Biokimyo pmd
Oqsillarning ligandlar bilan o‘zaro ta’siri
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
Oqsillarning ligandlar bilan o‘zaro ta’siri
Har qanday oqsilning o‘z funksiyasini ado etib borishi asosida uning qanday bo‘lmasin boshqa modda – ligand bilan tanlab o‘zaro ta’sir qilishi yotadi. Past molekulali modda ham, makromolekula, jumladan, boshqa oqsil ham ligand bo‘lishi mumkin. Ligand oqsil molekulasi yuzasidagi ma’lum bir joyga – biriktirish markazi (aktiv markaz)ga kelib birikadi. O‘zaro ta’sirning spetsifikligi (tanib olish) aksari biriktirish markazi strukturasining ligand strukturasiga, xuddi gemoglobin 44 protomerlaridan o‘zicha bunyodga kelganida bo‘lganidek, komplementar bo‘lib tushishi bilan ta’minlanadi. Ba’zan selektivlik asosan ligand qaysi atomga kelib birikadigan bo‘lsa, shu mioglobin yoki gemoglobindagi temir atomiga kelib birikishi bunga misol bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Biroq ana shunday hollarda ham selektivlik molekulaning oqsilli qismiga ko‘p darajada bog‘liq bo‘ladi. Boshqa oqsillardagi – sitoxromlardagi xuddi shunday temir atomi (gem tarkibida) tamomila boshqacha funksiyani bajaradi. U elektronlarni tashib beruvchi bo‘lib xizmat qiladi va bir xil moddalardan elektronlarni olib, ikkinchisiga o‘tkazib beradi (bunda temir dam ikki valentli, dam uch valentli bo‘lib qoladi).Oqsil bilan ligand o‘rtasidagi bog‘lar kovalent bog‘lar yoki nokovalent bog‘lar bo‘lishi ham mumkin.Biriktirish markazi ba’zan oqsil molekulasi yuzasining kichikroq bir qismini egallasa (gemoglobinda kislorodni biriktiruvchi markaz temir atomi sohasining o‘zidir, xolos), ba’zan yuzaning kattagina qismini egallab oladi (masalan, gemoglobin protomerlarining kontakti, ya’ni taqalish yuzalari).Oqsil molekulasida spetsifikligi bir xil yoki har xil bo‘lgan bir, ikki va bundan ko‘ra ko‘proq faol markazlar bo‘lishi mumkin. Masalan, gemoglobinning har bir protomerida uchta boshqa protomerlar bilan birikish uchun uchta markaz va gemni biriktirib olish uchun bitta markaz bo‘ladi. Tetramer gemoglobin molekulasida kislorod biriktirib oladigan to‘rtta aktiv markaz (temir atomlari) bor.Aktiv markaz peptid zanjirida aksari bir-biridan uzoqda turadigan aminokislota qoldiqlaridan yuzaga keladi. Ikkilamchi va uchlamchi struktura hosil bo‘lishi natijasida ular bir joyda to‘planib turib qoladi. Shu munosabat bilan oqsillar denaturatsiyalanganda aktiv markazlar yemirilib, biologik aktivlik yo‘qolib ketadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling