Biokimyo pmd


Oqsillarning strukturasi va ko‘p molekulali


Download 4.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/272
Sana25.09.2023
Hajmi4.12 Mb.
#1687494
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   272
Bog'liq
Sobirova R.A biokimyo

Oqsillarning strukturasi va ko‘p molekulali
Oqsillar strukturasining o‘zaro yig‘ilishi
Teri, soch, tirnoq, mo’yna va shoxlar tarkibiga struktur oqsillar kiradi,
ular tayanch to’qimalarni hosil bo’lishida ishtirok etadi. Jumladan,
biriktiruvchi to’qima, tog’ay va suyak oqsillari globulyar oqsilga
qaraganda oddiy strukturada bo’ladi. Keratin oqsili polipeptid zanjiri
α−spiral shaklida, arqonga o’xshash bo’ladi yoki uch tolali kabelga
o’xshashdir, har qaysi tola
α−spiraldan tashkil topgan bo’ladi. Boshqa
strukturali oqsil 
β−keratin qisman fibrillyar shaklda bo’lib, polipeptid
zanjirining konformatsiyasi 
β−strukturaga ega bo’ladi va qavatma-qavat
holda joylashadi. Biriktiruvchi to’qima oqsillari kollagen va elastin
asosiy struktura oqsillari hisoblanadi. Kollagen oqsilini polipeptid zanjiri
uch tarmoqli spiral strukturaga ega. Fibrillyar oqsillar uch xil struktura
darajasiga ega bo’ladi.


40
1. Birlamchi struktura.
2. Ikkilamchi struktura: polipeptidlar qisman
α−spiral va β−
konformatsiyaga ega bo’lishi.
3. Fibrillyar oqsillarning uch qirrali konformatsiyasi oqsillarning
spetsifik biologik funksiyasini bajarishiga moyildir.
Oqsillarga har xil kimyoviy va fizik omillar ta’sir qilinganda (organik
erituvchilar, siydikchil, detergentlar, pH muhitni o‘zgartirish, yuqori
konsentratsiyali neytral tuzlar eritmasi, merkaptoetilen va boshqalar)
molekula tarkibidagi subbirliklarni dissotsiatsiyalaydi. Ko‘pchilik
oqsillar uchun bu jarayon qaytar bo‘lib dissotsiatsiyalovchi modda
chiqarib yuborilganda, oqsil molekulasi subbirliklari o‘zaro birikib
avvalgi holatiga qaytadi va qayta biologik faollikka ega bo‘ladi. Bu
hodisani oqsil molekulasining o‘z-o‘zidan yig‘ilib tiklanishi
(samosborka) deyiladi.
Tashqi muhit ta’sirisiz o‘z-o‘zidan yig‘ilishiga tamaki mozayika
virusi oqsilini misol qilib ko‘rsatish mumkin. U bir molekula RNK va
2130 oqsil subbirligidan tashkil topgan. Bu subbirliklar RNK zanjiri
atrofida aylanib o‘ralgan bo‘ladi. Detergentlar ta’sirida RNK va oqsil
subbirliklari ajralib ketadi. Agar detergent olib tashlansa ajralgan RNK
va oqsil subbirligi birikib yana oqsilning to‘rtlamchi strukturasi to‘liq
tiklanadi va hamma fizik xossalari, biologik funksiyalari o‘z holatiga
qaytadi.

Download 4.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling