Biokimyo pmd


Download 4.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/272
Sana25.09.2023
Hajmi4.12 Mb.
#1687494
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   272
Bog'liq
Sobirova R.A biokimyo

Biologik faol peptidlar
Biologik faol peptidlar ta’siriga ko‘ra quyidagi to‘rt guruhga
bo‘linadi:
1. Gormonal faollikka ega bo‘lgan peptidlar (vazopressin,
oksitotsin, adrenokortikotrop, glyukagon, kaltsitonin,
melaninstimullovchi gormon, rilizing omili va boshqalar).
2. Ovqat hazm qilishda ishtirok etuvchi peptidlar (gastrin, sekretin
va boshqalar).
3. Vazoaktiv peptidlar.
4. Neyropeptidlar.
Angiotenzin, bradikinin va kallidinlar vazoaktiv peptidlarga kirib,
qon tomir tonusiga ta’sir etadi.. Angiotenzin angiotenzinogendan renin
ta’sirida hosil bo‘ladi. Angiotenzinogen faol bo‘lmagan oqsil bo‘lib,
bir qancha proteolitik fermentlarni (tripsin va renin) ta’sirida quyidagi
sxema bo‘yicha hosil boradi:


43
Bradikinin – polipeptid bo‘lib quyidagi tuzilishga ega:
H-Arg-Pro-Pro-Gli-Fen-Ser-Pro-Fen-Arg-OH
Kallidin – dekapeptid bo‘lib, faol bo‘lmagan plazmin oqsilidan
kininogen hosil bo‘ladi va bradikinindan oxirgi aminokislota qoldig‘i
bilan farq qiladi:
H-Liz-Arg-Pro-Pro-Gli-Fen-Ser-Pro-Fen-Arg-OH
Hamma hayvon to‘qimasida va qisman o‘simliklarda kichik
molekulali tripeptid glutation ko‘p miqdorda tarqalgan bo‘ladi. Glutation
(
γ-glutamil-tsistein-glitsin) qaytarilgan va oksidlangan shakllarda
bo‘ladi. Ularni qisqartirilgan holda quyidagicha GSH, G - S - S - G
yoziladi. Ba’zi peptidlar xotira, qo‘rqish, uyqu va boshqa hodisalarning
biokimyoviy mexanizmida ishtirok etadi. Hozirgi vaqtda 150 dan ortiq
neyrpeptidlar ma’lum bo‘lib ular asosan bosh miyada uchraydi. Ularning
ikkita vakili enkefalinlar va endorfinlar deyiladi. Bular metionin-
enkefalin va leytsin-enkefalinga bo‘linadi.
Bu peptidlar asosan C-oxirgi aminokislota bilan farq qilib, og‘riq
qoldiruvchi ta’siriga ega va ular dorivor modda (preparatlar) sifatida
ishlatiladi. Enkefalinlar – pentapeptidlar bo‘lib, B-lipotrop aminlarni
fragmenti hisoblanadi.
Shunday qilib, oqsillar organizmda juda ko‘p xilma-xil vazifalarni
bajaradi: organizmning qurilishi va unda sodir bo‘ladigan hamma
biologik jarayonlar albatta oqsillar faoliyati bilan bog‘liq.

Download 4.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling