Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
8-jadval
1 2 3 4 5 6 7 8 HbA: Val- Gis- Ley- Tre- Pro- Glu- Glu- Liz- HbS: Val- Gis- Ley- Tre- Pro- Val- Glu- Liz- Bitta aminokislotaning almashinishi eritrotsit shaklini o‘zgartirib qolmay, balki og‘ir irsiy kasallikning rivojlanishiga – o‘roqsimon- hujayra anemiyasiga olib keladi. Talassemiyalar gemoglobinopatiyalar emas. Ular gemoglobin normal zanjiridan birining sintezi genetik buzilishi natijasida vujudga keladi. Agarda β−zanjir sintezi buzilsa, β−talassemiya, α−zanjir sintezi genetik nuqsonida α−talassemiya rivojlanadi. α-talassemiya qonda HbA 1 bilan bir vaqtda 15% gacha HbA 2 paydo bo‘ladi va HbF ning miqdori 15-60%gacha keskin ortadi. Kasallik giperplaziya va miya ko‘migining buzilishi, jigar, taloq jarohatlanishi, kalla suyagi deformatsiyasi bilan kechadi. Talassemiyada eritrotsitlar nishonsimon shaklga ega bo‘ladi. Eritrotsitlar shaklining o‘zgarish mexanizmini tahlil qilishga muvaffaq bo‘linmagan. Tibbiyot amaliyotida ko‘pincha qon pigmentlarining tahlili o‘tkaziladi. U gemoglobin gemining, aniqrog‘i, uning oksidlanish mahsulotlarini, spektrosko‘pik xususiyatlarini aniqlashga asoslangan. Sulfit ammoniy bilan gematin globin ishtirokida qaytarilganida gemoglobinning hosilasi – gemoxromogen hosil bo‘ladi, unda denaturlangan globin gem bilan bog‘langan. Hosil bo‘lgan kompleks o‘ziga xos nur yutish spektriga ega. Bu usul sud tibbiyotida qon dog‘larini tekshirishda keng qo‘llaniladi. Shifokorlarda qiziqish tug‘diradigan gemoglobin unumlaridan avvalambor, gemoglobinning molekulyar kislorod bilan birikmasi – oksigemoglobinni ko‘rsatish lozim. Gemoglobin molekulasidagi har bir gem bilan kislorod temirning koordinatsion bog‘lari yordamida bog‘lanadi. Tetramerga bir molekula kislorodning bog‘lanishi ikkinchi molekula, so‘ngra uchinchi va to‘rtinchilarni bog‘lanishini yengillashtiradi. Shuning uchun gemoglobinning kislorod bilan to‘yinish egri chizig‘i sig‘ma shaklida bo‘lib, kislorod bog‘lanishining kooperativligini ko‘rsatadi. Bu kooperativlik nafaqat o‘pkada kislorodning maksimal bog‘lanishini, balki kislorodning periferik to‘qimalarda ajralishini ta’minlaydi; bunga jadal almashinuvli to‘qimalarda H + va CO 2 ionlarining bo‘lishi ham yordam beradi. O‘z navbatida o‘pka to‘qimasida kislorod CO 2 va H + ionni chiqarilishini tezlashtiradi. Bu H + , O 2 va CO 2 bog‘lanishi o‘rtasidagi allosterik bog‘liqlik «Bor effekti» deb nomlangan. 54 Kisloroddan tashqari gemoglobin boshqa gazlar, xususan CO, NO va boshqalar, bilan ham oson birikadi. Uglerod oksid bilan zaharlanganda gemoglobin u bilan oson birikadi va karboksigemoglobin (HbCO) hosil qiladi. Bunda gemoglobinning COga birikish qobiliyati yuqori bo‘lganligi uchun kislorodga bog‘lanish qobiliyatini yo‘qotadi va to‘qimalarning kislorod bilan yetarli ta’minlanmasligidan o‘lim sodir bo‘ladi. Lekin nafas olinayotgan havo tarkibida kislorod parsial bosimining tez ko‘tarilishi natijasida gemoglobindan COni siqib chiqarish va o‘limning oldini olish mumkin. Azot oksidi, nitrobenzol bug‘i va boshqa birikmalar bilan zaharlanganda gemoglobinning bir qismi uch valentli temir saqlovchi metgemoglobingacha (HbOH) oksidlanadi. Metgemoglobin o‘pkadan to‘qimalarga kislorod tashish qobiliyatini yo‘qotadi. Shuning uchun, metgemoglobinemiyada (oksidlovchilar bilan zaharlanish natijasida) zaharlanish darajasiga bog‘liq ravishda kislorod yetishmasligidan o‘limga olib keladi. Agarda, vaqtida yordam berilsa, ya’ni kislorodning parsial bosimi ko‘tarilsa (toza kislorod bilan nafas oldirish), bunda bemorni xavfli holatlardan chiqarish mumkin. Gemoglobin turli unumlarini sifat jihatidan aniqlashning eng yaxshi usuli bo‘lib, ularni nur yutish spektrini tekshirish hisoblanadi. Transferrinlar (siderofilinlar) – murakkab oqsillar guruhi bo‘lib, turli manba’lardan ajratilgan va mustahkam temir ionlari Fe (III) va boshqa o‘zgaruvchan metallarni bog‘lash qobiliyatiga ega. Bu guruh oqsillardan eng yaxshi o‘rganilgani qon zardobi transferrinidir. Transferrinning vazifasi gemoglobin biosintezi sodir bo‘ladigan retikulotsitlarga temir ionini transport qilish. Transferrin – retikulotsit sistemasi metallning oqsil va oqsil molekulasining hujayra bilan ta’sirini o‘rganishda ahamiyatga egadir. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling