Biokimyo pmd
Råplikatsiya va hujayra sikli fazalari
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- 25-rasm.
Råplikatsiya va hujayra sikli fazalari
Hujayraning mitotik siklida DNK sintezi S fazasida bo‘lib o‘tadi. G 1 fazasi vaqtida odam somatik hujayralari giploid, ya‘ni ikki nusha genotipga ega bo‘ladi. S fazasi davomida DNK replikatsiyasi natijasida shu nusxalardan har biri ikki baravar ko‘payadi va hujayra tetraploid bo‘lib qoladi. Mitoz (M) vaqtida xromatin kondensatsiyalanib, xromosomalar (tetraploid to‘plam) hosil bo‘lib boradi, keyingi bo‘linishda esa diploid qiz hujayralar hosil bo‘ladi (25-rasm). 25-rasm. DNK sintezi va hujayra siklining fazalari 88 RNK biosintezi (transkripsiya) Transkripsiya - DNKdan RNKga axborot ko‘chirish usuli Transkripsiya deb DNKda joylashgan genetik axborotni RNKga ko‘chirish va keyinchalik RNKdan ribosomaga o‘tkazish jarayoniga aytiladi. Transkripsiya qilinayotgan DNK bo‘lagi transkripton deb ataladi. Transkriptonlar uzunligi 300 nukleotiddan 10 8 nukletidgacha bo‘lishi mumkin. Transkriptonning ma’lum qismlari turli funksiyalarni bajaradilar. Bir guruh qismlar axborotli, boshqalari axborot saqlamaydi. Ko‘pchilik struktur genlarda, ayniqsa eukariotlarda, genetik axborot uzlukli yozilgan. Struktur genlardagi axborot tutuvchi qismlar ekzonlar, axborot tutmaydigan qismlar intronlar deb ataladi. Intronlar ekzonlarga nisbatan ko‘pincha uzunroq bo‘ladi va gen ichida intronlarga nukleotid juftliklarni ko‘p qismi to‘g‘ri keladi. Masalan: ovalalbumin genida 7 intron bo‘lib, umuman olganda 7700 juft asoslar saqlaydi, splaysingdan keyin hosil bo‘lgan mRNK da esa faqatgina 1859 asoslar bo‘ladi. Balki, intronlar ekzonlar uchun qo‘shimcha boshqaruvchilik vazifasini o‘tashlari mumkin. Transkriptonning transkripsiya boshlanadigan qismi promotor deb ataladi. Unga transkripsiyani yengillashtiruvchi oqsillar va RNK- polimeraza birikadi. Transkripton i e i e i e Promotor akseptor zona struktur genlar terminator Akseptor yoki boshqaruvchi zona bilan transkripsiyaga ta’sir etuvchi turli boshqaruvchilar bog‘lanishi mumkin. Akseptor zonadan keyin intron va ekzonlarni ketma-ketligini saqlagan struktur sistron yoki genlar keladi. Transkripton oxirida joylashgan nukleotidlar – terminator, transkripsiyaning tamom bo‘lganligi haqida axborot beradi. Transkripsiya uchun zarur: 1. Transkripsiyaga uchraydigan DNK bo‘lagi. 2. Ribonukleozidtrifosfatlar (ATF, GTF, UTF, STF). 3. DNKga bog‘liq – RNK polimeraza. RNK sintezini quyidagi sxema bilan tasvirlasa bo‘ladi: kATF + lUTF + mUTF + nSTF DNK,RNK-matritsa RNK + (k+l+m+n)H 4 P 2 O 7 89 RNK polimerazaning ta’sir mexanizmi ko‘p jihatdan DNK polimerazaning ta’sir mexanizmiga to‘g‘ri keladi. Sintez 5 1 →3 1 yo‘nalishida boradi va RNK zanjiri DNK zanjiriga nisbatan qarama- qarshi polyarlikga ega. Lekin o‘ziga xos farqlar ham bor. E. Coli RNK- polimerazasi nativ qo‘sh spiralli DNK bo‘lganda faollik ko‘rsatadi, in vitro tajribalarda DNK ikkala zanjiridan RNK-polimeraza nusxa oladi, in vivo DNKni faqat bir zanjiri transkripsiyalanadi. RNK-polimeraza nativ DNK bir zanjiri bilan ma’lum nuqtada bog‘lanadi, natijada chegaralangan qismida bispiral struktura yechiladi va RNK sintezlanadi. DNK-polimerazaga o‘xshab, ferment praymer bo‘lishini talab etmaydi. Transkripsiya mexanizmi 3 bosqichdan iborat (26-rasm): 1. Initsiatsiya. 2. Elongatsiya. 3. Terminatsiya. Initsiatsiya promotorga DNK-ga bog‘liq RNK-polimeraza birikishi natijasida sodir bo‘ladi. Eukariotlarda uchta RNK-polimeraza - I, II, III bor. Bu oqsillar bir necha subbirlikdan iborat bo‘lib, bir-biridan transkripsiya spetsifikligi bilan farqlanadi. RNK-polimeraza I 5,8; 18; 28 S rRNK genlarining transkripsiyasiga RNK-polimeraza II – mRNK, RNK-polimeraza III –tRNK va 5S rRNK o‘tmishdoshlarining sinteziga javobgar. RNK-polimeraza doimo polinukleotid zanjirni 5 1 →3 1 yo‘nalishida uzaytiradi, shuning uchun 5 1 – oxir har doim trifosfat (f-f-f), 3 1 oxir erkin -OH saqlaydi. Barcha RNK zanjirlari sintezi yoki fffAdan, yoki fffGdan boshlanadi. Elongatsiya RNK polimerazaning qolip DNK yuzasida siljishi natijasida vujudga keladi. Har bir keyingi nukleotid DNK qolipdagi komplementar asos bilan bog‘lanadi. RNK-polimeraza uni uzayotgan RNK zanjiri bilan fosfodiefir bog‘i yordamida bog‘laydi. Elongatsiya tezligi 1 sekundda 40-50 nukleotidni tashkil etadi. Terminatsiya RNK polimeraza DNKdagi stop-signallar hisoblangan nukleotid ketma-ketliklariga yetgandan keyin sodir bo‘ladi. Transkriptonda shunday stop-signallar bo‘lib poli(A) ketma-ketliklar hisoblanadi. Maxsus terminatsiya faktori – Q faktor topilgan, u oqsil bo‘lib transkripsiyani uzadi. Sintezlangan RNK DNKdan ajraladi va u DNK transkriptonining to‘liq nusxasidir. Demak, yangi sintezlangan RNKda axborot saqlovchi va axborot saqlamaydigan qismlar mavjud. Shuning uchun birlamchi transkript RNKning o‘tmishdoshi deb ataladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling