Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
17 a-rasm. tRNKning ikkilamchi strukturasi:
a-sxemasi / minor nukleotidlar alohida qilib ajratilmagan 74 Nuklein kislotalarning uchlamchi strukturasi DNK molekulasini to‘qima nukleazalari va gidrodinamik destruksiyaga yuqori sezgirligi sababli ko‘pincha manba’lardan DNK nativ molekulasini ajratib olish juda qiyindir. Shu sababdan jarohatlanmagan holda virus, mitoxondriya va xloroplastlar DNKlarini jarohatlamasdan ajratib olishga muvaffaq bo‘lingan. Bu molekulalarni fizik (xususan, kristallografiya), fizik-kimyoviy usullar bilan tekshirish DNK qo‘sh spiralini ba’zi qismlarida superspiral yoki ochiq halqali shakl hosil qilishi mumkinligi ko‘rsatildi. Chiziqli DNK halqali shakldan hosil bo‘lishi yoki shunday holda tabiatda mavjud bo‘lishi mumkin ekan. Ba’zi viruslarda chiziqli va halqali shakldagi bir zanjirli DNK topilgan. 17 b-rasm. tRNKning ikkilamchi strukturasi: b-fazoviy modeli / ba‘zi nukleotidlarningnomerlari k‘orsatilgan 75 Bakteriya yoki hayvonlar hujayra mitoxondriyalari DNK molekulasi halqali shaklini hosil bo‘lishi ular ochiq oxirlarini kovalent bog‘lanishi natijasida vujudga keladi. Ma’lumki, superspiral struktura DNK molekulasini – xromosomada ixcham joylashishiga imkon beradi. Odam xromosomasida DNK molekulasi cho‘zilgan shaklida 8 sm uzunlik o‘rniga 5 nm uzunlikda joylashadi. DNK molekulasi superspirallik darajasini ma’lum sharoitlarda sedimentatsiya konstantasini o‘zgarishi bilan aniqlaniladi. Zanjirlarni birida yoki qo‘sh spiralni ikkala zanjirida DNK ta’sirida yoki interkalyatsilovchi birikmalar bilan ishlov berilganda 18-rasm. Nuklein kislotalarning uchlamchi strukturasi 76 DNK superspiralligini buzish mumkin. Interkalyatsiya antibiotik va bo‘yovchi moddalar ta’sirida vujudga kelishi mumkin (18-rasm). T-RNK nativ molekulasi deyarli bir xil uchlamchi strukturaga ega. U «beda bargi» yassi strukturasidan, molekula turli qismlarini buklanishi hisobiga, juda ixchamligi bilan farqlanadi. Ba’zi viruslarda (reovirus, o‘simlik o‘simtalari yara viruslari va boshqalar) DNK strukturasi kabi bir xil tipdagi tabiiy ikki zanjirli RNK mavduddir. pH muhit, ion ta’sirlar va haroratni fiziologik darajalarida mRNK, rRNK bir zanjirli strukturalari qo‘sh spiral hosil qilishi mumkin, bu esa ularni uchlamchi strukturasini ta’minlab beradi. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling