sintezlangan DNK matritsasiga komplementar, chunki RNK zanjiridagi nukleotidlar izchilligini DNK matritsasidagi nukleotidlar qatori belgilaydi. Muayyan gen sintezidagi DNKning komplementar 2 zanjiridan faqat bittasi RNK uchun matritsa vazifasini bajaradi. Odatda, RNK molekulalari u sintezlaydigan funksional molekulalarga nisbatan birmuncha katta molekulyar massaga ega. Hujayradagi RNK sonining 80% ini ribosomal RNK tashkil etadi. Uning molekulyar massasi 1,1 — 1,7 mln boʻlib, 4000—6000 mononukleotid qoldigʻidan iborat.
- RNKning bu xili ribosomalarning shakllanishida ishtirok etadi. Shakllangan ribosomalarning 60% massasini rRNK tashkil qiladi. Transport RNK hujayradagi RNKning 15% ini tashkil etadi. U aminokislotalarni oqsil sintezlaydigan ribosomalarga yetkazib beradi. Transport RNKning molekulyar massasi 25000 ga yaqin boʻlib, 60—90 nukleotid qoldigʻidan iborat. Transport RNK boshqa RNKga nisbatan yaxshi oʻrganilgan. Uning strukturasi beda bargiga oʻxshaydi. Har bir aminokislotaning oʻziga xos tRNKsi mavjud boʻlib, aminoatsilsintetaza fermenti bilan birga taʼsir koʻrsatadi. Bu ferment oʻziga xos keladigan tRNK va aminokislotani tanish xususiyatiga ega.
- Ayrim hollarda bitta aminokislota ikki va undan ortiq tRNK yordamida kodlanadi. Informatsion RNK xujayradagi RNK massasining 2—6% ini tashkil etadi. Har xil iRNK molekulalari bir-biridan molekulyar massasi va nukleotidlar tarkibi bilan farq qiladi. Hujayrada sintezlanadigan oqsil molekulalari muayyan i RNK yoki uning bir qismi orqali kodlanadi. Eukariotlar xujayrasida iRNK yadroda sintezlanib, u yerdan maxsus ribonukleoprotein zarrachalar (informosomlar) tarkibida sitoplazmaga koʻchiriladi. Eukariotlarda iRNK sintezi kodlanmaydigan kiyem (intron)larga ega bulgan juda uzun zanjirli pro iRNK sintezidan boshlanadi va birmuncha oʻzgarishlar bilan yetilgan iRNK hosil boʻladi.
- . Kodlanmaydigan qismlar pro iRNK molekulasining butun uzunligi boʻylab tekis taqsimlangan. Intronlarni ajratib tashlab iRNK molekulasining kodlovchi qismlarini yangidan joylashtirish (splaysing) maxsus hujayra mexanizmlari orqali boshqariladi. Prokariot xujayralardagi iRNK sintezida deyarli katta oʻzgarishlar boʻlmaydi. Kichik molekulali RNK funksiyasi, strukturasi va oʻlchamiga binoan har xil. Ular tarkibida 30 tadan 300 tagacha nukleotid qoldigʻi boʻladi. Bu turdagi RNK ribosoma, yadro va sitoplazmadagi ribonukleoprotein zarrachalar tarkibida uchraydi.
E‘tiborgiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |