Biokimyo pmd
Oqsil biosintezining boshqarilishi. Oqsil sintezi ingibitorlari
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
Oqsil biosintezining boshqarilishi. Oqsil sintezi ingibitorlari
Oqsil sintezining boshqarilish masalasi hozirgi zamon biokimyosi va molekulyar biologiyasining muhim muammolaridan biridir. Tirik hujayralarda har xil oqsil va fermentlar miqdori optimal nisbatda mavjuddir. Bu oqsil biosintezining boshqarilishi natijasida amalga oshiriladi. Tirik organizmlar hujayralari ko‘p miqdorda turli xil oqsillarni sintezlash qobiliyatiga ega. Lekin ular barcha oqsillarni sintezlamaydi. Oqsillar miqdori va ularni turliligi ularni metabolizmda ishtirok etish darajasi bilan bog‘liq. 106 Oqsil sintezining boshqarilish gipotezasi bakteriya hujayralarida fermentlarning induksiya va repressiyasini o‘rganishga asoslangan. Bakteriyalar o‘sayotgan muhitga substrat qo‘shilsa, shu substratga ta’sir etuvchi fermentlarning induktiv hosil bo‘lishi isbotlangan. Ma’lum fermentativ reaksiyaning oxirgi mahsulotlari muhitga qo‘shilsa, ferment miqdori kamayadi. Reaksiya mahsulotlari ta’sirida fermentlar miqdorining kamayishi repressiya deyiladi. Jakob va Mono tomonidan fermentlarning induksiya va repressiyasining 50-yillar oxirida genetik mexanizmlari o‘rganilgan. Oqsil sintezini boshqarishda uch xil genlar: struktur, boshqaruvchi va operator genlar ishtirok etadi. Struktur genlar hosil bo‘ladigan oqsillarning birlamchi strukturasini belgilaydi. DNK molekulasiga komplementar ravishda hosil bo‘lgan mRNK ribosomaga yetib oqsil sintezi uchun matritsa vazifasini bajaradi. Induksiya yo‘li bilan oqsil sintezining boshqarilishini quyidagi sxema bilan ko‘rsatish mumkin: 32-rasm. Oqsil sintezining boshqarilishi 107 Boshqaruvchi gen muhim oqsil–repressorning sintezini ta’minlaydi. Operatorlik qiluvchi gen operonning struktura genlari ishini boshqaradi. Agar bu gen erkin bo‘lsa, struktur genlari ishlaydi yoki repressor bilan bog‘langan bo‘lsa, struktur genlarning ishi to‘xtaydi. Oqsil sintezini boshqarishda promotor geni rol o‘ynaydi. Bu gen murakkab tuzilgan bo‘lib, ikki qismdan iborat. Bir qismi o‘zining B kichik birliklari yordamida bu genni bo‘lakka parchalovchi RNK- polimerazaning birikishi uchun xizmat qiladi. Bu genda o‘rnashib qolgan RNK–polimeraza operon struktur genlarining transkripsiyasini boshlashi mumkin. Promotorning ikkinchi qismi maxsus oqsil – resipiyentga sAMFning birikishidan hosil bo‘ladigan kompleksning birikish joyi bo‘lib xizmat qiladi. Keyingi vaqtda maxsus oqsil yordamida operon transkripsiyasi uchun kerak bo‘ladigan sAMFning DNK molekulasiga birikishi aniqlandi. Sxemaga ko‘ra DNKning struktur genlarida hosil bo‘ladigan mRNK operator deb yuritiluvchi DNKning ma’lum uchastkasi tomonidan bevosita nazorat qilinadi. Operator struktur genlarning eng chetida joylashgan bo‘lib, ularni funksiyasini tartibga soladi. Struktur va boshqaruv genlar DNK molekulasining turli uchastkasida joylashganligiga qaramay ular oraliq modda – repressor yordamida bir- biri bilan bog‘langan. Repressor boshqaruvchi genda mRNK matritsasida yadroda hosil bo‘ladi. Repressor operatorga yaqin bo‘lib, u bilan birikib, qaytalama kompleks hosil qiladi. Bunday kompleks mRNK sintezini buzadi, natijada oqsil sintezi ham buziladi. Repressorning yana bir xususiyati shundan iboratki, u kichik molekulali birikmalar – induktor va effektorlar bilan ham birikadi. Induktor bilan birikkanda, boshqaruvchi gen bilan birikish xususiyatini yo‘qotadi, natijada u boshqaruvchi gen nazoratidan chiqadi va mRNK sintezi boshlanadi. Induktor oqsil-repressor bilan birikish oqibatida, repressor molekulasining uchlamchi strukturasini shunday o‘zgartiradi, natijada u boshqaruvchi gen bilan birikish xususiyatini yo‘qotadi. Yuqori tuzilgan organizmlar hujayralarida genning boshqarilishi ancha murakkabdir. Eukariot hujayralarda transkripton strukturasining ko‘pgina qismi boshqaruvchi uchastkadan, kamroq qismi esa struktur genlarga tegishli. Agarda oxirgi zona oqsilni kodlasa, birinchi zona repressor–oqsillar bilan bog‘lanadi va bu mexanizm orqali struktur genlar transkripsiyasini boshqaradilar. Shu transkriptonda DNKga bog‘liq RNK – polimeraza yordamida hosil bo‘luvchi mRNK oqsil sintezi haqida axborot saqlamaydigan polinukleotid zanjir bo‘lagini tutadi. 108 Shuning uchun mRNKning katta molekulasi (promRNK) yadroda parchalanib noinformativ qismini yo‘qotadi, ajralgan mRNK sitoplazmaga o‘tadi va ribosomada oqsil sintezida ishtirok etadi. Ko‘rib chiqilgan oqsil sintezi boshqarilishi yuqori tuzilgan organizmlardagi oqsil sintezi boshqarilishining murakkab sistemasining birgina qismi bo‘lib hisoblanadi. Organizmda boshqarilishi faqat makromolekula bosqichida bo‘lmay, balki hujayra ichi strukturalari (polisomalar hosil bo‘lishi, membrana roli), hujayra bosqichida (yadro- sitoplazma munosabati), a’zo va organizm bosqichida (neyrogumoral boshqarish) olib boriladi. Oqsil va fermentlar sinteziga asosan steroid gormonlar ta’sir etadi. Ularning ta’siri genom bosqichida bo‘lib, spetsifik RNK va oqsillar sintezi stimulyatsiya qilinadi. Streroid gormonlar nishon hujayralarga kirib, u yerda o‘zlarining retseptor oqsillari bilan birikadilar, natijada retseptorlar o‘z konfiguratsiyasini o‘zgartirib, gormonlar bilan birgalikda yadro membranasi orqali o‘tib, xromatindagi giston bo‘lmagan oqsillar bilan birikma hosil qiladilar. Bunday birikmalar DNKga RNK – polimeraza ta’sir etib, ba’zi RNK, ayniqsa, mRNK, sintez xarakterini o‘zgartirishga olib keladi. Gormonlar ta’siri ostida asosan RNK sintezi faollanadi, ammo ba’zi vaqtlarda ingibirlanishi mumkin (misol: gidrokortizonning timusdagi ta’siri). Transkripsiya jarayonining boshqarilishi xromatindagi giston va giston bo‘lmagan oqsillar yordamida boshqariladi. Gistonlar ATF hisobiga fosforlanish natijasida o‘zining ingibitorlik xususiyatlarini yo‘qotadilar. DNK bilan bog‘langan giston bo‘lmagan oqsillar RNK sintezini gistonlar bilan ingibirlanishiga qarshilik ko‘rsatadilar. Shunday qilib, transkripsiyani boshqarilishida gistonlar RNK sintezini ingibirlaydilar, giston bo‘lmagan oqsillar esa bunga qarshilik qiladilar. Translyatsiyadan so‘ng boshqarilish initsiatsiya, elongatsiya va terminatsiya bosqichida bo‘lib, ular har xil oqsil faktorlari va mRNKga, translyatsiya protsessiga ta’sir etuvchi ingibitorlar ta’siri ostida bo‘ladi. Hozirgi vaqtda tibbiyot amaliyotida odam organizmiga ta’sir etmay bakteriyalarda nuklein kislota va oqsil biosintezi jarayonini tormozlovchi ko‘pgina antibiotiklar qo‘llaniladi. Antibiotiklar nuklein kislota va oqsil biosintezining muhim reaksiyalariga ta’sir etadilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling