Biokimyo pmd


Transkripsiyadan keyin RNKning yetilishi


Download 4.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/272
Sana25.09.2023
Hajmi4.12 Mb.
#1687494
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   272
Bog'liq
Sobirova R.A biokimyo

Transkripsiyadan keyin RNKning yetilishi
Transkripsiyadan keyingi davrda RNK yetiladi.
RNKning 3 xil o‘tmishdoshlari tafovut etiladi:
1. mRNK o‘tmishdoshi yoki geterogen yadro RNKsi (gyaRNK).
2. rRNK o‘tmishdoshi.
3. tRNK o‘tmishdoshi.
4. Qalpoqchani hosil qilish (kepirlash).
Yadroda RNKning barcha o‘tmishdoshlari transkripsiyadan keyingi
yetilish yoki protsessing bosqichini o‘taydilar. Bu jarayon ushbu holatni
o‘z ichiga oladi:
26-rasm. RNK biosintez bosqilalari


91
1. Pre-RNKdan axborotsiz qismlarni uzib tashlash.
2. Uzilgan axborotli qismlarni biriktirish – splaysing.
3. RNK 5

va 3

oxirlarini modifikatsiya qilish.
Kichik yadro RNKsining (kyaRNK) intronlarni uzish va ekzonlarni
biriktirishdagi roli: intron oxiridagi asoslar kyaRNK asoslari bilan
komplementar bog‘lanadilar. Ekzonlarning birikishi bilan boradigan
jarayon intronning uzilishiga olib keladi. kyaRNK 100 nukleotiddan
iborat.
Splaysing – ekzonlarning fermentativ birikishi. m-RNK
molekulasida nukleotidlar ketma-ketligi GU juftligidan (5
1
-oxir)
boshlanadi va AG juftlik (3
1
-oxir) bilan tugaydi. Bu ketma-ketliklar
splaysing fermentlari uchun tanib olish saytlari (joylari) bo‘lib
hisoblanadi. (5
1
) GU, AG(3
1
) ketma-ketliklar tRNK o‘tmishdoshlarida
ochilmaganligi sababli 2 tur splaysing fermentlari – mRNK va tRNK
uchun mavjudligi taxmin qilinmoqda.
Yetilgan tRNK shakllarining paydo bo‘lishi nukleazalar yordamida
uzib tashlashdan tashqari purin va pirimidin asoslarini modifikatsiyaga
uchrashini talab etadi. Bunday modifikatsiya o‘z ichiga 60 va undan
ortiq reaksiyalarni oladi.
Purin va pirimidin asoslari modifikatsiyalanganda metillanish, qo‘sh
bog‘larning to‘yintirilishi (S-5 va S-6) va h.k. amalga oshiriladi. Misol
sifatida tirozin t-RNKning
yetilishini keltirish mumkin.
Uning o‘tmishdoshi 129 ta
nukleotidni saqlaydi, ya’ni
yetilgan t-RNKga nisbatan
44 ta ko‘proq nukleotid
saqlaydi. Fragmentlarning
uzilishi nukleaza yordamida
amalga oshiriladi.Ribosomal
RNKlar 45 S ga ega bo‘lgan
o‘tmishdoshdan hosil
bo‘ladi (27-rasm).
Kepirlashda 7-metil-
guanozin qoldig‘i trifosfat
bog‘i yordamida mRNK
molekulasi 5
1
- oxiriga bog‘lanadi. Poliadenilat m-RNK 3
1
- oxiriga 100
dan 200 gacha AMF qoldiqlari va AA UAA fragmentlarini ketma-ket
fermentativ biriktirishdan iboratdir. «Kep» qo‘shilishi yadroda bo‘ladi,
27-rasm. DNK replikatsiya va
transkriptsiya


92
poliadenillash esa yoki yadroda, yoki sitoplazmada bo‘ladi. Riboza 2
1
-
gidroksil guruhini va AMF N
6
- atomlarini metillanishi mRNK
molekulasi sitoplazmaga o‘tgandan keyin sodir bo‘ladi. «Kep» mRNK
molekulasidagi tegishli nishdan himoya qilishi mumkin.
Jarayon asosan yadroda sodir bo‘ladi, lekin ko‘pchilik hollarda RNK
yadrodan sitoplazmaga o‘tganda u yerda davom etishi mumkin.
Barcha yetilgan RNKlar yadrodan sitoplazmaga oqsillar bilan
kompleks holatida transportlanadi. Oqsillar ularni parchalanishdan
saqlaydi va o‘tkazilishini yengillashtiradi.

Download 4.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling